Foydalanuvchi:BaxtiyJahon/qumloq
[[Fayl:|250px|alt=]] | |
Turi | Davlat taʼlim markazi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi |
30-iyun, 2020-yil 1924-1991 — Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi 1991-1996 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 1996-2017 — Kamolot[1] 2017-2020 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi[2] |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Oqilon koʻchasi, 7-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Rektori | TURSUNALIYEV ILHOMJON AXMEDOVICH |
Vebsayti | sportedu.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti —[3] Oʻzbekiston Respublikasida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fanidan dars beruvchi oʻqituvchilari, oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha rahbar va pedagog kadrlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan oʻqituvchilari, trenerlari, sport psixologlari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish[4] uning asosiy faoliyatidir
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dastlab Oʻzbekison hukumati tomonidan „Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida“ 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan 2014-yilning 18-dekbarida JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH toʻgʻrisida 347-sonli qarorni qabul qiladi[5]. Mana shu asosda soha mutaxassislarini qayta tayyorlash toʻlaqonli asosiy ishdan ajralgan holda bevosita Markaz tomonidan kunduzgi shaklda amalga oshirilishi belgilandi[6] va bu Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi[7] sifatida faoliyatini boshlaydi. Nizomga muvofiq bu yerda tal’im olishning anʼanaviy va maʼsofaviy taʼlim olim olish shakllari mavjud boʻlgan bu taʼlim maskani 2017-yil 15-fevral PQ-2779-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezident qaroriga asosan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga birlashtirilgan[8]. 2017-yil bu malaka oshirish markazi uchun juda koʻy rembrendinglar yili boʻldi chunki oradan koʻp oʻtmay shu yilning 31-may oyida Vazirlar Mahkamasining 329-son „Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi yangi qaror qabul qilindi va unga koʻra markazning yangi boshqaruv tuzilmasi tasdiqlandi va u 5 iyundan kuchga kirdi[9] bunday yangilanishga boy boʻlgan markaz U 2017 yil oxirgi chorakiga qadar 800 dan oshiq xodimlar malaka oshirish imkonini yarat oldi[10]. Ushbu tizim 4 yillik faoliyat yuritgach uning faoliyati va umuman sport sohasining erishgan natijalari hukumatning maʼsul tashkilotlari tomonidan tahlil etilib 2018-yilning 5-mart sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5368-sonli „JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA“ farmoni qabul qilinadi va unga koʻra soha boʻyicha muammolar sanab oʻtilar ekan quyidagilarga toʻxtaldi:
...to‘rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda;
beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo‘llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasligiga olib kelgan;[11]
Shu va bu qatori bir qancha asoslar bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi va malaka oshirish markazi ha ushbu vazirlik tasarrufiga oʻtkaziladi va uning Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida filiallari tashkil etildi[12][13]. 3 ta filial va bitta asosiy markazga ega boʻlgan bu malak oshirish markazi oradan koʻp oʻtmay yana oʻzgarishlar yana ham aniqroq aytganda yangilanishlarga duch keldi. 2021-yilning 6-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangi PQ-5054-sonli Turizm va Sport vazirligining faoliyatini tashkil etish boʻyicha qarori imzolandi va unga koʻra endilikda Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti nomi bilan qayta nomlandi va u faoliyatini yana bir yangi bosqichiga koʻtarildi[14]. 2022-yil 25-fevral — 2-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tashqi baholash natijalariga koʻra attestatsiyadan muvafaqqiyatli oʻtdi. 2022-yil 4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 355-sonli qarori qabul qilindi unga koʻra Ilk bor sport taʼlimida muqobil malaka oshirish tizimi joriy etilgan boʻlsa qaror doirasida faoliyatni yortib borish maqsadida, OAV bilan ishlash uchun matbuot xizmati joriy etildi, bundan tashqari, Institut maqomiga munosib ravishda rektor — prorektorlar lavozimlari, filalarda esa devonxona boʻlimi, Uslubchi-metodistlar oʻrniga esa bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis lavozimlari joriy etildi[15]
Taʼlim tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti:
- maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari;
- umimiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari;
- oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari boʻyicha rahbar va pedagog kadrlari;
- olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;
- sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan oʻqituvchilari, trenerlari, sport psixologlari;
- maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.
Bundan tashqari, muassasa mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan sport taʼlim muassasalari xodimlari uchun qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etadi[16].
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rektori
Tr | IFO | Mansabi | Ilmiy darajasi |
---|---|---|---|
1 | TURSUNALIYEV ILHOMJON AXMEDOVICH | Rektor | Professor, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD) |
2 | AMONOV ASQAR NOMOZBOYEVICH | Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor | Dotsent |
3 | RASULOV ZOKIR PARDAYEVICH | Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor | Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD), dotsent |
4 | Elov Dilmurod Abdujabborovich | Prorektor | - |
4 | Xoʻjamberdiyev Jahongir Ortiqboy oʻgʻli | Matbuot kotibi- axborot siyosati masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi | Magistr |
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda 12434 nafar tinglovchilar malaka oshirish kurslariga rejalashtirildi. 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1065 nafarga koʻp rejalashtirildi. Ilmiy faoliyat yoʻnalishi boʻyicha 2021 yilda 90 nafar (ilmiy salohiyat 40%) professor-oʻqituvchilar faoliyat olib borgan boʻlsa, 2022-yilda 177 nafar (Salohiyat 50%) professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bordi. Institutdan Ilmiy kengash tavsiyasi asosida 2022-yilda 2 ta professor 5 ta dotsent ilmiy unvonlari olindi. 2023-yilda 20 ta talabgorlar professor va dotsent ilmiy unvonlarga, 15 ta talabgorlar PhD himoyasiga chiqishi rejalashtirildi. 2021-yilda bu koʻrsatgich 380 tani 2022-yilda esa 542 ta oʻquv adabiyoti yaratilgan. 2022-yilda jami 328 ta maqolalar nashr etildi. Shundan OAK eʼtirof etgan xalqaro jurnallarida 73 ta (9 ta koʻp), OAK eʼtirof etgan Respublika jurnallari 102 ta (19 ta koʻp), xalqaro ilmiy amaliy anjumanlari 111 ta, Respublika ilmiy amaliy anjumanlari 42 ta (121 ta kam) Institut va filiallar tomonidan 2022-yilda jami 23962 ta testlar tayyorlandi. Xalqaro hamkorlik aloqalari boʻyicha Institut yil davomida 40 dan ortiq sport federatsiyalari hamda taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat yuritdi. 2022-yilda 6 ta memorandum, 2 ta xorijiy taʼlim muassasalari bilan ham hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya, sport va salomatlik milliy universiteti tarkibidagi Qoʻshimcha taʼlim institutida Institut va uning filiallarida faoliyat olib borayotgan 30 nafar professor-oʻqituvchilar, jami 45 nafar mutaxassislar oʻz malakalarini oshirdilar
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil „Tahsin-2019“ lauriyati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ustav“. yoshlarittifoqi.uz. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ „Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi“. Xabar.uz (2019-yil 27-dekabr). 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ „RSTIAM hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.“. https://sportmed.uz/. sportmed.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. https://lex.uz/. lex.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ ҚАРОРИ 18.12.2014 й. N 347“. https://nrm.uz/. normaonline. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to`g`risida NIZOM“. https://nrm.uz/. Normaonline. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Jismoniy tarbiya instituti qoshidagi markaz Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga berildi“. https://kun.uz/. Kun.uz.
- ↑ „JISMONIY TARBIYA MUTAХASSISLARI QAYERDA MALAKA OSHIRADILAR PODROBNEYE: HTTPS://WWW.NORMA.UZ/OZ/QONUNCHILIKDA_YANGI/JISMONIY_TARBIYA_MUTAHASSISLARI_QAERDA_MALAKA_OSHIRADILAR“. https://www.norma.uz/oz/. Norma.uz.
- ↑ „2017 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining 329-son Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/jismoniy_tarbiya_mutahassislari_qaerda_malaka_oshiradilar“. https://www.norma.uz/oz/. Norma.uz. Qaraldi: 2024-yil 19-may.
- ↑ „Sportni yanada ommalashtirish, mahoratli murabbiy va sportchilarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi“. https://president.uz/oz. Prezident.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. https://lex.uz/. Lex/uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Jismoniy tarbiya instituti qoshidagi markaz Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga berildi“. https://kun.uz/. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „O‘zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etiladi“. https://daryo.uz/. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.04.2021 yildagi PQ-5054-son“. https://lex.uz/. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 16-may.
- ↑ „JISMONIY TARBIYA VA SPORT BOʻYICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTIDA YIL YAKUNLARI BOʻYICHA HISOBOT YIGʻILISHI OʻTKAZILDI“. https://navoiy-gimnastika.uz/. navoiy-gimnastika.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha malaka oshirish instituti tashkil etiladi“. Sputnik O'zbekiston. Sputnik O'zbekiston (11:32 05.07.2022 (yangilandi: 15:49 05.04.2023)). Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Rahbariyat“. https://sportedu.uz/uz/site/index. sportedu.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
Davlatnazar Roʻzmetov[1]
- ↑ Bo'l degan so'zdan dunyo yaralgan YouTubeda // Dilafruz Xidoyatova