Kontent qismiga oʻtish

Olimpiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olimpiya — Elida (Peloponnesning shim.-gʻarbiy qismi)dagi yunonlar shahri; Zevs sajdagohi (muqaddas Altis oʻrmonzori). O. atrofida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazish uchun qurilgan inshootlar (stadion va boshqalar) joylashgan. O.da Fidiy ustaxonasi joylashgan. O. maʼmuriy majmuasi miloddan avvalgi 7— 4-asrlarda shakllangan. Milodiy 426-yil Rim imperatori Feodosii II buyrugʻiga koʻra oʻt qoʻyilgan, bundan avvalroq u Zevsga sajda qilishni va Olimpiada oʻyinlarini majusiylik belgisi sifatida man qilgan. Qazishmalar natijasida Pelops sajdagohi, ibodatxonalar haro-balari, jumladan, Gera, Zevs, Xudolar onasi, 12 xazina, 130 dan ziyod haykallar, 13 mingga yaqin jez buyumlar, 10 mingga yaqin bitiklar va boshqa topilgan O. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil