Ekibastuz
Ekibastuz qoz. Екібастұз | |
---|---|
shahar | |
51°43′47.2″N 75°19′35.7″E / 51.729778°N 75.326583°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Pavlodar viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Verbnyak Aleksandr Fedorovich |
Asos solingan | 1898 |
Ilk eslatilishi | 1876 |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
138,178 [1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 49,60 % ruslar 36,01 % ukrainlar 4,79 % tatarlar 2,80 % olmonlar 2,14 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7187[2] |
Pochta indeks(lar)i | 141200 — 141209[3] |
Avtomobil kodi | S, 14 |
|
Ekibastuz —(qozoqcha: Екібастұз) Qozogʻiston Respublikasi Pavlodar viloyatidagi shahar. 1898-yili poydevori qurulib, shahar mavqeini 1957-yilda oldi. Temir yoʻl stansiyasi. Pavlodardan 132 km janubi-gʻarbda. Aholisi 128,584 kishi (2012).
Ekibastuz deb atalishining sababi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekibastuzda koʻmir koni ochilgunga qadar, uning sharqiy tomonida tuzli koʻl azaldan "Ekibastuz" degan nom bilan arxiv hujjarlarda uchraydi. Shunga bogʻliq bu yerdan topilgan koʻmir koni ham, shuning yonidagi shaharcha va shahar ham "Ekibastuz" deb nomlanadi. Ekibastuz yosh shahar boʻishiga qaramay, oʻzining yirik korxonalari bilan butun jahonga taniqli. Qisqa vaqt ichida Qozogʻistonning „qora oltinli“ joyida paydo boʻlgan shahar, zamondoshlarimiz uchun nomi afsonaga aylanayapti. Faqat Ekibastuzda birinchi marotaba Qozog'istondagi koʻplab oldingi qatorli texnalogiyalar bilan taʼminlandi, yangi tipdagi qurol-aslahalar oʻrnatildi. Ekibastuz shahri — konchilar va energetiklarning faxri. Hozirgi kunda uchta — „Bogatir“, „Shimoliy“ va „Sharq“ konlaridan koʻmir qazib olinadi. Ekibastuz koʻmiri Qozogʻistonning, O'ral va Gʻarbiy Sibirning elektr stansiyalarining ishlarini taʼminlab turibdi. Shahar faqat geografik joyi bilan emas, balki tarixiy oʻzgachaligiga ham qarab tashkil topdi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻmir qazib olinadi. Temirbeton buyumlari, taʼmirlashmexanika, kontransport jihozlarini taʼmirlash, sut, pivo zavodlari, goʻsht kombinati ishlab turibdi. Ekibastuz yonida issiqlik elektr stansiyasi bor.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar aholisi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 128 584 kishini tashkil qildi, shahar aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin: Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yilgi)[4]:
- qozoqlar — 71 899 koshi (49,60 %)
- ruslar — 52 198 kishi (36,01 %)
- ukrainlar — 7 203 kishi (4,79 %)
- tatarlar — 4 052 kishi (2,80 %)
- olmonlar — 3 103 kishi (2,14 %)
- beloruslar — 1 235 kishi (0,85 %)
- boshqurtlar — 661 kishi (0,46 %)
- ozarbayjonlar — 659 kishi (0,46 %)
- moldavanlar — 623 kishi (0,43 %)
- koreyslar — 368 kishi (0,25 %)
- chechenlar — 318 kishi (0,22 %)
- polyaklar — 318 kishi (0,22 %)
- boshqalar — 2 329 kishi (1,61 %)
- Jami — 144 966 kishi (100,00 %)
Yili | Jami, ming. kishi | Erkakalar 1000 ayolga | Qozoqlar, ming kishi | Qozoqlar, % | Erkaklar, ming kishi | Ayollar, ming kishi |
---|---|---|---|---|---|---|
1989 | 135,0 | 959 | 26,7 | 19,8 | 66,1 | 68,9 |
1999 | 127,3 | 897 | 47,6 | 37,4 | 60,2 | 67,1 |
Axborot Texnalogiya vositalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ekibastuzda chiqaradi:
- qozoq tilida „Otarqa“ gazetasi
- haftalik „Golos Ekibastuza (Wayback Machine saytida 2009-08-02 sanasida arxivlangan)“
- axborot haftaligi „Vesti Ekibastuza“ (Wayback Machine saytida 2010-07-31 sanasida arxivlangan)
- „Ekibastuzskoe obozrenie“ gazetasi
- „Delovoy Ekibastuz“ (Wayback Machine saytida 2009-04-08 sanasida arxivlangan) jurnali
- reklama xabar haftaligi „Vitrina“ (Wayback Machine saytida 2009-02-07 sanasida arxivlangan)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Краснопольский А. По поводу статьи К. Егорова «Поездка на Екибастузские каменноугольные копи» // Рус. экон. обозрение. — 1900. — N 5. — С. 111—121
- Панин Д. М. Лубянка — Экибастуз: Лагерные записки. — М.: «Обновление», 1990. ISBN 5-85828-001-3.
- Солженицын А. И. Знают истину танки! Том девятый. Собрание сочинений в 9 томах. — «Терра», 2005. ISBN 5-275-01357-4.
- Солженицын А. И. Один день Ивана Денисовича: Рассказы. — М.: Центр «Новый мир», 1990. ISBN 5-85060-011-6.
- Шевченко С. П. Экибастуз. — Алма-Ата: «Казахстан», 1982.
- Почётный гражданин города Экибастуза — ЦГБ Экибастуза, 2007.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |