Irtish (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Pavlodar viloyati |
Maʼmuriy markazi | Irtish |
Asos solingan sanasi | 1938-yil |
Akim | Shugayev Janat Rashitovich |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2012) | 19 459[1] |
Zichligi | 1,9 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 58,2% Ruslar - 24,37% Ukrainlar - 7,85% Olmonlar - 4,36% Beloruslar - 1,19% Tatarlar - 1,01% [1] |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 10,2 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71832[2] |
Pochta indeksi | 140500-140517[3] |
Avtomobil raqami kodi | S, 14 |
Xaritada | |
53°15′36″N 74°39′36″E / 53.26000°N 74.66000°E |
Irtish tumani — Pavlodar viloyatining shimoli-gʻarbiy tarafida, Irtish daryosining soʻng yoqasida joylashgan. Irtish Tumani 1928-yili tashkil etilgan. Tuman hududi 10,2 ming km², aholisi 19,459 kishi (2012). Tuman markazi — Irtish qishlogʻi
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman shimoliy tarafida Rossiyaning Omsk viloyati bilan, sharqida viloyatning Jelezin, Qashir tumanlari bilan, janubida Aqtoʻgʻay tumani bilan, gʻarbida Akmola viloyati bilan chegaradosh.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman iqlimi keskin kontinental. Bahor va kuz oylari oʻzgaruvchan, issiqdan sovuqqa almashib turuvchi harorati qisqadir. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −18 °C-ga, iyulning — +20 °C-ga teng. Yogʻingarchilikning aksar qismi yoz oyiga toʻgʻri keladi. Yogʻingarchilikning yillik miqdori — 250—300 mm. Yil davomida boʻronlar ham boʻlib turadi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2012-yili 19,459 kishini tashkil qildi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 2012-yili 1 km² 1,9 kishidan toʻgʻri keldi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2012-yil)
- qozoqlar — 11 326 kishi (58,2 %)
- ruslar — 4 742 kishi (24,37 %)
- ukrainlar — 1 528 kishi (7,85 %)
- olmonlar — 849 kishi (4,36 %)
- tatarlar — 197 kishi (1,01 %)
- beloruslar — 232 kishi (1,19 %)
- boshqalar — 585 kishi (3 %)
- Umumiy — 19 459 kishi (100,00 %)
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman tarkibida 18 ta qishloq mavjud:
- Irtish
- Abay
- Agʻashoʻrin
- Amangeldi
- Qoʻsagʻash
- Qoʻskoʻl
- Qiziljar
- Lenin
- Shimoliy
- Seleti
- Toʻqti
- Uzunsuv
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yilgi oʻquv yilining boshida 4140 oʻquvchisi bor 31 ta davlat kundizgi umumiy bilim beruvchi maktablari, 269 nafar oʻquvchisi bor 1 kasbiy-texnik maktab faoliyat yuritmoqda.
Tibbiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davolash mahkamalar soni — 35, shulardan kasalxona, poliklinika, silga qarshi kasalxonalar faoliyat yuritmoqda.
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar soni-22, kutubxonalar soni-19, muzey-1. Ikkita tuman nashrlari mavhud, shularning bittasi davlat tilidagi „Ertis nuri“, ikkinchisi — rus tilidagi „Irtish“.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Департамент статистики Павлодарской области, 2013-04-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-19
- ↑ „Pavlodar viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-dekabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-noyabr.
- ↑ arxiv nusxasi, 2012-11-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-19