Petropavl
Petropavl qozoqcha: Петропавл | |
---|---|
shahar | |
54°51′44″N 69°08′27″E / 54.86222°N 69.14083°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Shimoliy Qozog'iston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Zakaryanov Toʻlegen Qabiqenovich |
Asos solingan | 1752 |
Avvalgi nomlari | Petropavlovsk |
Qachondan beri shahar | 1807 |
Maydon | 4,516 km2 (1,744 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2012) |
208 362[1] |
Milliy tarkib |
ruslar 66,27 % qozoqlar 21,42 % tatarlar 3,75 % olmonlar 1,59 % |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7152[2] |
Pochta indeks(lar)i | 150000[3] |
Avtomobil kodi | T, 15 |
|
Petropavl (qozoqcha: Петропавл) — Qozogʻistondagi shahar (1807-yildan). Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazi. Gʻarbiy Sibir tekisligining janubi-gʻarbiy qismida va Ishim daryosi oʻng sohilida joylashgan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 204,8 ming kishi (2011-yil 1-iyun).Shaharda Pedagogika instituti, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Petropavlga 1752-yilda asos solingan.[4]
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharning aholisi 204,8 ming kishi (2011-yilgi 1-iyun). Shahar aholisining yarmidan koʻpisini ruslar tashkil etadi. Milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda keltirilgan. (1-yanvar 2010-yilgi)[5][6]:
- ruslar — 129 301 kishi (66,2 %)
- qozoqlar — 41 800 kishi (22 %)
- tatarlar — 7 320 kishi (3,75 %)
- ukrainlar — 5 785 kishi (2,97 %)
- olmonlar — 3 111 kishi (1,59 %)
- beloruslar — 1 283 kishi (0,66 %)
- polyaklar — 900 kishi (0,46 %)
- armanlar — 737 kishi
- tojiklar — 629 kishi
- ozarbayjonlar — 624 kishi
- oʻzbeklar — 600 kishi
- boshqalari — 3019 kishi
- Jami — 195 109 kishi.
Iqtisodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda Petropavl Qozogʻistondagi yirik ishlab chiqarish markazlarining biriga aylandi. Shaharda 174 korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek yirik korxonalarga „Evraziya“, „Vita“, „Molochniy soyuz“ AL-lari, non kombinati, liker-araq zavodi, „Sultan“, „Tonus“ v.b. kiradi. Shahar iqtisodining 10 % kichik biznes tashkil qiladi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Kichik litrajli dvigatellar, mashinasozlik, turli mexanizmlar, izolyasiya materiallari zavodlari, goʻsht kombinati bor. Tikuvchilik buyumlari, poyabzal, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar iqlimi keskin kontinental. Qishi qahraton sovuq va uzoq (5 oy davomida), yomgʻir kam yogʻadi, yozi issiq, yomgʻir kam yogʻadi.
Petropavl iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Oʻrtacha harorat, °C | −18,6 | −14,9 | −8,0 | 3,6 | 12,7 | 18,4 | 24,8 | 16,7 | 10,6 | 3,5 | −8,0 | −13,6 | 2,2 |
Manba: NASA. База данных RETScreen |
Madaniyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teatrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- S. Muqanov nomidagi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qozoq sozli-daram teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyatining qoʻgʻirchoq teatri
- Shimoliy Qozogʻiston viloyati N. Pogodin nomli rus drama teatri
Muzeylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shimoliy Qozogʻiston viloyati tarixiy-davlat noma mezeyi
- Viloayt tasviriy sanʼat muzeyi
- „Abilay xonning rezidensiyasi“ muzey kompleksi
Kutubxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻ. Musirepov nomidagi viloyat bolalar-yoshoʻspirimlar kutubxonasi
- I. Shuxov nomli shahar kutubxonasi
- S. Muqanov nomli Shimoliy Qozogʻiston viloyati ilmiy kutubxonasi
Hamdoʻst shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Demografia_2012
- ↑ Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Chislennost naseleniya Respubliki Kazaxstan po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na nachalo 2010 goda[sayt ishlamaydi]
- ↑ Natsionalniy sostav naseleniya Kazaxstana po perepisi 2009
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |