Kontent qismiga oʻtish

Abay (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abay (1961-yilgacha Churuboy-Nura shaharchasi) — Qozogʻiston Respublikasi Karaganda viloyatidagi shahar. Karagʻandadan 30 km janubi-gʻarbda, Ostona — Olmaota temir yoʻldagi Karabas stansiyasi yaqinida. Aholisi 47,3 ming kishi (1991-yilda). Koʻmir va ohaktosh qazib olinadi. Yogʻochsozlik, uysozlik kombinatlari, yirik Karaganda GRES, kon va kechki energetika-qurilish texnikumlari, konchilar madaniyat uyi bor. Shahar Abay Qoʻnonboyev nomiga qoʻyilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil