Kontent qismiga oʻtish

Edward Browne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edvard Granvil Braun
inglizcha: Edvard Granvil Braun
Tavalludi 1862-yil 7-fevral
Vafoti 5-yanvar 1926
Kembrij
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Otasi Benjamin Browne

Edward Granville Browne (talaffuzi: Eduard Grenvill Braun) (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij untida sharq tillari va tabobat ilmini oʻrgangan. Uzoq vaqt Eronda yashagan. Kembrij universitetida arab va fors tillari professor (18881925). Yaqin va Oʻrta Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalqlarining adabiyoti va madaniyatiga oid bir necha asar yozgan. U "Bir yil forslar orasida" (1893), 4 jildli "Eron adabiyoti tarixi" (190224), "Hozirgi Eron poeziyasi va matbuoti" (1914), "Arab tabobati" (1921) nomli asarlar muallifi. Browne Nizomiy Aruziy Samarqandiyning "Toʻrt maqola"si (1921) matnini va Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro"si (1901) matnini nashr ettirgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]