Kembrij
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/35/Cambridge-158-Kings_College-Front-1985-gje.jpg/290px-Cambridge-158-Kings_College-Front-1985-gje.jpg)
Kembrij – Buyuk Britaniyadagi shahar. Kembrij grafligining maʼmuriy markazi. London shahridan shimolda, Kem daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 113 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kembrij qadimdan universitet shaharlaridan biri (qarang Kembrij universiteti) sifatida maʼlum. Kitob nashr qilish va kitob savdosi markazlaridan. Mashinasozlik (ilmiy apparaturalar va priborlar, radioelektronika), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Kembrij toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar qoʻlyozmalarda 730-yildan uchraydi. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkov (XII asr), ingliz gotikasi uslubida qurilgan universitet kollejlari, jumladan, Qirollik kolleji kapellasi (XV—XVII asrlar), Triniti-kollej kutubxonasi (XVII asr), muzey va boshqalar bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |