eBay
Qiyofa
Turi | Ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Auksionlar |
Shiori | What ever it is, you can get it on eBay. va Shop victoriously! |
Qachon asos solingan | 3-sentabr, 1995 |
Joylashuvi | San Jose, California AQSH |
Asoschi(lari) | Pierre Omidyar |
Rahbariyat |
Meg Whitman, CEO va Prezident Pierre Omidyar, asoschi |
Mahsulot(lar)i | Internet-auksionlar, Elektron tijorat, savdo markazlari, PayPal, Skype, Gumtree |
Daromadi | US$4.55 miliard (2005)[1] |
Aylanma daromadi | 9 795 000 000[2] |
Operatsion foydasi | 2 350 000 000[2] |
Boyligi | 23 847 000 000[3] |
Sof foydasi | −1 269 000 000[2] |
Ishchilar soni | 11,600 (Q1 2006) |
Vebsayti | www.ebay.com |
eBay Inc. — Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazin, tezda toʻlovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda hizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi.
Haridlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999yil may oyida eBay Billpoint online-toʻlov sismtemasini sotib oldi, keyinchalik Paypal ni sotib olgach yopiladi.
- 1999-yil eBay Butterfield & Butterfield auksionini sotib oladi, keyinchalik 2002-yilda Bonhams kompaniyasiga sotib yuboriladi.
- 1999-yil eBay Mark va Oliver Zamverlardan Alando auksionini $43 millionga sotib oladi , keyinchalik u eBay Germanyga aylantirilgan edi.
- 2000 yil iyun oyida eBay Half.comni sotib oladi, keyinchalik u eBay Marketplace ga aylantiriladi.
- 2001yil avgustda eBay Mercado Libre, Lokau va iBazar larni sotib oladi — yirik lotinamerikasi online-auksion saytlari.
- 2002 yil iyul eBay PayPal toʻlov sistemasini $1.5 milliardga sotib oladi.
- 11-iyul 2003 yil eBay Inc.elektron tijorat sohasi bilan shugʻullanuvchi EachNet xitoy kompaniyasini $150 millionga sotib oladi.
- 22-iyun 2004 yil eBay Baazee.com ni $50 millionga sotib oladi, u Hindiston dagi ilgʻor auksion sayti hisoblanadi.
- 13-avgust 2004 yil eBay craigslist.org ning 25% aksiyasini qoʻlga kiritadi.
- 2004 yil sentyabrda eBay Koreya bozoriga kirib kela boshlaydi, Korean online trading company dan 3 millionga aksiya sotib oladi, har bir aksiyani 12,000 koreya voniga (tahminan $109 AQSH dollari) sotib oladi.
- 2004 yil noyabrda eBay Marktplaats.nl ni €225 millionga sotib oldi. Bu nemis firmasi Niderlandiya auksion bozorining 80% ga egalik qilar edi va asosiy daromadi reklama sotishdan kelib tushar edi.
- 16-dekabr 2004 yil eBay rent.com ni $30 million pul va $385 millionlik eBay aksiyalariga sotib oladi.
- 2005 yil mayda eBay Gumtree ni oʻz tarkibi qoʻshadi, Birlashgan Qirollik dagi reklamalar sayti tizimi.
- 2005 yil iyun eBay Shopping.com (Wayback Machine saytida 2010-10-11 sanasida arxivlangan) ni $635 millionga oʻz tarkibiga qoʻshadi, ushbu sayt tovarlar va ular narhlarni solishtirish boʻyicha hizmatlar taklif etadi.
- 2005 yil avgust eBay VoIP Skype kompaniyasini $2.6 milliard pul va aksiyalar bilan sotib oladi.
Qiziq faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]eBay auksionida sotilgan qimmatbaxo predmetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 340 yillik Shekspir qoʻlyozmasi (Prince of Tyre),1666 yilda buyuk London yongʻinini boshidan kechirgan (£5 mln)
- Grumman Gulfstream II samolyoti ($4,9 mln)
- Sariq rangli McLaren F1 1993-yilgi ($1,7 mln.) (dunyoda faqatgina yaqona sariq rangliMcLaren F1 mavjud)
- Xonus Vagnerning 1909-yilgi Beysbol kartochkasi ($1,65 mln.)
- Daymond Leyk Kurorti, Gʻarbiy Kentukki, AQSH ($1,2 mln.)
- Ferrari Enzo ($975 000, dekabr 2005)
- Buyuk beisbolist Djo Djeksonning bitasi «Black Betsy» ($577 610)
- Buyuk golfistTayger Vuds bilan bir partiya golf ($425 000)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedfinancialtables
- ↑ 2,0 2,1 2,2 (unspecified title)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- eBay.com (ingl.)
- eBay auksioni.Forum