Kontent qismiga oʻtish

Nvidia

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nvidia

Nvidia kompaniyasining logotipi
Turi Ommaviy kompaniya
Xizmatlari yarimoʻtkazgish sanoati
Birja listingi Andoza:NASDAQ
Qachon asos solingan 5-aprel, 1993-yil (31 yil avval) (1993-04-05)
Joylashuvi Santa-Klara, Kaliforniya (AQSH)
Asoschi(lari)
Direktori Djensen Xuang
Mahsulot(lar)i
Aylanma daromadi 60 922 000 000[1]
Operatsion foydasi 32 972 000 000[1]
Boyligi 7 251 000 000[2], 9 841 000 000[2], 7 370 000 000[2], 11 241 000 000[2], 13 292 000 000[3] va 17 315 000 000[3]
Kapitallashtirish 26.61 mlrd $ (18-fevral, 2022-yil)
Sof foydasi 29 760 000 000[1]
Ishchilar soni 13 775 (2020-yil 26-yanvar)
Shoʻba korxonalari
Vebsayti https://www.nvidia.com

Nvidia — grafik prosessorlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Kompaniya mahsulotlari videooʻyinlar, vizualizatsiya, avtomobilsozlik industriyasida qoʻllanadi.

1993-1999-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Djensen Xuang, Kris Malaxovski va Kyortis Prem 1993-yil aprelida tushlik vaqtida Kaliforniya shtatida kompaniya ochishga qaror qilishdi. Bu vaqtda kelib Malaxovski va Prem Sun Microsystems, Xuang LSI Long kompaniyalarida muhandis boʻlib faoliyat yuritishar edi. 40 ming dollar boshlangʻich kapitalga ega starapda Xuang kompaniya direktori, Malaxovski ishlab chiqish boʻyicha vitse-prezident, Prem bosh texnik direktor lavozimlarida faoliyat boshlashdi. 1995-yil may oyida kompaniya oʻzining ilk mahsuloti NV1 multimedia kartasini taqdim etdi. Ushbu karta Sega kompaniyasi mahsulotlari uchun moslangan edi.

NVidia Riva 128 chipiga ega Diamond Viper V330 videokartasi

70 mln dollarga 3dfx Interactive kompaniyasining aktivlarini sotib oladi. Avvalroq huddi shu kompaniya bilan patent borasida sudlashgan va bu kompaniya bankrot holatiga kelgan edi. 2000-2003-yillarda Xbox uchun grafik chiplar ishlab chiqarishdi.

2006-yilda ATI kompaniyasini AMD tomonidan 5,4 mlrd dollarga sotib olinishi natijasida Intel bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Buning natijasida ATI ga kelayotgan 70 %gacha daromad Nvidiaga kela boshladi.

Ethernet va InfiniBand tarmoqli adapterlari hamda kommutatorlar ishlab chiqaruvchi Mellanox kompaniyasini 6,9 mlrd dollarga sotib oldi. Bu xarid kompaniya tarixidagi eng yirik xarid boʻldi.[4][5]

Mahsulotlar oilasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniyaning asosiy mahsulotlari GeForse grafik prosessorlar, Quadro videokartalardan olgan.

Ushbu turdagi prosessorlar 1999-yilda NV10 chipida GeForce 256 nomi bilan chiqa boshladi[6]. Bu kompaniyaning ilk gragik prosessori edi.

GeForce Experience

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda kompaniya GeForce Experience utilitasini taqdim. Uning yordamida Nvidia videokartalarining ish samaradorligini oshirish, drayverlarni aktuallikka tekshirish kabi koʻplab imkoniyatlar mavjud edi.

Kompaniyani tashkil etilgan davrdan boshlab Djensen Xuang boshqarib keladi.

Faoliyati koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil holatiga koʻra kompaniya 3,047 mlrd dollar miqdorida sof foyda koʻrdi. Bu 2017-yilga nisbatan 83 % yuqori hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy daromad manbai grafik prosessorlar boʻlib, umumiy foydaning 8,14 mlrd dollar qismini tashkil qildi.

https://www.nvidia.com/ru-ru/