Kontent qismiga oʻtish

Delaver

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Delawaredan yoʻnaltirildi)
Delaver
Delaware
Shtat
Delaver bayrogʻi Delaver tamgʻasi
Delaver bayrogʻi Delaver tamgʻasi

Shtat laqabi: Birinchi Shtat
(First State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Dover
Eng yirik shaharlar Wilmington
Dover
Newark
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 49-oʻrinda

6,447 km²
21.52 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 45-oʻrinda

843,524
154.87 kishi/km²
1
3

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 38-oʻrinda

$54,274 million
$65,385

Ittifoqqa kirish

   • Sana

1-boʻlib

7 dekabr 1787

Vaqt UTC-5 (EST)
Qisqartma DE [10]
Shtat guli Peach blossom

(Prunus persica)

Shtat daraxti Scarlet oak

(Quercus coccinea)

DelaverAQSH shtati. Mamlakatning Atlantika okeani sohilida, Delmarva yarim orolning sharqiy qismida joylashgan. Maydon 5,3 ming km2. Aholisi 796,1 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Dover shahar. Relyefi tekisliklardan iborat, botqoqliklar uchraydi. Iqlimi dengiz iqlimi, daryolari qisqa va sersuv. Keng bargli oʻrmon bor.

Delaver— industrial-agrar shtat, xoʻjaligining asosini sanoat tashkil etadi. Ayniqsa kimyo sanoati rivojlangan (AQShning yirik kimyo zavodlari shu shtatda). Kemasozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, rezina, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati, yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarish, metallsozlik muhim ahamiyatga ega. Yirik sanoat shahri va porti — Uilmington. Shahar atrofida intensiv qishloq xoʻjaligi (parrandachilik, sut chorvachiligi, sabzavotchilik) rivojlangan. Delaver — AQShning ilk bor (1776-yilda) tashkil topgan shtatlaridan. Shtat hududida yevropaliklar koʻchib kelgunga qadar indeyslarning delavar qabilasi yashagan. 1664-yilda inglizlar tomonidan bosib olingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil