Toshoʻgʻuz viloyati
Toshoʻgʻuz viloyati Daşoguz welaýaty | |
---|---|
viloyat | |
41°0′0″N 58°30′0″E / 41.00000°N 58.50000°E | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Hukumat | |
Asos solingan | 1922 |
Maydon | [convert: invalid number] |
Rasmiy til(lar)i | Turkman tili |
Aholisi (2005) |
1 370 400 |
Zichligi | 18,66 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +993 22 |
Pochta indeks(lar)i | 746300 |
Avtomobil kodi | DZ |
|
Toshoʻgʻuz viloyati (Turkman tili: Daşoguz welaýaty), uning sobiq nomi Toshhovuz viloyati - Turkmanistondagi viloyat. 1922-yilda asos solingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1970 y. 14dek. da qayta tashkil etilgan (avval 1939 yil 21 noyabrdan 1963 yil yanvargacha mavjud boʻlgan). Maydoni 73,6 ming km². Aholisi 1165 ming kishi (2001), asosan, turkman va oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 33%, qishloq aholisi — 67%. Aholisining koʻp kismi Amudaryo vodiysida, temir yoʻl atroflarida. Choʻlda, aksari, chorvadorlar mavsumiy hayot kechiradi. Toshoʻgʻuz viloyatida 6 maʼmuriy tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi —Toshoʻgʻuz sh.
Toshoʻgʻuz viloyati respublikaning shim. qismida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida, Qoraqum choʻlida joylashgan. Yer yuzasi, tekislik. Viloyatning shim. qismini Amudaryoning qad. oʻzanlari (Koʻhnadaryo, BujunuDavdon), qad. deltasi, Sariqamish soyligi (Sariqamish koʻli bilan birga) va Ustyurt platosining jan.sharqiy chekkasi egallagan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq va quruq, qishi kam qor va nisbatan iliq. Toshoʻgʻuzda iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, yanvarniki —5,5°. Yillik yogʻin 100–150 mm (asosan, qishda va bahorda yogʻadi). Vegetatsiya davri (Toshoʻgʻuz atroflarida) 200 kun. Viloyat hududining koʻpgina maydoni qumliklar bilan band. Boʻz tuproq; qad. allyuvial tekisliklarda taqirlar, pastliklarda shoʻrxoklar, Amudaryo qayirida har xil oʻtloq tuproqlar tarqalgan. Qumliklarda oq saksovul, cherkez, quyonsuyak, bardidoshlar, shuvoq, shoʻra, har xil efemerlar oʻsadi. Amudaryo qayirida oʻtloq oʻsimliklari, toʻqay (turangʻil, shumtol va boshqalar) bor.
Amudaryo va koʻl sohillarida chiy va qamish oʻsadi. Choʻlda qarsoq tulki, boʻri, jayran, tovushqon, sudraluvchilar (toshbaqa, kaltakesak, ilon), qushlar uchraydi. Amudaryodan sazan, laqqabaliq, sudak ovlanadi.
Toshoʻgʻuz viloyati Turkmanistonning asosiy paxta yetishtirish va chorvachilik viloyatlaridan biridir. Iqtisodiyotida yengil va oziq-ovqat sanoati yetakchi oʻrinda. Asosiy sanoat tarmoqdari: paxta tozalash, yogʻmoy, goʻsht va sut, metallsozlik (asosan, taʼmirlash korxonalari), qurilish materiallari korxonalari. Yirik korxonalari Toshoʻgʻuzda joylashgan. Taxta, Ilolli, Koʻhna Urganch va boshqa tuman markazlarida paxta tozalash zdlari, Koʻhna Urganch sut zdi ishlab turibdi. Viloyat elektr energiyani Taxiatosh issiklik elektr styasi (Oʻzbekiston)dan oladi.
Obikor yerlarda dehqonchilik qilinadi. Amudaryo suvlari ekinzorlarga yirik sugʻorish sistemalari: Toshsoqa, Qilichniyozboy, Jumaboysoqa, Qipchoqboʻzsuv shuningdek, eski Shovot va Gʻozovot magistral kanallaridan boradi. Taxiatosh gidrouzeli qurilishi munosabati bilan irrigatsiya kanallarida suv muntazam oka boshladi. Zaxob yerlarni quritish uchun qurilgan kollektorlar yordamida shoʻr suvlar (Amudaryoning qad. oʻzani atroflaridan) Sariqamish soyligiga tashlanadi. Ekin maydonlariga paxta, koʻp yillik oʻtlar, gʻalla (sholi, arpa, joʻxori), kunjut, sabzavotpoliz ekinlari, kartoshka ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, olma, shaftoli, behi, nok) rivojlangan, tokzorlar bor.
Chorvachilik gushtjun va qorakul teri yetishtirishga ixtisoslashgan. Vohalarda qoramol va yilqi, qoʻy (asosan, qorakoʻl qoʻylar), echki va choʻllarda tuya boqiladi. Obikor yerlarda pillachilik rivojlangan. Transport yoʻli uzunligi 72 km, avtomobil yoʻllari 1000 km dan ziyod. Aeroport bor. Toshoʻgʻuz viloyatida musiqali drama teatri, Koʻhna Urganch tarixiymeʼmoriy muzey qoʻriqxonasi, umumiy taʼlim maktablari, oʻrta maxsus bilim yurtlari, klub muassasalari, kutubxonalar mavjud.[1]
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]S.A.Niyazov S.Turkmanboshi Gurbansoltan eje Ruhubelent Gorogly Akdepe Boldumsaz Koneurgench Gubadag
Eslatma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkmaniston viloyatlari | ||
---|---|---|
Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati | | ||
Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod |