Shovot kanali
Shovot kanali — Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi respublikalararo magistral kanal. Dastlab 17-asr oxirida qurilgan. Toshsoqa kanali tizimiga knradi. Toshsoqa kanalining 34 km da qurilgan uzeldan boshlanadi. Uz. 150 km (Oʻzbekistonda 78 km, Turkmanistonda 72 km). Suv oʻtkazish imkoniyati 210 m³/s (Bayramsoqa, Mashinyorgan va Qoramazisoqa kanallaridan olingan suv bilan birga). Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Shovot tumanlarida 37 ming ga va Toshhovuz viloyatida 75 ming ga yer sugʻoriladi. 1940-yilgacha kanal Amudaryoning chap sohilida oʻzining bosh suv olgichiga ega boʻlgan. 1940 da uz. 14,6 km boʻlgan tutashtiruvchi kanal orqali Toshsoqa kanaliga ulandi. 1939— 40 yillarda rekonstruksiya qilingan. Shovot kanali 3 toʻgʻon inshoot, 1 oxirgi taqsimlagich uzeliga ega. Kanal Urganch shahridan oqib oʻtadi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shovot kanalining uzunligi 150 km, suv oqimi 210 m³/s. Sugʻoriladigan yerlarning umumiy maydoni 112 ming gektarni tashkil etadi. Oʻzbekistonga kanalning 78 km uznlikdagi qismi va 37 ming gektar sugʻoriladigan maydonlar, Turkmanistonga 72 km va 75 ming gektar yerlar tegishli. Asosan sharqiy-gʻarbiy yoʻnalishda shimolga bir oz qiyalik bilan oqadi.
Amudaryoning bu bosh tarmoqli kanali XVII asrda qazilgan. Maydonlarni sugʻorish uchun dastavval kanalda chigʻirdan foydalanilgan. 1939—1940-yillarda kanal rekonstruksiya qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |