Kontent qismiga oʻtish

Axal viloyati

Koordinatalari: 38°30′0″N 59°0′0″E / 38.50000°N 59.00000°E / 38.50000; 59.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahal viloyatidan yoʻnaltirildi)
Ahal viloyati

Ahal welaýaty
viloyat
38°30′0″N 59°0′0″E / 38.50000°N 59.00000°E / 38.50000; 59.00000
Mamlakat Turkmaniston
Asos solingan 1922
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
939 700
Zichligi 9,67 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5
Ahal viloyati xaritada
Ahal viloyati
Ahal viloyati

Axal viloyati (sobiq Ashxobod viloyati) – Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1973-yil 27-dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 95,4 ming km². Aholisi 875 ming kishidan ziyod (1997; Ashxobod shahri aholisisiz), asosan turkmanlar, shuningdek ruslar, oʻzbeklar, ukrainlar, ba-lujlar va boshqa yashaydi. Shaharliklar 62%. Axal viloyatida 9 tuman, 3 shahar va 13 shaharcha bor. Markazi – Ashxobod shahri Viloyatning kattagina qismini Qoraqum (hududining 90%dan ziyodi) egallagan, janubida Kopetdogʻ togʻlari joylashgan. Foydali qazilmalari: tabiiy gaz (Markaziy Qoraqum gazli rayoni) va mineral qurilish materiallari (sement xom ashyosi, ohaktosh, qumoq, dolomit, qurilish qumi va tosh). Iqdimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 0,2°, iyulniki 30,9°. Yiliga 140 mm dan (Qoraqumda) 250 mm gacha (Kopetdogʻ togʻlarida) yogʻin yogʻadi. Asosiy daryosi – Tajan, shuningdek sugʻorishda foydalaniladigan kichik soylar bor. Viloyat hududidan Qoraqum kanaloʻ oʻtadi. 6 suv ombori qurilgan; eng yiriklari: 1-Tajan, 2-Tajan, Xor-Xor va Kopetdogʻ. Sur tuproq, taqirsimon, oʻtloq va choʻl qumloq tuproqlar tarqalgan. Bu-ta-efemer oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlar viloyat hududining 0,04% ni egallaydi (asosan Kopetdogʻ togʻlarida va Tajan daryosi vodiysida).Axal viloyatida ishlov beruvchi sanoat, sabza-votchilik, polizchilik va tokchilik yetakchi oʻrinda. Energetikasi Mari GRES va Buzmayin GRESdan keladigan energiya va tabiiy gazda ishlaydi. Sanoatining asosiy tarmogʻi – yengil sanoat (paxta tozalash va ip gazlama). Poyabzal, tikuvchilik, gilam toʻqish, ipak yigiruv va trikotaj fabrikalari bor. Oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati (gʻisht, sement, temir-beton buyumlar, shisha va boshqa ishlab chiqarish), mashinasozlik (shu jumladan neft va elektrotexnika) va metall-sozlik rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Ashxobod, Tajan, Buzmayin.Axal viloyati paxta, sabzavot, poliz ekinlari, uzum yetishtirish va bogʻdorchilikka ixtisoslashgan. Chorvachilikda sut-goʻsht yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Axal viloyati hududidan Oʻrta 811Osiyo temir yoʻl oʻtgan, avtomobil yoʻllari bor. Ashxobodda aeroport mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Turkmaniston viloyatlari Turkmaniston Davlat Bayrog`i

Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati |

Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod