Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi
Turi | aksiyadorlik jamiyati, konsern |
---|---|
Qachon asos solingan | 1600-yil |
Qchon tugatilgan | 1874-yil 1-yanvar |
Tugatilish sababi | bankrotlik |
Joylashuvi | London, Angliya |
Asoschi(lari) | John Watts, George White |
Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi(inglizcha: East India Company), 1707-yilgacha Angliya Ost-Indiya kompaniyasi — 1600-yil 31-dekabrda Yelizaveta I farmoni bilan asos solingan va Hindiston bilan savdo qilish borasida keng imkoniyatlarga ega boʻlgan aksiyadorlik jamiyati. Ost-Indiya kompaniyasi yordami bilan Britaniyaning Hindiston va Yaqin Sharq mamlakatlari kolonizatsiyasi amalga oshirilgan.
Qirolicha farmoni bilan Ost-Indiya kompaniyasi Hindiston bilan savdoda monopoliyaga aylanib olgan. Dastavval kompaniya 125 ta aksioner va 72 000 funt sterling kapitalga ega edi. Kompaniya aksionerlar oldida javobgar boʻlgan gubernator va direktorlar kengashidan iborat bo'lgan. Keyinchalik kompaniya boshqaruv va harbiy funksiyalarga ham ega boʻldi. 1858-yilda esa ushbu huquqlaridan mahrum boʻlgan. Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasidan soʻng Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi ham birjaga oʻz aksiyalarini joylashtirgan.
Kompaniya Hindiston tashqarisida ham oʻz manfaatlarini koʻzlagan. Asosiy maqsadi Britaniya orollariga eltuvchi xavfsiz dengiz yoʻllarini yaratish edi. Keyinchalik kompaniya Yevropa va Osiyodan qaytayotgan kemalar uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Avliyo Yelena orolini qoʻlga kiritgan. Aynan Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi harbiylari Avliyo Yelena oroliga surgun qilingan Napaleonni qoʻriqlashgan.
Kompaniyaning shtab-kvartirasi Londondagi Ost-Indiya uyida joylashgan. Hozirda bu yerda Lloyd’s of London sugʻurda firmasi joylashgan.
Hindistondagi operatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kompaniya 1600-yil 31-dekabrda „Ost-Indiya hududlarida savdo bilan shugʻullanuvchi London savdogarlar kompaniyasi“ (inglizcha: Governor and Company of Merchants of London trading with the East Indies) nomi bilan tashkil etilgan. 1601-1610-yillar davomida kompaniya Janubi-sharqiy Osiyoga 3 marotaba savdo ekspeditsiyalari uyushtirgan. Ularning birinchisiga oʻz missiyasini yaxshi bajarganligi uchun ritsarlik unvonini olgan privatir Jeyms Lankaster boshchiliik qilgan. Kompaniyaning Hindistondagi faoliyati 1612-yilda imperator Jahongirshox kompaniyaga Surat shahrida faktoriya yaratishlariga ruxsat berishi bilan boshlanadi. Dastavval kompaniya har xil nomlardan foydalangan: „Hurmatli Ost-Indiya kompaniyasi“ (inglizcha: Honourable East India Company), „Ost-Indiya kompaniyasi“ (East India Company, EIC), „Bahadur kompaniyasi“.
Kompaniyaning asosiy raqobatchilari ushbu hududlarga qolgan yevropaliklarga nisbatan deyarli yuz yil oldin kelgan portugallar, eng asosiy raqib esa Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi (Verenigde Oostindische Compagnie, VOC) edi. Gollandlar birinchi navbatda ziravorlar savdosi bilan qiziqqan va monopoliya hisobiga baland narxlarni ushlab turishga harakat qilishgan. VOCning kapitali Britaniya kompaniyasi kapitalidan 10 barobar koʻp edi. XVII asr oʻrtalariga kelib portugallarni ushbu hududlarda siqib chiqargan gollandlar dengiz savdosida yaqqol hukmronlik qilishni boshlagan. Mustaqil Britan savdogarlari ushbu kompaniya bilan raqobat qila olmas edi, bundan tashqari gollandlar raqiblari faktoriyalarini kuch ishlatish yoʻli bilan yoʻq qilishar edi. Hindiston bilan savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilganda Boburiylar imperiyasi mansabdorlari savdogarlarning farqiga bormas edi. Misol tariqasida, 1633-yilda ingliz qaroqchilari Suratdagi kemani talon-taroj qilganlarida, mahalliy mansabdorlar oʻgʻirlikka umuman aloqasi boʻlmagan kompaniyadan kompensatsiya toʻlovlarini talab qilgan. Bunday sharoitlarda mustaqil savdogarlar qonundan tashqari deb eʼlon qilingan.
1647-yilga kelib kompaniya Hindistonda 23ta faktoriyaga ega edi. Hindiston matolari (paxta va ipakdan tayyorlangan) Yevropada oʻta talabgir hisoblangan. Shuningdek choy, gʻalla, boʻyoqlar, paxta, keyinchalik bengal opiumi olib ketilar edi.
Xitoydagi operatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1711-yilda kompaniya Xitoyning Guanjou shahrida choy sotib olish maqsadida savdo shirkatiga asos solgan. Dastlab choy kumushga sotib olingan. Keyinchalik kompaniyaga tegishli Hindiston plantatsiyalarida yetishtirilgan opiumga ayirboshlangan.
Xitoy hukumatining 1799-yilgi opium olib kirishga qarshi qaroriga qaramay kompaniya yiliga 900 tonna miqdordagi opiumni kontrabanda yoʻli bilan olib kiravergan. Xitoy bilan savdo faqatgina Hindiston bilan savdo miqdoriga nisbatan kamroq edi.
1839-yilda Xitoy gubernatori tomonidan kontrabanda opiumning yoʻq qilinishi ayfun urushlari (1839-1842) boshlanishiga sabab boʻlgan.
Saudiya yarimorolidagi operatsiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asr oxiridan boshlab kompaniya Ummon davlatiga qiziqa boshlagan. 1798-yilda sulton Said huzuriga fors Mahdi Alixan yuborilgan va fransuzlarga qarshi ittifoq tuzishgan. Amalda bu Ummonni protektoratga aylantirilganini anglatar edi. Ushbu kelishuvga muvofiq sulton oʻz davlati hududiga fransuz kemalarini kirishini taqiqlashi, davlat hududiga fransuz va gollandlarni umuman qoʻymaslik, Fransiya va Gollandiya Ummon hududida oʻz savdo hududlarini yaratishiga yoʻl qoʻymasligi, Fransiya bilan kurashda Angliyaga yordam berish shartlarini olgan. Lekin oʻsha davrda sulton oʻz davlati hududida faktoriya qurishga ruhsat bermagan. 1800-yilda kelishuv toʻldirilgan va Angliya Ummon davlatida oʻz rezidentiga ega bo'lgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Антонова К. А., Бонгард-Левин Г. М., Котовский Г. Г.. HIndiston tarixi, М., 1979.
- Губер А., Хейфец А.. Sharq davlatlarining yangi tarixi, М., 1961.
- Adams B.. The Laws of Civilizations and Decay. An Essays on History, New York, 1898 — 305-bet.
- Хобсбаум Э.. Revolyutsiya asri. Европа 1789—1848, Ростов-на-Дону, 1999.
- Ensiklopedik lugʻat / Brokgauz F. A., Yefron I. A.
- Butunjahon tarixi, М., 2000. ISBN 985-433-711-1.
- Fursov K. A. Derjava-kupes: Otnosheniya angliyskoy Ost-Indskoy Kompanii s angliyskim gosudarstvom i indiyskimi patrimoniyami. — M.: Tovariщestvo nauchnix izdaniy KMK, 2006.
- Fursov K. A. Ost-Indskaya Kompaniya: Istoriya velikogo oligarxa // Novoe vremya. — M., 2001. — № 2—3. — S. 40—43.
- Fursov K. A. Otnosheniya angliyskoy Ost-Indskoy kompanii s Mogolskim sultanatom: problema periodizatsii // Vestnik Moskovskogo Universiteta. Seriya 13: Vostokovedenie. — 2004. — № 2. — S. 3—25.
- Yefimov Ye. G. Konsepsiya „subimperializma“ angliyskoy Ost-Indskoy kompanii P. Dj. Marshalla // X regionalnaya konferensiya molodix issledovateley Volgogradskoy oblasti, 8—11 noyabrya 2005 goda: Tezisi dokladov. — Vip. 3. Filosofskie nauki i kulturologiya. Istoricheskie nauki / Volgogradskiy gosudarstvenniy universitet [i drugie vuzi]. — Volgograd: VolGU, 2006. — C. 180—181.
- Yefimov Ye. G. Angliyskaya Ost-Indskaya kompaniya vo vtoroy polovine XVIII veka: Vopros o natsionalnoy identichnosti (k postanovke problemi) // XI regionalnaya konferensiya molodix issledovateley Volgogradskoy oblasti, 8—10 noyabrya. 2006 g. Vip. 3. Filosofskie nauki i kulturologiya. Istoricheskie nauki: Tezisi dokladov / Volgogradskiy gosudarstvenniy universitet [i drugie vuzi]. — Volgograd: VolGU, 2007. — C. 124—126.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Seals and Insignias of East India Company(ingl.)
- [ Port Cities: History of the East India Company][sayt ishlamaydi](ingl.)
- Ships of the East India Company(ingl.)
- The East India Company — a corporate route to Europe on BBC Radio 4’s(ingl.)
- The East India Company: The original corporate raiders The Guardian, 04.03.2015