Plantatsiya
Plantatsiya (lotincha plantatio — oʻsimlik ekish) — 1) yirik dehqonchilik xoʻjaligi. Bunday xoʻjaliklarda, asosan, tropik, subtropik ekinlar — paxta, choy, shakarqamish, kofe va boshqa yetishtiriladi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa mamlakatlari bosib olgan mustamlakalarda kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida paydo boʻlgan. Dastlabki P. Vest-Indiyasa 16-asr boshlarida tuzildi. 19-asrning 1yarmida AQSH P. tizimining markazi boʻlgan davrda gʻoyat rivojlandi va qora tanli qullar mehnatidan shafqatsiz foydalanildi. 19-asr oxirida arzon yollanma ish kuchi va qisman majburiy mehnatdan foydalanadigan yirik latifundiyalar paydo boʻldi. 20-asrda mustamlakachilikdan ozodlikka erishgan koʻpgina mamlakatlarda P. xoʻjaliklari natsionalizatsiya qilindi. P. bir qancha rivojlanayotgan mamlakatda saqla-nib qolgan; 2) qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band boʻlgan katta yer maydoni.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |