Kontent qismiga oʻtish

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birlashgan Ost-Indiya kompaniyasi
Turi savdo-sotiq kompaniyasi
Qachon asos solingan 1602-yil 20-mart
Qchon tugatilgan 1798-yil 17-mart
Tugatilish sababi bankrotlik
Joylashuvi Amsterdam, Rotterdam, Delft, Middelburg, Enkxoyzen va Xorn shaharlari, Niderlandiya
Asoschi(lari)

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi (niderlandcha: Verenigde Oostindische Compagnie, VOC; Birlashgan Ost-Indiya kompaniyasi) — Niderlandiya savdo-sodiq kompaniyasi. 1602-yilda asos solingan va 1798-yilgacha mavjud boʻgan kompaniya[1][2]. Yaponiya, Xitoy, Seylon va Indoneziya bilan savdo-sotiq (asosan choy, mis, kumush, paxta, shoyi matolar, ipak, keramika, ziravorlar va opium kabi mahsulotlar) olib borgan. Tinch va Hind okeani davlatlari bilan savdo-sotiqni monnopoliyaga aylantirgan[3][4].

Kompaniya tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1594-yilda niderland savdogarlari guruhi Sharq davlatlari bilan vositachilarsiz savdoni yoʻlga qoʻyish maqsadida „Van Verre“ kompaniyasiga asos solishgan. Keyinchalik shunga oʻxshash boshqa kompaniyalar ham yuzaga kelgan. Kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro raqobatni yoʻqotish va portugal, ispan, ingliz savdogarlariga qarshilik koʻrsatish maqsadida Birlashgan Niderlandiya provinsiyalari general shtatlari tomonidan barcha savdo kompaniyalari 1602-yilda yagona Ost-Indiya kompaniyasiga birlashtirilgan. Kompaniyaning ustav kapitali 6,5 million florinni tashkil qilgan.

Ost-Indiya kompaniyasi savdo faktoriyalarining butun bir tarmogʻini yaratgan (Yaxshi umid burni, Fors koʻrfazida, Bengaliya, Malakka (hozirgi Malayziya tarkibida), Xitoy, Siam (hozirgi Tailand), Formoz (hozirgi Tayvan)). Ost -Indiya kompaniyasi gʻarbda Yaxshi umid burnidan sharqda Magellan boʻgʻozigacha boʻlgan hududlarda savdo qilgan.

Kompaniya tarixidagi eng mashhur shaxs kompaniyaning shtab-kvartirasini keyinchalik Gollandiyaning Osiyodagi mustamlakalari poytaxtiga aylangan va Yava orolida joylashgan, oʻzi tomonidan asos solingan Bataviya (hozirgi Jakarta) shahriga koʻchirgan Jan Pieterszoon Coen hisoblanadi. Ushbu mintaqadagi Niderlandiya sobiq hududlarini hali ham Gollandiya Hindistoni (Gollandiya Ost-Indiyasi (Indoneziya), Hindiston yarimorolidagi Gollandiya hududlari, Seylon, Malakka, Janubiy Afrikadagi koloniyalar) deyishadi.

Kompaniya 6 ta port shaharlarda (Amsterdam, Rotterdam, Zellandiya, Delft, Xorn va Eykxeyzene) ofislarga (palata) ega edi va 17 ta savdogarlardan iborat majlis tomonidan boshqarilgan.

Niderlandiya Yevropadagi eng ilgʻor dengiz mamlakatiga aylanganidan soʻng Ost-Indiya kompaniyasi tom maʼnoda davlat ichidagi davlatga aylangan. U tashqi savdodagi monopoliyaga, faktoriyalar yaratish, kemasozlik, harbiy kuchlar va shaxsiy flotga ega edi.

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi dunyodagi ilk aksiyadorlar jamiyati hisoblanadi[5].

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi sababli koʻplab buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshirilgan. Misol uchun kompaniya xizmatchisi Henry Hudson Xitoyga Amerika orqali boruvchi dengiz yoʻlini kashf qilgan. Keyinchalik qirgʻoqlarida Nyu-York shahri vujudga kelgan (dastavval shahr Yangi-Amsterdam deb nomlangan) va oʻz sharafiga nomlangan dengiz va boʻgʻozni ochgan. Kompaniya xizmatchisi, doktor Jan van Riebeeck 1652-yilda Janubiy Afrikada Yevropadan Hindistonga safarga chiqqan kemalarga xizmat koʻrsatuvchi, kemalarni hom-ashyolar bilan tanimlovchi qoʻrgʻonga asos solgan. Ushbu baza dastavval Kapstad nomli kichik aholi punktiga, keyinchalik esa JARning asosiy port shahri — Keyptaunga aylandi[6].

Kompaniya Britaniya imperiyasi bilan doimiy ziddiyatda boʻlgan. Gollandiyaning Britaniya bilan 1780-1784-yillarda boʻlib oʻtgan urushdagi magʻlubiyatidan soʻng kompaniya ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan (1796-yilda kompaniyaning umumiy qarzi 100 million florinni tashkil qilgan). Bankrotlikka uchragan Ost-Indiya kompaniyasi 1798-yilda tarqatib yuborilgan. Uning mulklari esa Bataviya respublikasi tasarrufiga oʻtgan.

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1697-yilda Amsterdam burgomistri va Ost-Indiya kompaniyasi direktorlaridan biri Nicolaes Witsen Moskva qirolligi vakillariga, ular ichida yosh shahzoda Pyotr Alekseevich ham bor edi, kemasozlikdan saboq olish uchun mamlakatda tahsil olishga ruhsat bergan.
  • Gollandlarning Indoneziyadagi faoliyati Joseph Conradning koʻpgina asarlarida keltirib oʻtilgan.
  • 2010-yil sentabr oyida Utrext universiteti talabasi tomonidan Xoorn shahri arxivida Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan 1606-yilda chiqarilgan dunyodagi eng qadimiy aksiya topilgan.

Kinematografiyada

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2007-yilda rus prokatida „Boʻron sohiblari“ (niderlandcha: De scheepsjongens van Bontekoe) deb nomlangan va kapitan Villem Bontekening sayohatlariga asoslangan film dunyo yuzini koʻrgan.
  • 2015-yilda „Admiral“ deb nomlangan golland tarixiy-biografik filmi suratga olingan. Filmda Angliya-Gollandiya urushida yuz bergan real voqealar tasvirlangan.
  • 2010-yilda yozuvchi David Mitchelning „Yakob de Zutning ming kuzi“ nomli baddiy romani chop etilgan. Asar voqealari XVIII-XIX asrlar mobaynida Yaponiyaning sunʼiy Dedzima orolida joylashgan Ost-Indiya kompaniyasining savdo faktoriyasida yuz beradi. Romanda kompaniya xizmatchilarining hayoti va kompaniyaning bankrotlikka yuz tutishi bilan bogʻliq holatlar yoritib oʻtilgan.
  1. „Exchange History NL – 400 years: the story“ (En). Exchange History NL. 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  2. Fergusson, Niall. The Ascent of Money – A Financial History of the World, 2009, London: Penguin Books — 128–132-bet. 
  3. Koloniaal Verleden (Wayback Machine saytida 7 February 2015 sanasida arxivlangan) VOC at the National Library of the Netherlands (in Dutch)
  4. Updated 10.19.2016, Ben Phelan | Posted 01 07 2013 | „Antiques Roadshow | PBS“ (en). Antiques Roadshow | PBS. Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  5. „Translation of Pieter Schaghen’s 1626 letter, which mentions the purchase of Manhattes (Manhattan)“. 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-noyabr.
  6. Octrooi verleend door de Staten-Generaal betreffende de alleenhandel ten oosten van Kaap de Goede Hoop en ten westen van de Straat van Magallanes voor de duur van 21 jaar (nl), 1602 — 5-bet. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel. „'Dese vereenichde Compaignie sal beginnen ende aenvanck nemen met desen Jaere xvi C ende twee ende sal gedurende den tyt van eenentwintich Jaren achter (This United Company shall commence operations in the year of 1602, and shall continue for a period of twenty-one consecutive years)'“