Kontent qismiga oʻtish

Bank-moliya akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bmadan yoʻnaltirildi)
Asos solingan sanasi 1996-yil
Veb-sayti  bfa.uz

Bank-moliya akademiyasi, BMA – OʻzRda iqtisodiyot sohasida magistrlar tayyorlovchi oliy oʻquv yurti, Oʻzbekiston Banklar uyushmasiga qaraydi. 1996-yil 2-mayda Toshkent shahrida tashkil etilgan, BMA Respublika bankmoliya tizimi uchun jahon talablari darajasida mutaxassislar tayyorlaydi. BMAda bank ishi; moliya; soliq va soliqqa tortish; bankmoliya xodimlarining malaka oshirish fakultetlari bor. Akademiyaga 2 yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan bakalavr mutaxassislar tanlov asosida qabul qilinadi. 1997–98 ylarda akademiyaga 153 kishi qabul qilingan. Akademiyada 11 kafedra boʻlib, 19 professor-oʻqituvchilar, jumladan, 5 fan dri, professor, 11 fan nomzodi, dotsent ishladi (2000). Akademiya „Bank ishi“, „Moliyani boshqarish“, „Soliq ishi“ mutaxassisligi boʻyicha magistr unvoni beradi. 2000-yil akademiyani 92 kishi bitirib chiqdi, ulardan 91 kishi dissertatsiya yoqlab magistr unvonini oldi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil