Bengal she'riyati
Bengal she'riyati | |
---|---|
Yozuv tipi | — bengal tilida she'riyatning boy an'anasidan iborat she'riy tizim |
Tillar | bengal tili |
Paydo boʻlish joyi | G`arbiy Bengaliya va hozirgi BAngladesh hududlari |
Hudud | Hozirda Hindiston va Pokiston, qisman afg`onistion hududida tarqalgan |
Davr | 3ta davrga bo`linadi: erta davr she'riyati (Charyapad kabi), o'rta asrlar davri zamonaviy she'riyat davri. |
Rivoji | Chandidas, Alaol, Ramprasad Sen, Maykl Madhusudan Dutt, Nabinchandra Sen, Rabindranat Tagore, Dwijendralal Rey, Satyendranath Dutta, Kazi Nazrul Islam, Jibanananda Das, Jasimuddin, Suykanta Mahmud |
Bengal sheʼriyati bengal tilida sheʼriyatning boy anʼanasi boʻlib, turli xil shakllarga ega. Janubiy Osiyoning Bengal mintaqasida paydo boʻlgan bengal sheʼriyati tarixi rivojlanishning uchta ketma-ket bosqichidan oʻtdi:
- Erta davr sheʼriyati (Charyapad kabi),
- Oʻrta asrlar davri
- Zamonaviy sheʼriyat davri.
Barcha asrlar sheʼriyat va sheʼriy anʼanalarning turli shakllarini koʻrgan. Bengal sheʼriyati Bengal Uygʻonish davrida choʻqqiga chiqdi. Asrlar davomida yirik bengal shoirlari sifatida Chandidas, Alaol, Ramprasad Sen, Maykl Madhusudan Dutt, Nabinchandra Sen, Rabindranat Tagore, Dwijendralal Rey, Satyendranath Dutta, Kazi Nazrul Islam, Jibanananda Das, Jasimuddin, Suykanta Mahmudcha kabi ijodkolar yuzaga chiqdi.
Qisqa tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bengaliyaning soʻzlashuv shevasidagi sheʼriyat dastlab Prakrit tilidan kelib chiqqan va mahalliy ijtimoiy-madaniy anʼanalarga asoslangan. Bengal sheʼriyati, asosan, buddist donishmand boʻlgan shoirlarning sahajaya anʼanalaridan farqli oʻlaroq, Vedik marosimlari va qonunlariga qarshi edi. Oʻrta asrlar davri Bengal sheʼriyatiga musulmonlar hayotida muhim rol oʻynagan va sheʼriy lugʻatga boy fors va arab taʼsirini olib kelgan putiyning kirib kelgan davr boʻldi. Shoh Gʻaribulla „Amir Hamza“ dostoni bilan bu putiy yoʻnalishni boshlab bergani aytiladi. Bu davrda janglarga asoslangan koʻplab jangnomalar yozilgan.
Karbaloga oid asarlar — marsiya (arabchada „qaygʻu“ maʼnosini bildiradi) adabiyoti deb ham atalgan. Jangnoma ham, marsiya adabiyoti ham dastlab Arabistonda, keyinroq Forsda rivojlangan. Musulmon soʻfiylari va askarlari Bengal va Arakan xalqlariga bengal tilida sheʼrning bu shaklini taqdim etdilar. Shayx Fayzullohning Zaynabning „Chautisha“, Muhammadxonning „Maqtul Husayn“ va Sherbazning „Qosim-ar Lodai Ey Fotima-r Surotnoma“si ushbu adabiyotning mashhur sheʼrlaridan. Bu kabi asarlar Bengal xalq sheʼriyatini fors-arab hikoyalari va mavzulari bilan aralashtirib yubordi va Bengal musulmon madaniyatining muhim qismi hisoblanadi.
Qadimgi va oʻrta asrlar davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]<b>Charyapad</b> — Bengal tilining eng qadimgi sheʼriyat va adabiyot namunasi. Bu, shuningdek, neo-hind oriy tilidagi eng qadimgi asardir. Milodiy X-XII asrlarda yaratilgan bu madhiyalarning bastakorlari, asosan, buddist Siddhachariyalar edi. 24 ta asosiy Charyapadalari Lui Pa, Kukkuripa, Biruapa, Gundaripa, Chatilpa, Bhusuk Pa, Kanpa, Kambalambarpa, Dombipa, Shantipa, Mahittapa, Veenapa, Sarxapa, Shabar Pa, Azdebpa, Dhenpana, Dankapa, Darikpa D. kabi i9jodkorlar tomonidan yaratilgan.
Bengal adabiyotining 1200—1350-yillari "bengal adabiyotining qorongʻu davri" sifatida belgilangan. Bu davrdagi Vaishnava adabiyotining boshqa ajoyib shoirlari yetishib chiqqan. Ular orasida Vidyapati, Jnandas, Govindadas, Yashoraj Xon, Chandkaji, Ramchandra Basu, Balram Das, Narxari Das, Vrindavan Das, Basudavas, Bansibad edi. Sayid Sulton, Xarxari Sarkar, Fateh Paramananda, Ghanshyam Das, Gayas Xon, Alaol, Din Chandidas, Chandrashekhar, Haridas, Shivram, Karam Ali, Pir Muhammad, Xiramani, Bhavananda. Mangal Kavyaning mashhur shoirlari: Kanahari Dutt, Narayan Dev, Vijaygupta, Bipradas Piplai, Madhav Acharya, Mukundaram Chakraborti, Ganram Chakraborti, Srishyam Pandit, Bharat Chandra Roy Gunakar, Khemananda, Ketka Das Khemananda, Awi, Rayk, D. Bhatt, Khelaram, Rupram, Sitaram Das, Shyamj.larni sanab oʻtishimiz mumkin.
18-asrning ikki yorqin Shakta bhakti saroy shoiri Bharatchandra Rey va Ramprasad Sen edi.
Zamonaviy shoirlar (1800-yildan hozirgi kungacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta va yangi asrlar oʻrtasida koʻprik qurgan shoirlarni asrlar shoirlari deb atashadi. Ularning eng mashhur namoyondasi Ishvar Chandra Guptani (1812-1859) zamonaviy bengal tilining otasi sifatida ham tanishadi. Maykl Madhusudan Dutt (1824-1873) oʻrta asr paradigmasini buzdi va bengal sheʼriyati erkin sheʼriyatga kirdi. Maykl Madhusudan Dutt, ayniqsa, bengal sonetlari bilan mashhur. Yevropa uslubidagi romantik va lirik shoir Bixarilal Chakraborti (1835-1894) ham bu davrdagi oʻzgarishlarga hissa qoʻshdi.
Kabiguru Rabindranat Tagor (1861-1941) Bengal adabiyotining eng inqilobiy shoiri boʻlgan. U Bengal adabiyotining barcha sohalariga, shu jumladan sheʼriyatga hissa qoʻshgan. U sheʼriyatda „sadhu“ tilida yozishning eski odatini buzib, sheʼriyatning shoirga erkinroq boʻlgan jihatini kiritdi. U ikki mingdan ortiq qoʻshiqlar yaratgan — ular „Rabindra Sangeet“ nomi bilan tanilgan va ular bugungi kunda ham Gʻarbiy Bengaliya va Bangladeshda mashhur. Uning „Jana Gana Mana“ va „Amar Sonar Bangla“ qoʻshiqlari mos ravishda Hindiston va Bangladeshning milliy madhiyalari hisoblanadi. Uning Bengal adabiyotiga taʼsiri shunchalik kattaki, uning hayoti davomidagi barcha Bengal adabiyoti uning nomi bilan „Rabindrik davri“ deb ham nomlanadi. Rabindrik davrining zamonaviy shoirlariga Satyendranath Dutta, Kamini Rey, Updendrakishore Raychowdhury, Sukumar Rey, Jatindra Mohan Bagchi va boshqalarni msiol qilib koʻrsatsak boʻladi.
Rabindranat Tagorning oʻlimi koʻpincha klassik sheʼriyatning tugashi va zamonaviy sheʼriyatning boshlanishi deb hisoblanadi.
20-asr boshlarida bengal sheʼriyat uslubida yangi oʻzgarishlar roʻy berdi, shoirlar hatto liberal sheʼr uslubini qabul qilib, bengal romantizmiga chek qoʻydi. Bu davrga Mohitlal Majumder, Kazi Nazrul Islom va Jatindranat Sengupta kabi shoirlar hissa qoʻshgan. Qozi Nazrul Islom sheʼriyatning antiromantik davri va zamonaviy davri oʻrtasidagi koʻprik sanaladi. U juda koʻp sheʼr va qoʻshiqlar yaratgan — ulardan biri „Nazrul Geeti“ nomi bilan mashhur boʻlib, bugungi kunda ham kuylanadi. Nazrul Bangladesh milliy shoiri hamdir. Uning „Bidrohi“ sheʼri Hindiston Ozodlik Harakatiga katta taʼsir koʻrsatgan.
Tagorning oʻlimi 1940-yillardan 60-yillargacha davom etgan zamonaviy sheʼriyatning oltin davrining boshlanishiga olib keldi. Bu davrda koʻplab shoirlar sheʼriyatga chuqur taʼsir koʻrsatdilar. Masalan: Amiya Chakraborti (1901-66), Jibanananda Das (1899-1954), Buddhadeb Basu (1906-64), Bishnu Dey (1909-62), Sudhindranath Dutta (1901-60). Ulardan keyin Shakti Chattopadhyay (1933-1995), Sankha Ghosh (1932-2021), Tarapada Rey (1936-2007) Sunil Gangopadhyay (1935-2012) avlodlari — Krittibas shoirlar guruhi nomi bilan tanilgan.
Gʻarbiy Bengal va Bangladesh shoirlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1947-yilda Hindiston boʻlinganidan soʻng, bengal shoirlari ham Hindiston va Pokistonning millatchilik yoʻnalishi boʻyicha boʻlingan. Gʻarbiy Bengaliyada Shakti Chattopadhyay, Binoy Majumdar, Samir Roychoudhuri, Malay Roy Choudhuri, Subimal Basak, Subodh Sarkar kabi koʻplab shoirlar yetishib chiqdi.
Sharqiy Bengal shoirlari koʻpchilik Qozi Nazrul Islom va boshqa yirik shoirlardan ilhom olgan holda har xil, ammo shunga oʻxshash yoʻl tutganlar. Bu davrdagi mashhur Bengal musulmon shoirlari orasida Farruh Ahmad, Talim Husayn, Golam Mostofa va Raushan Yazdoniy bor edi. Bangladesh ozodlik urushi va ozodlik uchun kurash keyingi yillarda mashhur mavzuga aylandi. Al Mahmud 20-asrda paydo boʻlgan eng buyuk bengal shoirlaridan biri hisoblanadi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bengal shoirlari roʻyxati
- Milliy sheʼrlar roʻyxati
- Bangladesh shoirlari roʻyxati
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Al Mahmud turns 75“ (en). The Daily Star (2011-yil 13-iyul). Qaraldi: 2019-yil 15-fevral.