Bashadar qoʻrgʻonlari
BASHADAR QOʻRGʻONLARI - Togʻli Oltoy oʻlkasining yaylov va choʻllarida yashagan (miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmi) chorvador skif qabilalarining qabristoni. Bashadar qoʻrgʻonlari Oltoyning Qorakoʻl daryo vohasida joylashgai Kulada qish-logʻi yaqinidagi Bashadar degan joydan topilgan. 1950-yilda professor S. I. Rudenko tekshirgan, 60 dan ortiq qoʻrgʻon borligi aniqlangan. Ulardan 2 tasi ochilgan. Qoʻrgʻonlar doyra shaklida. Bal. 1,5 – 2 m, diametri 40 – 60 m ga yetadi. Bashadar qoʻrgʻonlari da yogʻoch harilar toʻshalgan, tomiga 50 — 60 sm qalinlikda daraxt poʻstlogʻi toʻshamasi va 1 m qalinliqda shox-shabba yopilgan maxsus xona topildi. Xonaning shipi qora namat bilan qoplangai. Bu xonaga moʻmiyolangan murda solingan tobut qoʻyilgan. Murda va u bilan birga kumilgan buyumlar yaxshi saqlangan. Bashadar qoʻrgʻonlari urugʻ yoki qabila oqsoqollarining mo-zorlari boʻlib, ularda suyak va jezdan ishlangan yoy oʻqi, zeb-ziynat buyumlari, kiyim-kechak qoldiklari, moʻmiyolangan murda va bosh suyaklari yorilgan 10 otning skeleti topildi. Ularning egar va yuganlari oltin qoplama naqshlar bilan bezatilgan. Shuningdek, ikkita yogʻoch tobutda erkak va ayol murdasi va 14 ot skeleti ham topildi. Ikkala tobut va ularning qopqoqlari hayvon su-ratlari bilan bezatilgan. Erkak tobutiga qator ketayotgan 4 yoʻlbars va burama shoxli bugʻu surati solingan. Ayol tobuti qopqogʻiga ham 4 yoʻlbars, pastrogʻiga esa 2 bugʻu, 3 arhar va 2 toʻngʻiz surati chizilgan. Tobut devoridagi yoʻlbars suratlari ustiga gul solingan hoshiyali namat yopilgan. Murdalarning kamari va qindagi shamshiri ham saqlangan. Biroqmo-zor bir vaqtlar talangani uchun undagi qimmatbaho buyumlar, otlarning egar, yuganlaridagi oltin va kumush taqinchoqlar yoʻqolgan. Bashadar qoʻrgʻonlari da topilgan bu sanʼat buyumlari Sibirning uzoq oʻtmish madaniyatidan, Togʻli Oltoy aholisining qadimdan Yaqin Sharq va Old Osiyo bilan iqtasodiy va madaniy aloqada boʻlganidan dalolat beradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |