Bahodir Qurbonov (davlat arbobi)
Bahodir Nizomovich Qurbonov | |
---|---|
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri | |
Mansab davri 2019-yil 11-fevraldan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abdusalom Azizov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
29-iyul 1969-yil Jizzax viloyati, OʻzSSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari | |
Xizmat yillari | 1987-yildan |
Unvoni | General-leytenant |
Bahodir Nizomovich Qurbonov (1969- yilda Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — o‘zbek davlat arbobi va harbiy boshlig‘i. 2019-yildan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida[1] .
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bahodir Qurbonov 1969-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1987—1989-yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. 1990-yilda O‘zbekiston IIV Oliy tergov maktabiga, 1992-yilda esa O‘zbekiston IIV Oliy maktabiga o‘qishga kirdi[2] .
1994—1996-yillarda Jizzax IIO tergov bo‘limida avval tergovchi, so‘ngra katta tergovchi bo‘lib ishlagan. 1996-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limining noqonuniy valyuta operasiyalariga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimi lavozimiga ishga o‘tgan. 1997—1998-yillarda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 1-bo‘limi tezkor xodimi lavozimida ishlagan. 1998-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 2-bo‘limi katta tergovchisi lavozimiga tayinlangan. 1999-yilda Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 3-bo‘limi katta tergovchi, shuningdek, Jizzax viloyati, Jizzax tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tergovchisi lavozimlarida ishlagan. Shu yili Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 3-bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2001-yildan Jizzax viloyati IIB Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi 2-bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bundan tashqari, Jizzax viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib keldi.
2002-yilda Jizzax viloyati Jizzax tumani IIO boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 2005-yilda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tgan. 2008-yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi patrul xizmati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shu yili Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
2013-yil 24-dekabrdan 2015-yil 27-dekabrgacha O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan [3] . 2015-yilda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan[4]. 2017-yil 14-yanvarda unga general-mayor unvoni berilgan. 2018-yil 12-fevraldan 2019-yil 11-fevralgacha Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni lavozimida ishladi[5].
O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi farmoni bilan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi [6] . 2020-yil 15-avgustdan O‘zbekiston aralash yakkakurashlar assosiasiyasi (MMA) raisi bo‘lib ishlamoqda[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ uza.uz. „Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар“ (uz). Uza.uz (1621784472). 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- ↑ „Наша гордость“. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ „Назначены заместители министра внутренних дел Узбекистана“ (ru). NBU. 2021-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- ↑ „Баходир Курбанов стал начальником ГУВД города Ташкента“ (ru). https://uznews.uz. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- ↑ „Генерал-майор Баходир Низамович Курбанов покинул пост начальника ГУВД Ташкента“ (ru). Новости Узбекистана. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- ↑ „Баходир Курбанов назначен новым Министром обороны“ (ru). www.xabar.uz. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- ↑ „Триатлон федерациясига Хавфсизлик кенгаши котиби, ММА ассоциациясига эса мудофаа вазири раис бўлди“ (uz). Kun.uz. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
- 29-iyulda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Jizzaxda tugʻilganlar
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Mudofaa vazirlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʻzolari
- Oʻzbekiston generallari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekiston siyosatchilari
- Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari
- Jizzax viloyati kishilari