Kontent qismiga oʻtish

Qobul Berdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Berdiyev Qobul Raimovich
Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Mudofaa vaziri
Mansab davri
2008-yil 17-sentabr – 2017-yil 4-sentabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ruslan Mirzayev
Vorisi Abdusalom Azizov
O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2006-yil 5-fevral – 2008-yil 4-yanvargacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Subanov
Vorisi Qosimali Ahmedov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-aprel 1955-yil (1955-04-05) (69 yosh)
Toshkent
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1976-yildan
Unvoni General-polkovnik

Berdiyev Qobul Raimovich (oʻzbekcha: Бердиев Қобул Раимович; 1955-yil 5-aprel, Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani) – oʻzbek davlat arbobi, general-polkovnik. Mudofaa vaziri (2008—2017), Favqulodda vaziyatlar vaziri (2006—2008) lavozimlarida ishlagan.

Maʼlumoti – oliy, 1976-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1988-yilda Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan.

1976—1998 – Qurolli kuchlar xizmatida.

1998—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari.

2000—2003 – Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi boshligʻining oʻrinbosari.

2003—2006 – Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti boshligʻi.

2006—2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2008—2008 – Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni.

2008—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri[1].

2017-2018 – O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻi.

2018-yil 20-apreldan 2023-yil 8-sentyabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi[2].