Kontent qismiga oʻtish

Avliyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fors minatyurasi. Ahmad Gʻazzoliy (1123 y. vaf.et.), Al-Gʻazzoliyning (1111 y. vaf. et.) akasi, shogirdi bilan suhbatlashmoqda. (1552)
Jaloliddin Rumiy Руми, shogirdi Xusam ad-Din Chalabiy bilan. (1594)

Avliyo (arabcha: أَوْلِيَاء), birlik shakli valiy (arabcha: وَلِيّ — «muqaddas»[1]) — tasavvufda Allohning zoti va sifatlarini yaxshi bilgan, uning buyruqlarini bajarib, gunoh ishlardan oʻzini saqlovchi, dunyo lazzati va shahvoniy ishlardan yuz oʻgiruvchi kishi. Avliyo soʻzi "aziz" soʻzi bilan birga ham ishlatiladi. Masalan, "aziz-avliyolar" tasavvufda oʻzining kashf-u karomatlari bilan tanilgan tariqat shayxlariga, pir-u murshidlarga nisbatan qoʻllanadi. Islom an’anasida avliyolar qaysidir bir ishi, xizmati yoki hislati tufayli Allohga yaqin boʻlib qolgan, duolari mustajob, solih, qobil, kamtar kishilardir. Avliyolar paygʻambarlar darajasidan keyin turadi. Islom aqidasi boʻyicha avliyolar har qancha kashf-u karomatga ega boʻlishiga qaramasdan bir oddiy paygʻambarning martabasiga ham yeta olmaydi. Avliyolarning mozorlarini ziyorat qilib ruhiy ozuqa olish islom dinida savobli ishlardan hisoblanadi.[2]

  1. Ислам: ЭС 1991.
  2. "Avliyo" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil