Kontent qismiga oʻtish

Arjen Robben

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arjen Robben
Robben 2015-yilda Bayern Munich safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arjen Robben[1]
Tavallud sanasi 23-yanvar 1984-yil (1984-01-23) (41 yosh)[2]
Tavallud joyi Bedum, Niderlandiya
Boʻyi 1.80 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1989—1996 VV Bedum
1996—2000 Groningen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2002 Groningen 46 (8)
2002—2004 PSV 56 (17)
2004—2007 Chelsea 67 (15)
2007—2009 Real Madrid 50 (11)
2009—2019 Bayern Munich 201 (99)
2020—2021 Groningen 6 (0)
Total 426 (150)
Milliy terma jamoa
1999 Niderlandiya U15 1 (0)
1999—2000 Niderlandiya U16 11 (4)
2000 Niderlandiya U17 3 (1)
2001—2002 Niderlandiya U19 8 (2)
2001—2003 Niderlandiya U21 8 (1)
2003—2017 Niderlandiya 96 (37)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Arjen Robben (talaffuzi: Ariyen Robben; 1984-yil 23-yanvarda tugʻilgan) – niderlandiyalik sobiq professional futbolchi, vinger sifatida oʻynagan. Dribling qobiliyati, tezligi, toʻpni boshqarish va uzoq masofadan zarba berishlari bilan tanilgan, u oʻz avlodining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri va sport tarixidagi eng buyuk qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi[4][5][6][7][8][9][10][11].

Robben dastlab Groningen jamoasida tanildi, u 2000-2001-yilgi Eredivisie mavsumida ushbu jamoa uchun yilning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan. Ikki yildan soʻng u PSV klubi bilan shartnoma imzolagan va u yerda Niderlandiyaning eng yaxshi yosh futbolchisi unvonini qoʻlga kiritdi hamda Eredivisie chempionligini qozondi[12]. Keyingi mavsumda yetakchi klublar Robbenni oʻz saflariga qoʻshib olishga intildilar va uzoq davom etgan transfer muzokaralari natijasida u 2004-yilda „Chelsea“ klubiga oʻtgan. Robbenning „Chelsea“dagi debyuti jarohati tufayli kechikkan, biroq sogʻayib qaytgach, u jamoasiga ketma-ket ikki marta Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan va 2004-yil noyabr oyida Premyer-liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[13][14]. Angliyadagi uchinchi mavsumida ham jarohatlar tufayli toʻliq oʻynay olmagan Robben, keyinchalik Chelse tomonida „Real Madrid“ jamoasiga 35 million yevroga transfer qilingan, Madrid jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2009-yil avgust oyida Robben taxminan 25 million yevro evaziga „Bayern Munich“ jamoasi transfer qilingan[15]. Münchendagi birinchi mavsumida „Bayern“ klubi bilan Germaniya chempionligini qoʻlga kiritgan, bu Robbenning sakkiz yil ichidagi beshinchi liga chempionligi edi. Robben 2013-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida gʻalaba golini urgan va mavsumning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. 2014-yilda u FIFPro World XI va UEFA yilning eng yaxshi jamoasiga kiritildi hamda „Oltin toʻp“ mukofotida toʻrtinchi oʻrinni egallagan[16]. Germaniyada u 20 ta sovringa, shu jumladan sakkizta Bundesliga va beshta DFB kubogiga erishgan. „Bayern“ jamoasidagi uzoq yillik faoliyati davomida Robben hamkasbi, qanot hujumchisi Franck Ribéry bilan samarali hamkorligi sababli ham mashhur boʻldi. Ular birgalikda „Robbery“ laqabi bilan atala boshlangan[17][18].

Robben 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida maydonga tushgan, oʻyin yakunida Niderlandiya Ispaniyaga yutqazgan. Shuningdek, u 2004, 2008 va 2012-yillardagi UEFA Yevropa chempionatlarida va 2006 va 2014-yillardagi FIFA Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. 2010-yilgi jahon chempionati turnirida u Bronza toʻpini qoʻlga ega boʻlgan va ramziy yulduzlar jamoasiga kiritilgan.

  1. „Acta del Partido celebrado el 18 de mayo de 2008, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 18 May 2008, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2019-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  2. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Netherlands“. FIFA (2014-yil 14-iyul). 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Player Profile“. Bayern Munich. 2014-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-aprel.
  4. „Ranked! The 101 greatest football players of the last 25 years: full list“. FourFourTwo (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-dekabr.
  5. Mackenzie, Alasdair. „Ranked! The 100 best players of the 21st Century“. FourFourTwo (2023-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  6. Tong, Kobe. „Ranking the 100 greatest footballers of the decade (2010-2019)“. GiveMeSport (2023-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  7. „Best footballers from 2010 to 2020“. 90min (2024-yil 26-mart). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  8. Baum, Robert „Ranking the Top 10 Wingers of the Modern Era“ (en). SoccerGator (2020-yil 20-aprel). Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  9. Riaz, Adnan „Full List Of 110 Nominees For France Football's 'Ballon d'Or Dream Team' Have Been Revealed“. SPORTbible (2020-yil 22-oktyabr). 2020-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  10. Smith, Connor „14 Greatest Wingers of All Time“ (en). Soccerprime (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-may.
  11. Hayward, Ben. „Best wingers in football history“. FourFourTwo (2023-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  12. „UEFA Champions League – Players – Robben“. UEFA. 2008-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-avgust.
  13. „Arjen Robben“. Chelsea F.C.. 2008-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-avgust.
  14. „FA Premier League Seasonal awards 2004/05“. Premier League. 2007-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-avgust.
  15. „Real cash in on Dutch duo“. Sky Sports (2009-yil 28-avgust). Qaraldi: 2009-yil 30-avgust.
  16. „Arjen Robben ist Fußballer des Jahres“ [Arjen Robben is Footballer of the Year] (de). kicker Online (2010-yil 8-avgust). 2010-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-avgust.
  17. „Bayern Munich's Arjen Robben and Franck Ribery: An exclusive double interview with 'Robbery'“. Bundesliga.com. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  18. Thorogood, James. „Opinion: The magic of 'Robbery' will be impossible to recreate“. Deutsche Welle (2019-yil 5-may). Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.