Ahmad Boboqulov
Ahmad Boboqulov tojikcha: Аҳмад Бобоқулов | |
---|---|
Tavalludi |
1931-yil 17-yanvar |
Vafoti |
1990-yil 18-may Dushanbe, Tojikiston SSR |
Janrlar | maqom |
Kasbi |
opera xonandasi, musiqa boʻyicha pedagog |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Ahmad Boboqulov (1931-yil 17-yanvar, Gʻijduvon tumani, Buxoro viloyati, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi — 1990-yil 25-may, Dushanbe, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi) — tojik va sovet xonandasi (lirikdramatik tenor). Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning oʻgʻli.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1931-yil 17-yanvarda Gʻijduvon tumanida (hozirgi Buxoro viloyati Oʻzbekiston) tugʻilgan[1]. Otasi — hofiz, xalq xonandasi va sozanda Boboqul Fayzullayev.
1954-yilda Moskva konservatoriyasi qoʻshiqchilik yoʻnalishini, 1962-yilda V. F. Karin bilan aspiranturani tamomlagan.
1954—1956 va 1966-yildan — Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston opera va balet teatri solisti (Dushanbe).
1956—1966-yillarda Tojikiston filarmoniyasining solisti (Dushanbe).
Konsert xonandasi sifatida murakkab ariyalar, eski romanslar, tantana qoʻshiqlari, tojik kompozitorlarining kamera vokal asarlari va xalq qoʻshiqlarini ijro etgan. Shashmaqom ijrochisi.
SSSR va Afgʻoniston, Indoneziya, Hindiston, Eron, Pokiston, Kanada, Avstraliya, Germaniya kabi davlatlarning koʻplab shaharlarida boʻlgan.
Oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullangan. 1973—1981-yillarda Tojikiston SSR Davlat televideniye va radioeshittirish qo‘mitasining maqom ansambli ijrochilarining badiiy rahbari bo‘lgan[2]. 1966-yildan — Taras Shevchenko nomidagi Dushanbe pedagogika instituti (hozirgi Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti) sanʼat fakulteti vokal kafedrasi mudiri, 1973-yildan — Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat instituti musiqa-pedagogika fakulteti musiqa taʼlimi kafedrasi mudiri (1977-yildan — professor), 1976-yildan — shu institutning vokal va opera fakulteti oʻqituvchisi.
„Tenor uchun turli janrdagi vokal asarlar“ („Xrestomatiya“, Dushanbe, 1976-yil) kitobi muallifi.
1990-yil 18-mayda Dushanbeda yurak xurujidan vafot etdi[3]. Sari Oshiyo qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]3 o‘g‘il va 4 qiz, 22 nevara, 6 chevarasi bor.
Dramatik partiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy partiyalari: Kavaradossi (J. Puchchini, „Toska“), Kanio (R. Leonkavallo, „Payatslar“), Xurshid, Modan (3. Shohidiy, „Dushanbalik qiz“, „Komde va Modan“), Rudakiy (Sh. Sayfiddinov, „Rudakiy“)[4], Vodemon (P. Chaykovskiy, „Iolanta“) va boshqa „Samarqand Ushshogʻi“, „Dugoh“, „Qashqarchai Moʻgʻulchai Dugoh“, „Iroq“ va boshqa ashula yoʻllarining ham mohir ijrochisi. Oʻzbekistonda tojik adabiyoti va sanʼati dekadalari (1957, 1968), Xalqaro musiqashunoslik anjumanlari (Samarqand, 1978, 1983) konsertlarida qatnashgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tojik SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1954), Tojik SSR xalq artisti (1957), SSSR xalq artisti (1971), Rudakiy nomidagi Tojikiston SSR Davlat mukofoti (1966), Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1957), „Shavkatli mehnat uchun“ medali (1954)[5] kabi orden, medal va unvonlar sohibi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dushanbe sanʼat kolleji xonandaning ismi bian nomlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „SentrAsia“. 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Таджикский Академический Театр оперы и балета им. Садридина Айни“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „Как он пел… Памяти выдающегося таджикского певца-шашмакомиста А.Бобокулова | TsentrAziya“. 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ „БАБАКУЛОВ Ахмад (р. 17.1.1931, Душанбе)“. 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
- ↑ „Архивированная копия“. 2022-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |