Moskva konservatoriyasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Moskva konservatoriyasi, P.I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriya s i — Rossiyadagi eng yirik musiqa oʻquv yurti. Rus musiqa jamiyati tomonidan, N. Rubinshteyn (Moskva konservatoriyasi ning birinchi direktori) tashabbusi bilan 1866-yilda ochilgan. Kompozitor va musiqashunoslar, operasimfonik va xor dirijyorlari, xonanda, sozandalar tayyorlovchi va malaka oshirish fakultetlari, aspirantura, bir nechta lab.lar, ilmiymusiqiy kutubxona, turli ijodiy jamoalar bor (2002). Moskva konservatoriyasida taʼlim olganlar orasida S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Rixter, L. Kogan, M. Rostropovich kabi yirik rus musiqa arboblari hamda milliy kompozitorlik maktabi asoschilari — 3. Paliashvili, A. Spendiarov, A. Xachaturyan, oʻz faoliyatini oʻzbek musiqasi bilan bogʻlagan A. Kozlovskiy, B. Nadejdin, G. Mushel, Ya. Pekker, N. Yablonovskiy, R. Glier, S. Vasilenko va boshqa bor. Moskva konservatoriyasi qrshida 1930—50 yillar Moskva oʻzbek opera studiyasi faoliyat koʻrsatgan. Moskva konservatoriyasida oʻzbek kompozitorlaridan M. Burbonov, S. Yudakov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar P. Holiqov, A. Ikromov, dirijyorlar 3. Haqnazarov, N. Olimov, xonandalar I. Jalilov, Q. Muhitdinov, sozandalar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, professor A. Sharipova, xalqaro tanlovlar laure-atlari N. Ahmedova, V. Sultonov, E. Mirqosimova, Oʻzbekiston milliy konservatoriyasi professorlari V. Poʻlatov, A. Hoshimov, B. Qurbonovlar taʼlim olgan Juda koʻp musiqashunos va ijrochilar malaka oshirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |