Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Umar ibn Abdulaziz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulloh ibn Umar ibn Abdulaziz
عبد الله بن عمر بن عبد العزيز
Iroq hokimi
Mansab davri
744 – 745
Oʻtmishdoshi Mansur ibn Jumhur al-Kalbiy
Vorisi An-Nadr ibn Said al-Haroshiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 700-yillar
Umaviylar xalifaligi
Vafoti taxminan 750-yil
Harron, Umaviylar xalifaligi
Oʻlim sababi qamoqda vafot etgan
Munosabatlari Aka-ukalari:-
  • Abdulaziz
  • Osim
  • Abdurahmon
  • Sulaymon
  • Maslama
  • Zayd
  • Ubaydullah
  • Usmon
Onasi Fotima binti Abdulmalik
Otasi Umar II
Qarindoshlari Al-Volid ibn Abdulmalik (togʻasi)
Sulaymon (togʻasi)
Yazid II (togʻasi)
Hishom (togʻasi)
Istiqomat joy(lar)i Damashq

Abdulloh ibn Umar ibn Abdulaziz (arabcha: الوليد بن عبد الملك بن مروان) (750-yilda vafot etgan) – Umaviy shahzoda, xalifa Umar II ning (h. 717–720) oʻgʻli. 744–745-yillarda Yazid III hukmronligi davrida qisqa muddat Iroq hokimi boʻlib xizmat qilgan. Ushbu lavozimni egallab turgan vaqtida Kufada Abdulloh ibn Muoviya tomonidan uyushtirilgan Aliylar qoʻzgʻolonini bostirgan, biroq Ibn Muoviya Eronning Istahr shahriga qochib ketgan[1].

Yazid III ning vafotidan keyin taxtni egallagan Marvon II (h. 744–750) oʻzining tarafdori, qaysiy an-Nadr ibn Said al-Haroshiyni Iroq hokimi etib tayinlagan, ammo Kalbiylarning koʻpchiligi Abdulloh ibn Umarga sodiqligini saqlab qolgan. Ibn Umar al-Hirada qolgan, Nadr va uning tarafdorlari esa Dayr Hindga joylashgan. Bir necha oy davomida ikkala raqib al-Hira hududi atrofida bir-biriga qarshi jang olib borgan[1].

Ibn Umar va an-Nadr oʻrtasidagi toʻqnashuv Jaziradagi Banu Robi’a qabilalari oʻrtasida boshlangan xorijiylar qoʻzgʻoloni bilan bir vaqtda tugagan. Marvon II ning taxtni egallashiga hamda uning tarafdorlari boʻlgan Mudar va Qays qabilalariga qarshi xorijiylar Dahhok ibn Qays ash-Shayboniyni oʻzlariga xalifa etib saylagan va 745-yilning boshida Iroqqa bostirib kirib, ikkala raqib Umaviy hokimlarini magʻlubiyatga uchratgan[1]. Nadr Marvonning oldiga Suriyaga qaytib ketgan, lekin Ibn Umar va uning izdoshlari Vositga chekingan. 745-yilning yoziga kelib, Ibn Umar va uning tarafdorlari taslim boʻlgan va hatto Dahhokni xalifa sifatida tan olgan. Ibn Umar Dahhok tomonidan Vosit, Sharqiy Iroq va Gʻarbiy Eronga hokim etib tayinlangan, Dahhok esa gʻarbiy Iroqni Kufadan turib boshqargan[1]. Keyinchalik, Dahhok Marvonning qoʻshini tomonidan Kafartutada oʻldirilganidan soʻng, Umaviylar nazoratini oʻrnatish maqsadida Yazid ibn Hubayra Iroqqa yuborilgan. Ibn Hubayra Kufada xorijiylarni magʻlubiyatga uchratib, Vositga yurish qilgan va u yerda Ibn Umarni asir olgan[1].

Abdulloh ibn Umar Harron qamoqxonalaridan birida qarindoshi Abbos ibn al-Volid hamda abbosiy Ibrohim ibn Muhammad bilan birga vabodan vafot etgan[2].