Kontent qismiga oʻtish

Abdulla Oripov (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulla Oripov

Film posteri
Rejissyor(lar) Muzaffarxon Erkinov
Jahongir Karimov
Prodyuser(lar) Firdavs Abduxoliqov
Furqat Usmonov
Ssenariynavis(lar) Abduqayum Yoʻldoshev
Muqaddas Usmonova
Minhojiddin Mirzo
Furqat Usmonov
Rollarda Jasurbek Abdumannopov
Shodmonqul Salomov
Qudratilla Burxonov
Rayxon Asadova
Gulchehra Jamilova
Muhammadali Abduqunduzov
Samidxon Lutfullayev
Lola Eltoyeva
Farhod Abdullayev
Abror Yoʻldoshev
Bastakor(lar) Abdulqosim Muinzoda
Kinematografiya Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi
Studiya(lar) „Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi“ DUK
„Ramz-Film“ kinostudiyasi[1]
Chiqarilgan sanasi 2023-yil
Davomiyligi 120 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha

Abdulla Oripov – 2023-yilda Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratgan olingan, Oʻzbekiston Qahramoni unvoni sohibi, XX asr oʻzbek adabiyoti va sheʼriyatining taniqli vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi matni muallifi, shoir Abdulla Oripov hayotini hikoya qiluvchi oʻzbek biografik filmi[2].

Suratga olish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yildagi topshirigʻi asosida[3] Kinematografiya agentligi tomonidan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda suratgan olingan[2][4].

Film Abduqayum Yoʻldoshev va Muqaddas Usmonova (Minhojiddin Mirzo va Furqat Usmonov ishtirokida) ssenariysi asosida tasvirga olingan boʻlib, bu jarayonda shoirning turmush oʻrtogʻi Xanifa Mustafoyeva koʻmaklashgan[5]. Suratga olish ishlari Qashqadaryoning Nekoʻz qishlogʻidagi Abdulla Oripovning xonadonida, Jizzaxda, Toshkentda maxsus qurilgan dekoratsiyalarda, AQShning Hyuston, Nyu-York va Los-anjeles shaharlarida Abdulla Oripovning qizlari istiqomat qilayotgan xonadonlarda boʻlib oʻtgan[5]. Bosh rollarni Shodmonqul Salomov, Qudratilla Burxonov, Gulchehra Jamilova, Rayxon Asadova, Muhammadali Abduqunduzov, Samiddin Lutfullayev, Lola Eltoyeva va Farhod Abdullayev kabi aktyorlar ijro qilgan[6][7]. Film namoyishi 2023-yil 30-avgustda boʻlib oʻtgan[8].

Filmda Abdulla Oripovning bolaligi, talabalik davri, ilk ijodiy yutuqlari, shoir sifatida shakllanish jarayoni va u orqali kechirgan hissiyotlari tasvirlanadi. Bundan tashqari filmda shoirning sevgisi, mashhurlikka erishish yoʻli, mashaqqat-u qiyinchiliklarga qaramay ijoddan chekinmagani va AQShda kechgan hayotining soʻnggi yillari ham oʻz aksini topadi[5].

Bosh rollarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Saidkamol Umarov
  • Hojiakbar Komilov
  • Karim Mirxodiyev
  • Nargiza Boymurova
  • Olimjon Salimov
  • Tesha Moʻminov
  • Omurzak Toktomuratov
  • Aleksandr Bekjonov
  • Alisher Sharafiddinov
  • Rustam Ahmedov
  • Ilhom Berdiyev
  • Sobir Otajonov
  • Isoqtoy Jumanov
  • Gʻaybulla Jumanov
  • Feruz Maqsudov
  • Rustam Karimov
  • Hamza Hasanov
  • Mehriddin Rahmatov
  • Otabek Haqberdiyev
  • Bekzod Mirzayev
  • Adham Yusufaliyev
  • Sayyora Toʻychiyeva
  • Shoira Oripova
  • Yulduz Oripova
  • Zarifa Oripova
  • Ruxsora Oripova
  • Nazokat Amankulova
  • Ibrohim Orziyev
  • Shohruh Qosimov
  • Ahmed Seytas
  • Afsona Ahmed qizi
  • Mironshoh Begaliyev
  • Shohrux Muxtorov
  • Muhsina Arikulova
  • Eʼzoza Azizova
  • Sevara Shodiyeva
  • Shirina Komilova
  • Nigina Azizova
  • Dildora Yoʻldosheva
  • Maknuna Husanboyeva
  • Farhod Murodov
  • Oybek Begaliyeva
  • Bexruz Xudoyqulov
  • Shavkat Xubbiyev
  • Aʼzamjon Nadirbayev
  • Temur Temirov
  • Diyora Turgʻunaliyeva
  • Anvar Hamraqulov
  • Muhammadamin Abdullayev
  • Karolina Belix
  • Mehribon Savriyeva
  • Sevinchbegim Musayeva
  • Muslima Odilova
  • Anvar Joʻrayev
  • Qahramon Sharipov
  • Masaid Yoʻlbarsov
  • Xayrulla Haqberdiyeva
  • Karomat Dilmonov
  • Safura Xudoynazarova
  • Setora Toshboyeva
  • Mehriborin Yusupova
  • Nilufar Xayrullayeva
  • Natalya Lavrova
  • Nasiba Tursunova
  • Oʻgʻiljon Usmonova
  • Elbek Oripov
  • Dilmurodjon Hakimov
  • Anvar Rahimov
  • Alloqul Rahmonov
  • Saida Valixoʻjayeva
  • Suhrob Oripov
  • Hilola Rahimova
  • Jasmina Ergasheva
  • Sabina Muzaffarova
  • Ajar Normenova
  • Mardonabonu Pardaboyeva
  • Bahodir Usmonov
  • Alpomish Sagdullayev
  • Sevara Sadiyeva
  • Visola Jabborova
  • Feruza Abdurahimova
  • Davronbek Pardaboyev
  • Shahrizoda Normatova
  • Akmal Oripov
  • Lobar Aytiyeva
  • Diyora Abdurasulova
  • Sevinch Qayumova
  • Oxunjon Sheraliyeva
  • Adham Oripov
  • Sultonbek Sheraliyeva
  • Abbos Matmusayev
  • Sharof Murodov
  • Shavkat Oripov
  • Dildora Safarova
  • Aleksey Narzullayev
  • Hayriniso Usmonova
  • Lyubov Votinseva
  • Pereligin Yakov
  • Kristina Abdurasulova
  • Daniya Kashapova
  • Sheroz Hakimov
  • Iroda Turgʻunova
  • Nigora Mamasoliyeva
  • Surayyo Husanova
  • Dilafruz Mamanova
  • Alisher Mirzaliyev
  • Sayyora Oripova
  • Zafar Oripov
  • Ruxshona Sulaymonova
  • Masait Yoʻlbarsov
  • Yodgorjon Mamatov
  • Abdunasir Yoʻlbarsov
  • Sevinch Oripova
  • Gulbahor Yoʻlbarsova
  • Hilola Yoʻlbarsova
  • Shahzod Oripov
  • Xumora Rahmonqulova
  • Marjona Eraliyeva
  • Nargiza Rahmatullayeva
  • Yosin Mamatov
  • Nargiza Akbarova
  • Mohinur Bayjumanova
  • Yoʻlchi Oripov

Film musiqasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmdagi musiqalarni Abdulqosim Muinzoda bastalagan[7][10].

Tanqidchilar tomonidan filmning syujeti, voqealar rivoji yetarlicha aniq va chuqur tasvirlanmagani, Abdulla Oripovning murakkab hayoti va ijodi yuzaki yoritilgani, uning shaxsiy hissiyotlari va qarashlariga chuqur kirib borilmaganligi taʼkidlangan[9]. Film texnik jihatdan yaxshi ishlangan boʻlsa-da, syujet va xarakterlarning rivoji chuqurroq boʻlishi kerakligi qayd etilgan[11].

  1. „Abdulla Oripov“. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi. „Абдулла Орипов“. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  3. Kun.uz. „Prezident Abdulla Oripov haqida film ishlash topshirig‘ini berdi“ (2022-yil 22-aprel). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  4. Mirolim Isajonov. „"Abdulla Oripov" badiiy filmi premyerasidan reportaj.“ Afisha.uz (2023-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Daryo.uz. „Abdulla Oripovning hayot va ijodiga bag‘ishlangan film premyerasidan reportaj (foto, video)“ (2023-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  6. Sputnik. „Съемки ленты о жизни поэта Абдуллы Арипова проходили в Кашкадарье, Джизаке, Ташкенте, Хьюстоне и Лос-Анджелесе.“ (2023-yil 28-fevral). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 kino-teatr.ru. „АБДУЛЛА АРИПОВ (2023)“. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  8. Xabar.uz. „«Абдулла Орипов» фильмининг катта премьераси бўлиб ўтди“ (2023-yil 30-avgust). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Iqbol Qo‘shshayeva. „“Men yopiq qo‘rg‘onda yashadim qo‘rqib…”. “Abdulla Oripov” filmi haqida“. Gazeta.uz (2024-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  10. Kinopoisk. „Абдулла Орипов (2023)“. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.
  11. Shohida Eshonboboyeva. „“Abdulla Oripov” filmini ko‘rib...“. Oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 3-oktyabr.