Olimjon Salimov
Olimjon Salimov | |
---|---|
Tavalludi |
30-avgust 1947-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktyor, rejissyor |
Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1969), rejissyorlik (1993) fakultetlarini tugatgan. 1969—84 yillar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rejissyor 1984—93 yillar Fargʻona teatrida bosh rejissyor, 1993-yildan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rejissyor sifatida "Bir xonada qoʻsh qangoma" (A. Vampilov), "Sohil yoqalab chopayotgan olapar" (Ch. Aytmatov), "Jafoga vafo" (Alp Jamol), "Temir xotin" (Sh. Boshbekov, "GranPri" mukofoti, 1988, 1989), "Toshkentga sayohat" (Hamza), "Ot yigʻlagan yumonda" (T. Murod), "Ufq" (S.Axmad), "Boz masharaboz" (O.Salimov), "Sohibqiron" (A. Oripov), "Turna patlari" (Dzuindzi Kinosito), "Ikki chuʼjiza" (K. Gotssi), "Dala sayli" ("Piknik", F. Arabbal), "Uchar tabib" (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos :foda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomini Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990).[1]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2023 | Abdulla Oripov | ||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |