Gulchehra Jamilova
Gulchehra Jamilova | |
---|---|
Tavalludi |
2-iyul 1946-yil |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Gulchehra Mannonovna Jamilova (1946.2.7, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston xoreografiya bilim yurtini (1964), Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini (1968) tugatgan. Ijodiy faoliyatini „Bahor“ davlat xalq raqs ansamblida raqqosalikdan boshlagan. 1966-yildan hozirgi Oʻzbekiston milliy akademik drama teatrining aktrisasi (1987—91 yillar Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida ishlagan). J. ijodining boshlanish davridayoq Silviya („Veronalik ikki yigit“), Aqiqa („Qonli sarob“), kinoda Kumush („Oʻtgan kunlar“) rollarini ijro etib, begʻubor yoshlikka xos maftunkor chiroy, pokiza orzu va intilish hissiyotlariyu, mushkul qismatning fojiali tugʻyonlarini tabiiy va taʼsirchan vositalar bilan tasvirladi.
Teatrdagi eng yaxshi rollari: Feruza („Mirzo Ulugʻbek“), Gulsanam („Abu Rayhon Beruniy“), Ozoda („Imon“), Shakuntala („Yoʻqolgan uzuk“), Gulchehra („Koʻrmayin bosdim tikonni“), Kamola („Gang daryosining qizi“), Jamila („Boy ila xizmatchi“), Zebunniso („Zebunniso“), Dezdemona („Otello“), Oysara („Alla“), Nodirabegim („Figʻon“), Bibixonim („Sohibqiron“) va b. Aktrisa kinoda ham bir qancha rollar ijro etgan: Gulchehra („Qalbingda quyosh“), Giri („Nur va soyalar“), Manzura („Shiddat“), Gulnora („Ehtiros qurbonlari“), Malkane („Sevgi afsonasi“), Oftoboyim („Oʻtgan kunlar“) kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, videofilmlar (Aziza, „Imon“; Xadicha, „Soʻnggi oʻq“; Manzura, „Shaytanat“), telefilmlar (Zulayho, „Toʻlqinlar“; Farida, „Kunda izgʻirin“ va boshqalar)da ham qismati, tabiati, yoshi bir-biriga oʻxshamagan badiiy obrazlar olamini yaratdi.[1][2]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
---|---|---|---|
2023 | Abdulla Oripov | Xanifa Mustafoyeva, Abdulla Oripovning rafiqasining keksalik davri | Bosh rol[3] |
2006 | Haqiqiy erkaklar ovi | Shohidaning onasi | |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- ↑ Daryo.uz. „Abdulla Oripovning hayot va ijodiga bag‘ishlangan film premyerasidan reportaj (foto, video)“ (2023-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 4-oktyabr.