Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi
Ishga tushgan sanasi | 7-aprel, 2021-yil |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent shahri, Chilonzor ko'chasi 1-a uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi — kinematografiya sohasida faoliyat yuritadigan agentlik. U shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kinokompaniyalar tomonidan film va videofilmlarni suratga olishga ruxsat beruvchi yagona davlat tashkiloti hisoblanadi[1]. Agentlik kino sanʼati va kino-video sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 9-martdagi PF-360-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-maydagi 214-sonli qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi tashkil etildi va ushbu tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidan chiqarildi[2]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 29-apreldagi farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-iyuldagi 247-sonli qaroriga muvofiq Davlat kinokompaniyasi va Kinematograflar uyushmasi „Oʻzbekkino“ davlat hissadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 16-martdagi PF-3407-sonli Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 126-sonli qaroriga binoan „Oʻzbekkino“ davlat hissadorlik kompaniyasi „Oʻzbekkino“ Milliy agentligiga aylantirildi[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi farmoni bilan „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi[4]. Kino sanʼati va kino-video sohasidagi davlat siyosatini amalga oshira oladigan bu agentlikga[1] Kinematografiya agentligi Bosh direktori birinchi o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shuxratulla Rizayev direktor v.b. etib taʼyinlandi.
Agentlik har yili davlat budjetidan moliyalashtiriladigan 15 ta toʻliq metrajli badiiy film, 40 qismdan iborat 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop film, 10 ta multiplikasion kinofilm, 60 soatli maʼnaviy-maʼrifiy, oʻquv-uslubiy videofilmlarni ishlab chiqarish vazifasini olgan[1]. Prezidentning Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq Kinematografiya akademiyasi oliy taʼlim muassasasi tashkil etildi[5].
Xronologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nomi | Muddati | Rahbar |
---|---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi („Uzgoskinokompaniya“) | 1992—1996-yillar | Hayrulla Joʻrayev (1992—1994), Ahrorov (1994—1996) |
„Oʻzbekkino“ davlat hissadorlik kompaniyasi | 1996—2004-yillar | Temurmalik Yunusov (1996—2002), Murodmuhammad Doʻst (2002—2004) |
„Oʻzbekkino“ Milliy agentligi | 2004—2021-yillar | Murod Muhammad Doʻst (2004—2006), Aʼzam Is’hoqov (2006—2013), Jahongir Qosimov[6], Ahmadjon Umarov bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi[7] Otabek Musayev (2016—2017)[8]
Furqat Zokirov (2017—2019) Firdavs Abduxoliqov (2019—2024) |
Kinematografiya agentligi | 2024-yildan hozirgacha | Rizayev Shuxrattulla (2024- hozirgacha |
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash] Shuhratilla Rizayev— Direktor v.b.
Alisher Xadjayev — Direktor oʻrinbosari[9].
Vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- kinematografiya sohasida ishlaydigan korxonalar, kinostudiyalar va ijodiy jamoalarni mulkchilik shaklidan qatʼi nazar qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, ularning manfaatlarini himoya qiladi, tadbirkorlik va raqobat muhitini shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi;
- milliy kinochilikning eng yaxshi anʼanalarini izchil davom ettirish va boyitish maqsadida isteʼdodli yosh kino ijodkorlarni tarbiyalaydi va oʻz ijodiy salohiyatlarini namoyon etishlari uchun ularga koʻmaklashadi;
- Oʻzbekiston Respublikasi „Davlat film jamgʻarmasi“ faoliyatini zamon talablariga muvofiq ravishda tashkil etadi;
- tanlov asosida kinofilmlar ishlab chiqarish va ijaraga berish tizimini takomillashtiradi va texnik jihatdan qayta jihozlaydi. Aholiga kino va video xizmatlari koʻrsatish darajasini oshiradi;
- respublika hududiga mualliflik huquqi bilan himoyalangan kino va video mahsulotlarini noqonuniy tarzda olib kirish, undan foydalanish, ijaraga berish va tarqatishga qarshi tegishli choralarni koʻradi;
- respublika hududida filmlar va videofilmlarni namoyish etish hamda texnik jihatdan foydalanish qoidalarini, shuningdek, import yoki eksport qilinayotgan kino va video mahsulotlarni ekspertiza-baholash tartibini oʻrnatadi;
- kinematografiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy kino mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish, xorijiy kino ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va kinematograflar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytiradi, milliy kinematografiya mahsulotlarini xalqaro kinofestivallarda taqdim etadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-2021 yillarda jami 300 ta kino mahsuloti (63 ta badiiy, 126 ta hujjatli film, 10 ta serial, 24 ta multfilm, yosh kino ijodkorlari ishtirokidagi 60 ta qisqa metrajli film, 3 ta bolalar yumoristik kinojurnali, 14 ta videorolik) yaratilgan.Muhammad Imom Iso Termiziy, Hakim at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Abu Muʼin Nasafiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy toʻgʻrisida hamda yaqin oʻtmishimizdan hikoya qiluvchi “Islomxoʻja”, «Qoʻqon shamoli», “Avloniy” nomli badiiy va hujjatli filmlar suratga olingan. Xorijiy davlatlarda „Oʻzbek kinosi kunlari“ tashkil qilinib, unda «Rangsiz tushlar», “Ilhaq”, “Ibrat”, Tutqunlik kabi filmlar namoyish etilgan. Hududlarda kino ijodkorlari ishtirokida filmlar namoyishini nazarda tutuvchi „Kinokarvon“ aksiyalari oʻtkazilgan[10][11]. Shu bilan birgalikda 2018-yil 26-dekabrda „Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi“ NNT, „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi hamkorlikda „Oltin humo“ kinotaqdimoti sifatida tashkil eʼtilgan va har yili „Oʻzbek kinematografiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ "OLTIN HUMO" maxsus mukofoti bilan taqdirlanadi[12]. „Buyuk ipak yoʻli durdonasi“ kinofestivali 2021-yilda Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklandi va har yili oʻtkazilishi belgilandi shu bilan birgalikda bu kinofestival tashkilotchisi Oʻzbekiston kinematografiya agentligi boʻldi[13]. 2022-yilda oʻtkazilgan „Ipak yoʻli durdonasi“ XIV Toshkent xalqaro kinofestivali tanlov dasturida 1500 nafardan ortiq yosh kinoijodkorlar, dunyoning 19 yetakchi kino maktabi vakillari ishtirok etdi[14]. Kinofestival arafasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi shahar va viloyatlarda bir qator yangi kinoteatrlar barpo etildi. Jumladan, poytaximizda 1500 yosh kinoijodkorlarni oʻz ichiga oladigan kinoklaster, 400 oʻrinli yozgi kinoteatr, „Kinochilar bogʻi“ barpo etildi. Hukumatning 2022-yil 31-avgustdagi 480-son qarori bilan „Kinematografiya fidokori“ koʻkrak nishoni taʼsis etilgan[15].
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film nomi | Rejissor | Gʻoyasi |
---|---|---|
“Ayol qalbi” | Jamilaxon Poʻlatova | Oʻzbek shifokor ayolining kunlik zahmatlari, el salomatligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatishi haqida. |
“Vatan ostonasi” | Hilol Nasimov | Film yurtimiz chegara sarhadlarida fidokorona xizmat qilayotgan chegarachilar faoliyati haqida |
"101-reys" | Akrom Shahnazarov | |
“Kim deyay seni?” („Yoʻqlikka yoʻl“) | Qamara kamolova | Sanʼatkor ayolning ichki olami, ruhiy iztiroblari va xotiralari haqidagi mualliflik filmi. |
Muhabbat bahori | Ibrohim Rasulov | Oʻzbek adabiyotining yetuk vakillari Hamid Olimjon va Zulfiyaning hayot yoʻli va ijodiga bagʻishlanadi. |
“Puling bo‘lsa...” komediya | I.Muhammedibragimov | Jamiyatdagi maʼnaviy muammolar, insonlar oʻrtasidagi ahloqiy munosabatlar, oila masalalari aks ettiriladi |
“TALVASA” nomli toʻliq metrajli badiiy film | Murod Inogʻomov | „Talvasa“ — drama janrida boʻlib, unda Muzaffar ismli qahramonning hayotidagi ziddiyatlarga toʻla vaziyatlar hikoya qilinadi. Film voqealarida bugungi kunning ogʻriqli mavzularidan biri korrupsiya va unga qarshi kurashish aks ettirilgan. |
"SAMARQANDDA QOVUN TAROVATI" nomli toʻliq metrajli badiiy film | Ali Hamroyev[16] | Mazkur film Samarqandda yashovchi Asqar ota haqida boʻlib, u oʻzgalarga yordam beruvchi mehribon inson. Mahallada ham katta obroʻ qozongan. Kimda qandaydir muammo boʻlsa, Asqar otaga murojaat qiladi. |
“Ayol qismati” Drama | Dilmurod Masaidov | Suriyadagi adashgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish yuzasidan DXX xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan operatsiya haqida |
"Evrilish" | Yolqin Toʻychiyev | „Evrilish“ filmi Afgʻoniston urushi haqida boʻlib. Unda Gʻarb qarashlari boʻyicha yoritilgan xalqaro voqeliklar boshqa rakursda koʻrsatib berilgan. Asar qahramoni Rustam — Afgʻoniston urushiga chaqirilgan oʻzbekistonlik sovet askari. Rejissyor tarixiy voqea va shaxs taqdiri oʻrtasidagi munosabatga alohida eʼtibor beradi. Shuningdek, filmda Sovet Ittifoqining parchalanish tarixi, ulkan boylik orttirgan Rustam va uning tanishlari hayotidagi oʻzgarishlar hikoya qilinadi.[17] |
"Afv" melodrama | Zilola Joʻrayeva | Film Hukumat qarori bilan avf etilgan insonlarning turli taqdirlari haqida hikoya qiladi. |
"Qaytish" Toʻliq metrajli film | Shokir Xoliqov | Kartina zamonlar chigʻirigʻida rivojlanib borayotgan hayot haqida boʻlib, maishiy hayotdan ijtimoiylashuvga qadar borayotgan chol va kampir hayotidagi oʻzgarishlar haqida hikoya qiladi |
“UYGA QAYTISH” Toʻliq metrajli badiiy film | D.Qosimova | Adabiy ssenariy sarguzasht, detektiv janrida yozilgan boʻlib, unda uchta qizning sarguzashtlari hikoya qilinadi. Uch qiz uch taqdir. Uch xil sabab bilan yoʻlga, yaʼni Toshkentga qarab yoʻlga chiqishgan. Ammo oʻsha kungi noqulay ob-havo tufayli aeroportda oʻsha kungi uchish qoldirilgan. Shundan keyin uch qiz taksida yoʻlga tushishadi. Bir manzilga yetganlarida mashina baloni boʻshab qoladi. Balonni tuzatish uchun ancha vaqt yoʻqotishadi. Bu orada kech ham tushadi va ular mehmonxonada joylashib tong otganda yoʻlga tushish qaroriga kelishadi. Bejirim mehmonxonadan joy olishadi va yuklari bilan kelib xonaga joylashishadi. Malika esa mashinani avtoturargohga qoʻyib, katta jamadonni yetaklaganicha jaxl bilan kirib keladi. Qizlarga oʻz buyumlariga etiborli boʻlishini aytadi. Qizlar esa, bu jamadon ularga tegishli emasligini bildirishadi… |
“HAUS” Toʻliq metrajli badiiy film | J.Narziqulov | Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil yot gʻoyalardan ogoh boʻlishni va ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanish kerakligini voqealar orqali tasvirlash maqsad qilingan. |
"Bardosh" | Dilbar Yusupova | Filmda koronavirus tufayli koʻp sinovli kunlarni boshidan kechirgan yurtdoshlarimiz taqdirlari oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, filmda mahalla mavzusi ham aks ettiriladi. |
"Baron-2" | Rustam Saʼdiyev | Oʻzbek maxsus xizmat vakillarining Yaqin Sharqda xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda koʻrsatgan qahramonligi haqida hikoya qilinadi. |
“Parining sovg‘asi” | Farhod Mahmudov | Oʻzbek xalq ertaklari asosida Oʻzbekiston va Rossiya kino ustalari tomonidan suratga olingan ertak-film. |
“Quyosh taʼmi” | Eldor Salavatov | Bir oilada sodir boʻlgan hayotiy voqealar va oʻsmir bolakayning Oʻzbekistondagi qiziqarli sarguzashtlari haqida. |
"Abdulla Oripov" | M.Erkinov | |
“Tuman shifoxonasi” badiiy film | Abduvohid Gʻaniyev | Ssenariyda tuman shifoxonasida faoliyat yuritayotgan shifokorlarning turli xil vaziyatdagi munosabatlari, ziddiyatlari aks ettirilgan. Shuningdek, ssenariyda tibbiyot sohasidagi ustoz-shogird anʼanalari, murakkab operatsiya jarayonlari ishonarli tarzda tasvirlanadi. |
"Sen uchun" | A.Ilxomjonov, M.Ilxomjonova | Filmda Oʻzbekiston mehmonxonasida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz va boshqa muammolar bosh qahramonlar Kamol, Hilola obrazlari orqali ochib beriladi. |
"Sudya" | Dilmurod Masaidov | Film sudya ayolning faoliyati va turli huquqiy hodisalar haqida hikoya qiladi. Film Oʻzbekiston Oliy sudi bilan hamkorlikda yaratildi. |
"Alvido, bolalik!" | Dostonbek Turdiyev | yoshlik davrida uchrashi mumkin boʻlgan muammolar yoritilgan |
Xalqaro festivallarda oʻrin olgan filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film nomi | Rejissor | Festival | Yil |
---|---|---|---|
Evrilish | Yolqin Toʻychiyev | XXVII Busan xalqaro kinofestivalining (27th BUSAN International Film Festival) „KIM Jiseok Award“ nominasiyasida gʻolib[18] | 2022-yil |
Matonat | Shuhrat Mahmudov | Belarus davlatining Minsk shahrida MDH mamlakatlarining „EVRAZIYA.DOC“ VII hujjatli filmlar festivali[19] Artemis distribyutorlari assosiasiyasi tomonidan Sloveniya davlatida boʻlib oʻtgan kinofestival[20] „Listopad“ kinofestivalida „Eng yaxshi rejissor uchun“ mukofoti | 2022-yil |
„Kasseta“ (qisqa metrajli film) | Timur Murodov | Moskvadagi BDKIda 42 xalqaro talabalar festivali[21] „Inson qadriyatlarini asrab-avaylagani uchun“ professional hakamlar hayʼatining Maxsus diplomi sohibi boʻldi. | 2022-yil |
„Baxs“ | Gulnora Ivanova | Yaponiyada boʻlib oʻtgan ISCA xalqaro festivalining Gran-pri mukofoti[22] | 2022-yil |
„Chana“ | Rustam Qodirov | „Bustan“ kinofestivali | 2022-yil |
„Xali urush tugamadi“ | Dilshoda Qosimova | „Debyut start-2021“ festivalida „Eng yaxshi operatorlik ishi“, „Eng yaxshi rassom“, „Yangi Oʻzbekistonning gʻoyasi“ nominatsiyalarida hamda I va III darajali „Gran pri“ maxsus mukofotlari[23] | Misol |
„Montaj“ | Dilshodbek Usmonov | „Mumbai Entertainment International Film festival India“ festivalida „Eng yaxshi erkak rejissyor“ yoʻnalishida gʻolib[24] Braziliyada oʻtkazilgan „Campinas film festival 2022“ ning „Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film“ mukofoti[25] | 2022-yil |
„Obyevktika“ | Saidalo Masudxonov | „Ipak yoʻli durdonasi“ Toshkent xalqaro kinofestivalining Hayʼatning maxsus sovrini, „Eng yaxshi ayol roli uchun“ | 2022-yil |
Meros | Hilol Nasimov | Pokistonda oʻtkazilayotgan „Ghandra Independet“ festivalida „Eng yaxshi xorijiy film“ va „ Eng yaxshi rejissorlik ishi“,Avbstraliyada boʻlib oʻtgan „Muslim Film Festival“da „Eng yaxshi drammatik film“, Hindistonda oʻtkazilgan „Oltin Tulpor“ xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi horijiy film“, Rossiya „Zolotoy vityaz“ festivalida | 2022-yil |
"Ayol qismati" | Dilmurod Masaidov | Turkiyaning Bursa shahrida oʻtkazilga „Qoʻrqut ota“ festivalida „ Eng yaxshi badiy film“ | 2022-yil |
"Inson" | Furqat Usmonov | Turkiyaning Bursa shahrida oʻtkazilga „Qoʻrqut ota“ festivalida „Eng yaxshi hujjatli film“ | 2022-yil |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Агентлик тўғрисида ахборот“. Uzbekkino.uz. 22-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Agentlik haqida ma'lumot“. uzbekkino.uz. uzbekkino.uz. 2022-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar.
- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI “O‘ZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. lex.uz. Qaraldi: 27-yanvar.
- ↑ „Президент фармони билан «Ўзбеккино» миллий агентлиги Кинематография агентлиги этиб қайта номланди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ „Ўзбекистонда Кинематография академияси олий таълим муассасаси ташкил этилди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.
- ↑ „"O`zbekkino" rahbari o`zgardi“. darakchi.uz. darakchi.uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „"O`zbekkino" rahbari o`zgardi“. darakchi.uz. darakchi.uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „Furqat Zokirov Otabek Musayev o‘rniga “O‘zbekkino” rahbari etib tayinlandi“. https://daryo.uz/. daryo.uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „MA "ЎЗБЕККИНО" Раҳбарияти“. Uzbekkino.uz. 22-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Кинематография агентлиги бош директори томонидан соҳадаги ютуқ ва камчиликлар айтиб ўтилди“. https://xs.uz/uzkr. Xalq so'zi. 2023-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „Сенаторлар Кинематография агентлиги фаолиятини танқид қилди“. https://www.gazeta.uz/uz/. gazeta.uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „O‘zbekistonda yangi kinomukofot joriy qilindi“. xabar.uz. xabar.uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „“Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivali“. yoshlarportali.uz. yoshlarportali.uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimi qanday oʻtdi – foto, video“. https://oz.sputniknews-uz.com/. sputniknews-uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ „“Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni taʼsis etildi“. https://oz.sputniknews-uz.com/. sputniknews-uz. Qaraldi: 31-yanvar.
- ↑ Jonto‘rayeva, Nasiba „Ali Hamroyev: «Agar kino olsam, faqat Samarqandda olaman»“. zarnews.uz. zarnews.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
- ↑ „"Evrilish" o'zbek filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘ldi“. uzreport.news. uzreport.news. Qaraldi: 31-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „"Evrilish" o'zbek filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘ldi“. uzreport.news. uzreport.news. Qaraldi: 30-yanvar.
- ↑ „“Matonat” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda eʼtirof etildi“. Xalqso'zi online. Xalqso'zi online. 2023-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar.
- ↑ „“Matonat” filmi xalqaro kinofestivalda mukofotlandi“. Darakchi.uz. Darakchi.uz. 2023-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „BDKI Toshkent filiali talabalari BDKI 42 xalqaro talabalar festivalida ikkita sovrinni qoʻlga kiritishdi“. Xalq so'zi online. Xalq so'zi online. 2023-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar.
- ↑ „"Bahs" qisqa metrajli filmi Yaponiya xalqaro kinofestivalining Gran-pri mukofotiga sazovor bo`ldi“. darakchi.uz. darakchi.uz. Qaraldi: 27-yanvar.
- ↑ „«Hali urush tugamadi» — muvaffaqiyatli kinokartina“. xabar.uz. xabar.uz. Qaraldi: 30-yanvar.
- ↑ „“Montaj” filmi rejissyori Hindistonda mukofot bilan taqdirlandi“. sputnik o'zbekiston. sputnik o'zbekiston. Qaraldi: 30-yanvar.
- ↑ „“Montaj” filmi yana bir mukofot bilan taqdirlandi“. Xalq so'zi online. Xalq so'zi online. 2023-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2022-11-22 sanasida arxivlangan)
- You Tube
- Telegram kanali