Kontent qismiga oʻtish

AFC Chaqiruv Ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
AFC Chaqiruv Ligasi
Tashkiliy organ AFC
Asos solindi 2005 (19 yil avval) (2005) (AFC prezidenti kubogi sifatida)
Hudud Osiyo
Jamoalar soni 18 (guruh bosqichi)
uchun saralash AFC ikkinchi chempionlar ligasi
Tegishli musobaqalar AFC Osiyo Elita Chempionlar Ligasi (1-darajali)
AFC ikkinchi chempionlar ligasi (2-darajali)
Hozirgi chempionlar Turkmaniston FC HTTU
(1 ta chempionlik)
Eng muvaffaqiyatli klub(lar) Tojikiston Regar TadAZ
(3 ta chempionlik)
2024–25 AFC Challenge League

AFC Chaqiruv Ligasi (ilgari AFC Prezidenti kubogi nomi bilan atalgan) har yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan qitʼa klublari futbol musobaqasidir. Musobaqa AFC klublari musobaqalari reytingi asosida yuqori toifadagi AFC Chempionlar ligasi elitasi yoki ikkinchi darajali OChL 2 uchun toʻgʻridan-toʻgʻri saralash yoʻllanmalarini olmagan davlatlar klublari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Chempionlar
Mavsum Gʻolib
AFC prezidenti kubogi
2005 Tojikiston Regar TadAZ
2006 Qirgʻiziston Dordoy-Dinamo
2007 Qirgʻiziston Dordoy-Dinamo
2008 Tojikiston Regar TadAZ
2009 Tojikiston Regar TadAZ
2010 Myanma Yadanarbon
2011 Xitoy Taypeyi Taipower
2012 Tojikiston Istiqlol Dushanbe
2013 Turkmaniston Nebitçi FT
2014 Turkmaniston HTTU Asgabat
AFC Chaqiruv Ligasi
2024–25

AFC Prezidenti kubogi 2005-yilda uchinchi darajali musobaqa sifatida tashkil etilgan boʻlib, quyi reytingdagi AFCga aʼzo davlatlar klublari qitʼa musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin edi[1].

2013-yil 25-noyabr kuni AFC musobaqalar qoʻmitasi 2014-yilni musobaqaning soʻnggi mavsumi boʻlishini taklif qildi[2]. 2015-yildan boshlab rivojlanayotgan mamlakatlar ligasi chempionlari AFC kubogi saralash pley-off bosqichidan qatnashish huquqiga ega edi[3].

2014-yilgi turning oxirgi mavsumida Ashxobodning HTTU jamoasi Shimoliy Koreyaning Rimyongsu jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi va turnirda gʻolib boʻlgan Turkmanistonning ikkinchi jamoasi boʻlgan.

2022-yil 23-dekabrda AFC musobaqalar oʻtkazish tuzilmasi 2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab belgilangan oʻzgarishlarni eʼlon qilgan. Yangi oʻzgarishlarda AFC Chaqiruv Ligasi deb nomlangan yangi uchinchi bosqich turniri joriy qilinadi va AFC Prezidenti kubogi kabi boʻlishi maʼlum qilingan[4][5][6].

2024-yil 24-may kuni AFC avvalgi klub musobaqalarining rekordlari va statistikasi tan olinishi va yangilangan klub musobaqalari doirasida birlashtirilishini, AFC Prezidenti kubogi maʼlumotlari AFC Chaqiruv ligasiga oʻtkazilishini eʼlon qilingan[7].

Musobaqa formati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
AFC Prezidentlar kubogi kubogi

Musobaqa uchun saralash dastlab AFCga qarashli mamlakatlarning Vision Asia hujjatida koʻrsatilganidek, AFCning rivojlanayotgan davlatlar toifasiga kiruvchi klublari uchun edi.

Musobaqaning har bir mavsumida 8 tadan 12 tagacha jamoalar ishtirok etgan. 2005-yildan 2007-yilgacha 8 ta klub 4 tadan, ikkita guruhga boʻlingan. Gʻolib va ​​ikkinchi oʻrin egalari yarim final bosqichiga yoʻl olishgan. Barcha oʻyinlar bitta mezbon davlatda oʻtkazilgan.

2008-yildan 2010-yilgacha boʻlgan davrda turnir ishtirokchilari 11 ta klubga koʻpaytirilgan. Saralash bosqichi tashkil etilgan va 11 ta klub 3 yoki 4 klubdan iborat 3 guruhga boʻlingan. Har bir guruh boshqa mamlakatda oʻynadi. Uchta guruh gʻolibi va eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohibi boshqa mamlakatda boʻlib oʻtadigan final bosqichiga yoʻllanma olgan.

2011-yildan 2014-yilgacha turnir ishtirokchi jamoalari 12 ta klubga koʻpaytirilgan. Saralash bosqichida 4 ta klubdan iborat 3 ta guruh ishtirok etgan. Guruh gʻoliblari va ikkinchi oʻrin egalari final bosqichiga yoʻllanma olgan. Final bosiqchidagi 6 ta klub 3 tadan ikkita guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi jamoalari toʻgʻridan-toʻgʻri finalga yoʻllanma olgan[8].

2013-yilning noyabr oyida AFC 2014-yilgi AFC Prezidenti kubogi musobaqaning soʻnggi turi boʻlishini eʼlon qilgan[9]. 2015-yildan boshlab „rivojlanayotgan mamlakatlar“ ligasi chempionlari AFC kubogi saralash pley-off bosqichidan qatnashish huquqiga ega edi[10]. AFC Prezidenti kubogiga oʻxshash formatdagi (yakuniy bosqichsiz) 2016-yilgi AFC kubogi uchun saralash bosqichi 2015-yil avgust oyida boʻlib oʻtdi va ikki klub AFC kubogi pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan[11].

2024-yildagi rebrenddan soʻng, yangi format ilk mavsum uchun toʻrt guruhga boʻlingan 17 ishtirokchi klubni oʻz ichiga olishi maʼlum qilingan. Klublar yagona davlatda markazlashtirilgan formatda raqobatlashadilar. Guruh bosqichidagi eng yaxshi sakkizta jamoa chorak finalga yoʻllanma oladi. Chorak va nimchorak final oʻyinlari ikki oʻyindan iborat boʻlib, chempionni aniqlaydigan final baxsi esa bir oʻyin orqali aniqlanadi[12][13].

2024–2025-yilgi mavsumdan boshlab mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:[14]

Bosqich Jamoalar Amount
Har bir jamoa uchun Jami
Final (chempion) 1 $1m $1,000,000
Final (ikkinchi oʻrin) 1 $500k $500,000
Yarim final 4 $120k $480,000
Chorak final 8 $80k $640,000
Guruh bosqichi 20 $100k $2,000,000
Jami 20 $4,620,000

Statistika va rekordlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Mezbon Final Magʻlub yarim finalchilar
Gʻolib Hisob Ikkinchi oʻrin
AFC prezidenti kubogi
2005

Tafsilotlar

Nepal

Nepal

Tojikiston

Regar TadAZ

3–0 Qirgʻiziston

Dordoy-Dinamo

Shri Lanka Blue Star SC

Nepal Three Star Club

2006

Tafsilotlar

Malayziya

Malayziya

Qirgʻiziston

Dordoy-Dinamo

2–1

(q.v)

Tojikiston

Xatlon

Kambodja Khemara

Xitoy Taypeyi Tatung

2007

Tafsilotlar

Pokiston

Pokiston

Qirgʻiziston

Dordoy-Dinamo

2–1 Nepal

Mahendra Police Club

Shri Lanka Ratnam Sports Club

Tojikiston Regar TadAZ

2008

Tafsilotlar

Qirgʻiziston

Qirgʻiziston

Tojikiston

Regar TadAZ

1–1 (q.v)

4–3 (p)

Qirgʻiziston

Dordoy-Dinamo

Turkmaniston FC Aşgabat

Nepal Mahendra Police Club

2009

Tafsilotlar

Tojikiston

Tojikiston

Tojikiston

Regar TadAZ

2–0 Qirgʻiziston

Dordoy-Dinamo

Turkmaniston FC Aşgabat

Pokiston WAPDA

2010

Tafsilotlar

Myanma

Myanma

Myanma

Yadanarbon

1–0

(q.v)

Qirgʻiziston

Dordoy-Dinamo

Turkmaniston HTTU Aşgabat

Tojikiston Xatlon

2011

Tafsilotlar

Tayvan

Tayvan

Xitoy Taypeyi

Taiwan Power Company

3–2 Kambodja

Phnom Penh Crown

2012

Tafsilotlar

Tojikiston

Tojikiston

Tojikiston

Istiqlol Dushanbe

2–1 Falastin

Markaz Shabab Al-Am'ari

2013

Tafsilotlar

Malayziya

Malayziya

Turkmaniston

Nebitçi FT

1–0 Pokiston

KRL

2014

Tafsilotlar

Shri Lanka

Shri Lanka

Turkmaniston

HTTU Asgabat

2–1 Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Rimyongsu

AFC Chaqiruv Ligasi
2024–2025

Tafsilotlar

Musobaqa gʻoliblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Regar TadAZ" futbol klubi 2009-yilgi AFCPrezidenti kubogini qoʻlga kiritganidan soʻng, oʻz maydonida Tojikistonning Tursunzoda shahridagi „Metallurg“ stadionida bayram oʻtkazmoqda.

Klublar boʻyicha natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klublar Gʻolib Ikkinchi oʻrin Gʻoliblik yillar Maʼlub boʻlgan yillar
Tojikiston Regar TadAZ 3 0 2005, 2008, 2009
Qirgʻiziston Dordoy Bishkek 2 4 2006, 2007 2005, 2008, 2009, 2010
Myanma Yadanarbon FC 1 0 2010
Xitoy Taypeyi Taiwan Power Company 1 0 2011
Tojikiston Istiqlol Dushanbe 1 0 2012
Turkmaniston Nebitçi 1 0 2013
Turkmaniston Ýedigen 1 0 2014
Tojikiston Xatlon 0 1 2006
Nepal Nepal Police Club 0 1 2007
Kambodja Phnom Penh Crown 0 1 2011
Falastin Markaz Shabab Al-Am'ari 0 1 2012
Pokiston KRL 0 1 2013
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Rimyongsu 0 1 2014

Mamlakatlar boʻyicha natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat Gʻolib Ikkinchi oʻrin
1 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 4 1
2 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 2 4
3 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 2 0
4 Burma bayrogʻi Myanma 1 0
Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi 1 0
6 Kambodja bayrogʻi Kambodja 0 1
Nepal bayrogʻi Nepal 0 1
Pokiston bayrogʻi Pokiston 0 1
Falastin bayrogʻi Falastin 0 1
Shimoliy Koreya bayrogʻi KXDR 0 1

Gʻolib murabbiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Murabbiylar Klub Chempion boʻlgan mavsumlar
Tojikiston Makhmadjon Khabibulloev Tojikiston Regar TadAZ 2005, 2008, 2009
Qirgʻiziston Boris Podkorytov Qirgʻiziston Dordoy Bishkek 2006, 2007
Myanma U Zaw Lay Aung Myanma Yadanarbon FC 2010
Serbiya Nikola Kavazović Tojikiston Istiqlol Dushanbe 2012
Xitoy Taypeyi Chen Kuei-jen Xitoy Taypeyi Taiwan Power Company 2011
Turkmaniston Rahym Kurbanmämmedow Turkmaniston Nebitchi 2013
Turkmaniston Begench Garayev Turkmaniston HTTU Aşgabat 2014

Mavsumlar boʻyicha toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Futbolchi Gollar
2005 Shri Lanka Dudley Steinwall

Kambodja Hok Sochetra

Tojikiston Khurshed Mahmudov

Tojikiston Dzhomikhon Mukhidinov

4
2006 Xitoy Taypeyi Chuang Yao-tsung

Qirgʻiziston Roman Kornilov

5
2007 Shri Lanka Channa Ediri Bandanage 6
2008 Myanma Thi Ha Kyaw 6
2009 Myanma Soe Min Oo 6
2010 Tojikiston Rustam Usmonov 5
2011 Xitoy Taypeyi Ho Ming-tsan 6
2012 Qirgʻiziston Mirlan Murzaev 8
2013 Qirgʻiziston Mirlan Murzaev 9
2014 Turkmaniston Suleyman Muhadow 11

Eng yaxshi futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Futbolchi Klub
2005 - -
2006 - -
2007 Qirgʻiziston Valery Kashuba Dordoy Bishkek
2008 - -
2009 Tojikiston Khurshed Mahmudov Regar-TadAZ
2010 Qirgʻiziston Mirlan Murzaev Dordoy Bishkek
2011 Xitoy Taypeyi Chen Po-liang Taipower
2012 Tojikiston Alisher Tuychiev Istiqlol
2013 Turkmaniston Amir Gurbani Balkan
2014 Turkmaniston Suleyman Muhadow HTTU Asgabat

Eng yaxshi toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchi Klub (lar) Gollar
1 Qirgʻiziston Mirlan Murzaev Dordoy Bishkek 19
2 Qirgʻiziston David Tetteh Dordoy Bishkek 12
3 Tojikiston Khurshed Makhmudov Regar-TadAZ 11
Turkmaniston Suleyman Muhadow HTTU
5 Turkmaniston Amir Gurbani Aşgabat

Balkan

10
Shri Lanka Channa Ediri Bandanage Ratnam
Tojikiston Ibrahim Rabimov Regar-TadAZ

Istiqlol Dushanbe

8 Pokiston Kaleemullah Khan KRL 9
9 Turkmaniston Arslonmurat Amanov Aşgabat

HTTU

8
Myanma Yan Paing Yadanarbon
Nepal Ju Manu Rai Nepal Police Club
  1. „AFC President’s Cup: The end of a glorious journey“. www.the-afc.com. 2024-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
  2. „ACL: East vs West final proposed“. AFC (2013-yil 25-noyabr). 2018-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyun.
  3. „AFC President’s Cup: The end of a glorious journey“. AFC (2014-yil 26-iyul). 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  4. „AFC Competitions Committee recommends strategic reforms to elevate Asian club football“ (en). theAFC.com. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  5. „AFC Executive Committee approves biggest prize purse in Asian club football history from 2024/25; announces AFC Women's Champions League“. AFC (2023-yil 14-avgust). 2024-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  6. „AFC Club Competitions 2024/25 Slot Allocation“. Football Association of Singapore. 2023-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-oktyabr.
  7. „Pivotal reforms approved by AFC Competitions Committee“ (en). the-AFC. 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  8. „AFC Competitions Committee meeting“. 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-noyabr.
  9. „ACL: East vs West final proposed“. The-afc.com (2013-yil 25-noyabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
  10. „AFC President's Cup: The end of a glorious journey“. AFC (2014-yil 26-iyul). 2018-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  11. „Stage set for 2016 AFC Cup play-off qualifiers“. AFC (2015-yil 29-iyun). 2015-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
  12. „AFC Competitions Committee recommends strategic reforms to elevate Asian club football“ (en). theAFC.com. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  13. „Pivotal reforms approved by AFC Competitions Committee“ (en). the-AFC. 2024-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  14. AFC Challenge League™ 2024/25.