Tursunzoda (shahar)
shahar | |
38°30′39″N 68°13′49″E / 38.51083°N 68.23028°E | |
Mamlakat | Tojikiston |
{{{mintaqa_turi}}} | Respublikaga boʻysunuvchi tumanlar |
{{{tuman_turi}}} | Tursunzoda tumani |
Hukumat | |
Ilk eslatilishi | XIV |
Avvalgi nomlari | Regar 1978-yilgacha |
Qachondan beri shahar | 1954 |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
50 000[1] |
Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3130 |
Pochta indeks(lar)i | 737450 |
Avtomobil kodi | 07РТ |
|
Tursunzoda (tojikcha: Турсунзода) (1978-yilgacha Regar) — Tojikiston Respublikasidagi shahar (1952-yildan). Tursunzoda tumanining maʼmuriy markazi. Tojik shoiri Mirzo Tursunzoda nomiga qoʻyilgan. Respublikaning janubida, Hisor vodiysining gʻarbiy qismida. Dushanbe shahridan 57 km gʻarbda joylashgan. Dushanbe — Termiz temir yoʻldagi (Regar) stansiya. Aholisi 50 ming kishi (2013)[2].
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tursunzodada rangli metallurgiya (1980-yillarda alyuminiy zavodi qurilgan), chinni zavodi, oziq-ovqat, yengil sanoat (paxta tozalash zavodi), qurilish materiallari sanoatlari mavjud.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]10 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, internat maktabi, sport, musiqa maktablari, kutubxona, madaniy muassasalar, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud. 1981-yilda Mirzo Tursunzodaga haykal oʻrnatilgan. Shahar chetida Xoʻja Naqshron maqbarasi (10—11-asrlar) meʼmoriy yodgorligi saqlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ Неофициальный сайт города Турсунзаде, 2014-03-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-25
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tursunzoda shahrining norasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2011-02-25 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Tursunzoda Jamoatlari Ravod Seshanbe Paxtaobot Qoratog Jora Rahmon