Kontent qismiga oʻtish

2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Bangladesh
Shahar(lar) Chittagong, Dakka
Sana 1–16 Aprel
Jamoalar 16
Bellashuv joylari ((2 mezbon shaharda) ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Tojikiston
2-oʻrin  Shri Lanka
Statistika
Oʻyinlar soni 31
Gollar soni 82 (har oʻyinda oʻrtacha 2.65 ta)
Muxlislar soni 150 150 (har oʻyinda oʻrtacha 4 844 ta)
Toʻpurar(lar)  Falastin Fahed Attal (8 gol)
Eng yaxshi oʻyinchi  Tojikiston Ibrohim Rabimov
2008

2006-yil 1-16 aprel kunlari Bangladeshda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan ilk bor tashkil etlgan OFK Chaqiruv kubogi boʻlib oʻtdi. Oʻn oltita jamoa toʻrt guruhga boʻlingan boʻlib, har bir guruhda eng yaxshi ikkita oʻrinni egallagan jamoalar chorak finalga yoʻl olishdi. Shundan soʻng, pley-off bahslarida toʻgʻridan-toʻgʻri yutqazgan jamoa musoboqani tark etdi. Musoboqa ilk bor oʻtkazilganlgi sababli saralash bosqichi oʻtkazilmadi. Kubok sohibi Tojikiston boʻldi. Fair Play mukofotini Shri Lanka qoʻlga kiritdi. Tojikiston terma jamoasi aʼzosi Ibrohim Rabimov esa eng yaxshi futbolchi deb topildi[1].

Oʻyinlarga Bangladeshning Dakka hamda Chittagong shaharlari mezbonlik qilgan. Ilk bora oʻtkazilgan ushbu musoboqaning gʻolibi Tojikiston milliy futbol terma jamoasi boʻldi. Vitse-chempionlik Shri Lanka milliy futbol terma jamoasiga nasib etdi.

Jamoalarni tanlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFK dastlab qaysi jamoalar musoboqada ishtirok etishini aniqlash uchun konfedertasiyaga aʼzo jamoalarni tasniflab chiqdi. Oʻn yetti mamlakatni rivojlanayotgan assotsiatsiyalar qatoriga kiritdi. Rivojlanayotgan assotsiatsiyalarda futbolni rivojlantirish uchun vaqt talab etadi. Ishtirok etuvchi ushbu jamoalar 2005-yil avgust oyida tanlangan. Dastlab Laos, Mo'g'uliston va Sharqiy Timor ishtirok etish uchun tanlangan, biroq keyinchalik ularning oʻrnini rivojlangan assotsiatsiyalar sinfidan Bangladesh va Hindiston egallagan va ishtirokchi jamoalar sonini 16 tagacha qisqartirilgan.

Oʻzgartirishlar


Mezbon shaharlar va stadionlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFK oʻzining yillik yigʻilishida Bangladesh ochilish marosimiga mezbonlik qilishi eʼlon qilindi. Oʻyinlar Bangladesh va Nepalda oʻtkazilishi belgilab qoʻyildi[2][3]. Dastlab A va B guruhlaridagi jamoalar o‘z o‘yinlarini Nepalda, C va D guruhlari esa Bangladeshda o‘tkazishi rejalashtirilgan edi, biroq Nepalni larzaga keltirgan siyosiy tartibsizliklar tufayli, faqat Bangladesh mezbonlik qilishi qaror qilindi[4][5][6][7]. OFK Chaqiruv kubogi dastlab 2006-yilning 26-martidan 9-apreliga qadar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi, biroq 26-mart kuni Bangladeshning Mustaqillik kuni munosabati bilan toʻqnashuvlarga yoʻl qoʻymaslik uchun 1-16 aprel sanasiga oʻzgartirildi[8]. Ushbu turnir davomida foydalanish uchun ikkita stadion tanlandi: Dakkadagi Bangabandhu stadioni va Chittagongdagi M.A Aziz stadioni. Biroq, keyinchalik Dakkadagi Bangladesh Armiya stadioni kuchli yomgʻir tufayli qoldirilgan oʻyinlarni tashkil qilish uchun ishlatilgan. Final oʻyini Dakkada boʻlib oʻtgan.

Oʻtkazilgan joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dakka Chittagong
Bangabandhu Milliy stadioni Bangladesh Armiya stadioni M.A Aziz stadioni
Sigʻim: 36,000 Sigʻim: 20,000 Sigʻim: 40,000

Baʼzi jamoalar quyida qayd etilganidek, oʻzlarining „asosiy“ terma jamoalari bilan ishtirok etmadilar:

  • Hindiston keyinchalik mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoani maydonga tushirishga qaror qildi.
  • Qirgʻiziston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan tashkil topgan yosh tarkibda ishtirok etdi[9].

Guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guruh jadvallaridagi ranglar kaliti
Eng yaxshi ikki o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi
Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
 Hindiston U-20 3 1 2 0 3 1 +2 5
 Xitoy Taypeyi 3 1 2 0 3 2 +1 5
 Filippin 3 0 2 1 2 3 −1 2
 Afgʻoniston 3 0 2 1 3 5 −2 2
Manba: RSSSF
Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
 Shri Lanka 3 2 1 0 3 1 +2 7
   Nepal 3 1 1 1 4 3 +1 4
 Bruney 3 1 1 1 2 2 0 4
 Butan 3 0 1 2 0 3 −3 1
Manba: RSSSF
Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
 Falastin 3 2 1 0 16 1 +15 7
 Bangladesh 3 2 1 0 6 2 +4 7
 Kambodja 3 1 0 2 4 6 −2 3
 Guam 3 0 0 3 0 17 −17 0
Manba: RSSSF
Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
 Tojikiston 3 2 0 1 6 1 +5 6
 Qirgʻiziston 3 2 0 1 3 1 +2 6
 Pokiston 3 1 1 1 3 4 −1 4
 Makao 3 0 1 2 2 8 −6 1
Manba: RSSSF

Pley-off bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chorak final Yarim final Final
                   
8 Aprel - Chittagong        
  Xitoy Taypeyi  0
12 Aprel — Chittagong
  Shri Lanka  3  
  Shri Lanka (P)  1 (5)
9 Aprel — Chittagong
        Nepal  1 (3)  
  Hindiston U-20  0
16 Aprel — Dakka
    Nepal  3  
  Shri Lanka  0
9 Aprel — Dakka    
    Tojikiston  4
  Falastin  0
13 Aprel — Dakka
  Qirgʻiziston  1  
  Qirgʻiziston  0
10 Aprel — Dakka
      Tojikiston  2  
  Bangladesh  1
  Tojikiston  6  
 
16 Aprel 2006
15:30
 Shri Lanka 0–4  Tojikiston Bangabandhu Milliy stadioni, Dakka
Tomoshabin: 2,000
Hakam: Hidoyat Mombini (Eron)
Report Muhidinov Gol 1'61'71'[11]
Mahmudov Gol 45'
 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi chempioni 

Tojikiston
Birinchi unvon

Vitse-chempion

[tahrir | manbasini tahrirlash]
 2006-yilgi OFK Chaqiruv kubogi vitse-chempioni 

Shri Lanka
Fair Play mukofoti Oltin butsa Eng yaxshi futbolchi
 Shri Lanka Falastin Fahed Attal Tojikiston Ibrohim Rabimov

Gol mualliflari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Victory a boost for Tajikistan football: Nazarov“. The-AFC.com. Asian Football Confederation. 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-oktyabr.
  2. „Opening ceremony of AFC Challenge Cup to be held in Bangladesh“. Xinhua News Agency. Qaraldi: 2005-yil 30-noyabr.
  3. „AFC Challenge Cup opening ceremony in Bangladesh“. The-AFC.com. Asian Football Confederation. 2006-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 28-noyabr.
  4. „Bangladesh to be sole host of inaugural AFC Challenge Cup 2006“. The AFC. 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 21-fevral.
  5. Acharya, Pawan.. „Nepal Dumped as AFC Cup Host“. OhmyNews. 2007-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 23-fevral.
  6. „Nepal dumped as co-host of AFC Challenge Cup“. Daily Times. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-fevral.
  7. Kantipur. „AFC dumps Nepal from co-hosting AFC Challenge Cup 2006“. eKantipur.com (2006). 2007-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 20-fevral.
  8. Kantipur. „AFC dumps Nepal from co-hosting AFC Challenge Cup 2006“. KantipurOnline.com (2006). 2007-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 20-fevral.
  9. „Podkorytov is Kyrgyzstan acting coach“. The-AFC.com. Asian Football Confederation. 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 21-fevral.
  10. „Tajikistan lift inaugural AFC Challenge Cup“. The-AFC.com. Asian Football Confederation (2006-yil 19-aprel). 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyul.
  11. Although the match summary indicates that Mukhidinov scored three goals, a match review article published by the AFC on 19 April 2006 indicates that he only scored two goals while teammate Numonjon Hakimov scored one goal.[10]