„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi“ yubiley medali
„1941-1945 yillardagi Ulug' Vatan urushidagi g'alabaning 50 yilligi" yubiley medali | |||
---|---|---|---|
| |||
Mamlakat |
Rossiya Ukraina Armaniston Belarus Qozogʻiston Oʻzbekiston[1] Ozarbayjon[2] | ||
Turi | esdalik medal | ||
Kimga topshiriladi | Ikkinchi jaxon urushi xizmati qatnashchilari | ||
Holati | qoʻllanilmaydi | ||
Statistika | |||
Koʻrsatkichlari |
diametri-32mm lenta kengligi-24mm | ||
Taʼsis sanasi | 1993-yil 7-iyul | ||
Mukofotlash soni | taxminan 19 500 000 | ||
Navbat | |||
Toʻngʻich mukofot | Ota-ona shon-sharafi ordeni | ||
Kenja mukofot | „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi“ yubiley medali | ||
"1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi" yubiley medali – Roosiya Federatsiyasining 1993-yil 7-iyuldagi 5336-1-sonli qonuni bilan 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlab taʼsis etilgan[3]. Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Belarus davlat mukofoti. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2010-yil 7-sentyabrdagi 1099-sonli „Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmonidan keyin amaldagi davlat mukofotlari roʻyxatidan olib tashlangan[4].
Medal toʻgʻrisidagi nizom
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSSR Qurolli Kuchlari saflarida Ulugʻ Vatan urushi harbiy harakatlarida qatnashgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar,SSSRning vaqtincha bosib olingan hududlarida Ulugʻ Vatan urushi yillarida faoliyat yuritgan partizanlar va yashirin tashkilotlarning aʼzolari,Ulugʻ Vatan urushi davrida SSSR Qurolli Kuchlarida xizmat qilgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar, [["1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medallar bilan taqdirlangan shaxslar shuningdek „Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali uchun sertifikatga ega boʻlgan shaxslar.
- Ulugʻ Vatan urushi yillarida fidokorona mehnati uchun SSSR ordenlari, „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medallar bilan taqdirlangan front mehnatkashlari, „Mehnatdagi jasorati uchun“, „Mehnatdagi faxriy xizmati uchun“, „Leningrad mudofaasi uchun“, „Moskva mudofaasi uchun“, „Odessa mudofaasi uchun“, „Sevastopol mudofaasi uchun“ medali, „Stalingrad mudofaasi uchun“, „Kiyev mudofaasi uchun“, „Kavkazni himoya qilgani uchun“, „Qamaldagi Leningrad aholisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar.
- Ikkinchi jahon urushi davrida natsistlar va ularning ittifoqchilari tomonidan yaratilgan kontslagerlar, gettolar va boshqa qamoqxonalarda voyaga etmagan sobiq asirlar.
- Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidan tashqarida boʻlgan,SSRda milliy harbiy kuchlar tarkibida partizan boʻlinmalari, yashirin guruhlar va boshqa antifashistik guruhlar tarkibida jang qilgan, Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaga katta hissa qoʻshgan chet el fuqarolari „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi“ yubiley medali bilan taqdirlangan.[5]
Medalning tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi“ yubiley medali dumaloq, diametri 32 mm, tombakdan qilingan . Medalning old tomonida Kreml devori,Spasskaya minorasi,Avliyo Bazil sobri va bayramona otashinlar tasviri, medalning quyi qismida „Vatan urishi“ ordeni bilan dafna novdalari tasvirlangan. Medal tasvirining orqa tomonida „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaga 50 yil“, chap tomonida „1945“ oʻng tomonda „1995“ yozuvlari yozilgan. Quyi qismida „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaga 50 yil“ yozuvni dafna novdalari medal aylansi boʻylab quyidan yarimigacha oʻrab turadi. Medaldagi barcha yozuvlar va tasvirlar qavariq qilib tasvirlangan.
Medal beshburchak blok bilan bogʻlangan boʻlib, eni 24 mm boʻlgan qizil ipak tasmasi bilan qoplangan. Lentaning chap chetida beshta chiziq bor: uchta qora va ikkita toʻq sariq. Chiziq #kengligi 2 mm, qora chiziqlar kengligi 1 mm boʻlgan toʻq sariq rangli chiziqlar bilan chegaralangan.
Sohiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya Federatsiyasi
- Ikkinchi Jahon urushi uchuvchisi Sovet Ittifoqi Qahramoni katta leytenant Anna Yegorova
- Armiya generali Anatoliy Kornukov
- Ikkinchi Jahon urushi artilleriya ofitseri polkovnik Ivan Fedorovich Ladyga
- Ikkinchi jahon urushi piyoda askarlari ofitseri va yozuvchi Vasil Bykay
- Stalingrad faxriysi, aktyor va rejissyor Yuriy Petrovich Lyubimov
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, pianinochi va bastakor Tixon Nikolaevich Xrennikov
- Sovet Ittifoqi marshali Vasiliy Ivanovich Petrov
- Xalq qoʻshiqchisi Lyudmila Georgievna Zykina
- Siyosatchi Vladimir Ivanovich Dolgix
Chet el fuqarolari
- Polsha generali va prezidenti Voytsex Yaruzelski
- Britaniya qirollik dengiz floti boshligʻi kichik ofitser Uilyam Frederik „Bill“ Stoun
- Amerika qoʻmondoni Robert Trimble, Poltava aviabazasi 1945 yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zakon Rossiyskoy Federatsii ot 7 iyulya 1993 g. № 5336-I "Ob uchrejdenii yubileynoy medali „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“" // Rossiyskaya gazeta. – 10 avgusta 1993.
- Yubileynaya medal „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (nedostupnaya ssilka). Gosudarstvennie nagradi Respubliki Belarus. Data obrasheniya: 12 dekabrya 2009. Arxivirovano 3 yanvarya 2011 goda.
- Ukaz prezidenta Ukraini № 339/95. Pro nagorodjennya yuvіleynoyu medallyu „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (ukr.)
- Ukaz prezidenta Ukraini № 266/95. Pro poryadok vruchennya yuvіleynoi medalі „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941—1945 gg.“ (ukr.)
- Reshenie o Polojenii o yubileynoy medali „50 let Pobedi v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 gg.“, eyo opisanii i poryadke finansirovaniya rasxodov na eyo izgotovlenie (prinyato na zasedanii Soveta glav gosudarstv SNG 24 dekabrya 1993 goda v Ashxabade).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ Президента Республики Узбекистан от 20 апреля 1995 года № УП-1100 « О награждении участников войны и тружеников тыла 1941-1945 годов в связи с празднованием 50-летия победы над фашизмом»“. Lex.uz. Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.
- ↑ „Указ президента Республики Азербайджан № 322. "1941 — 1945-ci illər Böyük Vətən müharibəsində Qələbənin 50 illiyi” yubiley medalı ilə təltif haqqında“. e-qanun.az. 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.
- ↑ „Rossiya Federatsiyasining 1993 yil 7 iyuldagi 5336-1-sonli qonuni" (rus tilida). Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari bo'yicha komissiya. 1999-12-15“. web.archive.org. 2011-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 7 сентября 2010 г. N 1099 «О мерах по совершенствованию государственной наградной системы Российской Федерации»“. rg.ru. Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.
- ↑ „"1941-1945 yillardagi Ulug 'Vatan urushidagi G'alabaning 50 yilligi" yubiley medali to'g'risidagi nizom."(rus tilida)“. web.archive.org. 2011-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Izotova M. A., Tsaryova T. B. Ordena i medali Rossii i SSSR. – Rostov-na-Donu: OOO ID „Valdis“, 2010. – S. 631—634. – 736 s. – ISBN 978-5-9567-0960-3.