Yoshlar ishlari agentligi
![]() Yoshlar ishlari agentligi binosi | |
![]() | |
Turi | Davlat boshqaruv idorasi |
---|---|
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi |
30-iyun, 2020-yil 1924-1991 — Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi 1991-1996 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi 1996-2017 — Kamolot[1] 2017-2020 — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi[2] |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11-uy |
Hududiy xizmati |
![]() |
Direktori | Alisher Saʼdullayev |
Vebsayti | gov.uz/oz/yoshlar |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
![]() |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi – oʻzbekistonlik yoshlar bilan shugʻullanuvchi tashkilot.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yilda Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi OʻzSSR boshqarmasi sifatida tashkil topgan[3].
1991-yilda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[4].
1996-yil aprel oyida „Kamolot“ jamgʻarmasiga, 2001-yilda esa „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirilgan. Oʻzaro qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan hisoblangan yagona soliq toʻlovi summasining 8 foizini majburiy ravishda olish evaziga faoliyat yuritib kelgan[4].
2017-yilda yana Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirilgan[5].
2020-yilda agentlik sifatida qayta tashkil etildi[6].
2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi[7].
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazildi[8].
Vazifasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar ishlari agentligining vazifalari Oʻzbekiston Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq belgilangan[9].
Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 30-iyun kungi qarori qabul qilinib, agentlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi[10].
Rahbarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006—2010 – Aziz Alimov
2010—2017 – Bahodir Gʻaniyev
2017—2017 – Sarvar Ashurov
2017—2017 – Odiljon Tojiyev
2017—2019 – Qahramon Quronboyev
2019-yildan – Alisher Saʼdullayev
Joriy boshqaruv tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Saʼdullayev – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori. Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyul kungi qarori bilan ushbu lavozimga tayinlangan[11][12].
- Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxanova – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari.
- Feruz Karimovich Ablayarov – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari[12].
- Abdulaziz Majid oʻgʻli Moʻminov – Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari.
- Nodir Abduqayumovich Abduqodirov – Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmati rahbari.
- Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova – Ijtimoiy loyihalar boʻlimi boshligʻi[13].
- Sarvar Oʻktamovich Xamdamov – Kadrlar boshqarmasi boshligʻi[13].
- Umid Saxibxanovich Sadikov – Axborot-tahlil va ijro nazorati boshqarmasi boshligʻi[13].
- Ixtiyor Ismat oʻgʻli Ziyodilloyev – Ishlar boshqarmasi boshligʻi[13].
- Vakant – Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish boʻlimi boshligʻi[13].
- Umidulla Ulashovich Sattarov – Taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi[13].
- Sharofiddin Baxodirovich Xonimov – Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi[13].
- Akmal Nutfulloyevich Xalikov – Yuridik byuro boshligʻi[13].
- Sherzod Murodullayevich Olimov – Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi[13].
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agentlik turli jamoat va siyosiy arboblarning tanqidiga uchragan. 2018-yil iyul oyida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash tizimidan noroziligini bildirib, ayrim tadbirlarning yuzaki va haddan tashqari dabdabaliligi, yoshlarning haqiqiy muammolarini hal etishga yetarlicha eʼtibor berilmayotganini taʼkidlagan[14][15].
2023-yil iyun oyida oʻz homiyligidagi loyiha ijrochilarini tender gʻolibi deb topganligi tanqidlarga sabab boʻlgan[16].
2024-yil may oyida „Milliy tiklanish“ partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Agentlik faoliyati haqida aholi yetarli darajada xabardor emasligini, ayniqsa, chekka hududlardagi aksariyat yoshlar Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan loyiha va imkoniyatlardan bexabar ekanini taʼkidlagan[17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ustav“. yoshlarittifoqi.uz. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ „Yoshlar ittifoqi tugatiladi. O‘rniga agentlik tashkil etiladi“. Xabar.uz (2019-yil 27-dekabr). 2024-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2024-yil.
- ↑ O‘zbekistonda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimining shakllanishi
- ↑ 4,0 4,1 Mirziyoyev Komsomolni tiklamoqdami?
- ↑ Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
- ↑ Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda
- ↑ Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF-6017-son farmon
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4768-son qarori
- ↑ A.Z.Saʼdullayevni Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida, 2020-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-17
- ↑ 12,0 12,1 Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosarlarini lavozimlarga tayinlash toʻgʻrisida, 2020-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-07-17
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 13,7 13,8 „Markaziy apparat“. 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
- ↑ „Президент подверг критике работу с молодежью“.
- ↑ „Агентство по делам молодёжи получило новые задачи“.
- ↑ „Yoshlar agentligi o‘z homiyligidagi loyiha ijrochilarini tender g‘olibi deb topdi“.
- ↑ „Алишер Кадыров раскритиковал Агентство по делам молодежи за недостаточное осведомление граждан“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoshlar ishlari agentligi Facebook sahifasi
- Yoshlar ishlari agentligi Instagram sahifasi
- channel/UCxE5i6ogttXt5-AKUpJn_jA
- Yoshlar ishlari agentligi Telegram sahifasi