Dilnozaxon Kattaxonova
Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi | |
---|---|
Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari | |
Mansab davri 2020-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-iyul 1991-yil Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Dilnozaxon Kattaxonova (toʻliq ismi: Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi) – mustaqil tadqiqotchi, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD). Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari[1]. „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishoni va „Doʻstlik“ ordeni sohibasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 2-iyulda Qoʻqon shahrida tavallud topgan.
2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining bakalavriatini bitirgan.
2016-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining magistraturasini tamomlagan.
2014—2016-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining Ijtimoiy-huquqiy loyihalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat-notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.
2017-yil 5-iyulda Yoshlar masalalari boʻyicha Respublika kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan.
2018—2020-yillari „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.
2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi. 2022-yil mart oyida ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomi olgan.
2020-yil 10-iyul kuni yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi[2].
2023-yil boshidan boshlab yana mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilingan.
2023-yil 20-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan birinchilardan boʻlib taqdirlangan.
- 2020-yilda Davlat idoralaridagi Top-40 istiqbolli rahbarlar roʻyxati shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar Top-35 taligidan, 2021-yilda esa Top-40 davlat tuzilmalari, muassasalari, yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollar roʻyxatidan oʻrin olgan[4].
- 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining „Maʼnaviyat aʼlochisi“ hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[5].
- 2021-yil 30-iyun „Yoshlar kuni“da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehrinoz Abbosova
- Qobuljon Ahmedov
- Jamshid Xoʻjayev (pedagog)
- Behzod Toʻxtamurodov
- Abatbay Daniyarov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yoshlar ishlari agentligi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
- ↑ „Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sayti“. 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ „Dilnozaxon Kattaxonova Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi“.
- ↑ „TOP – 40 – Oʻzbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar roʻyxati yangilandi“. 2021-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi rasmiy sayti
- ↑ Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida