Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi
Qisqartma | OʻzRYSSV |
---|---|
Turi | davlat idorasi |
Maqomi | amalda |
Shiori | Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va sportni ommalashtirish |
Ishga tushgan sanasi | 2022-yil 30-dekabr |
Vazir | Adham Ikromov[1] |
Vazir oʻrinbosari | Murod Ismoilov |
Vazir oʻrinbosari | Shahrullo Mahmudov[2] |
Bosh mahkamasi | 2-uy, Abdulla Qodiriy koʻchasi, Toshkent, 100017 |
Vebsayti | gov.uz/oz/sport |
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan. 2001-yilda Madaniyat vazirligi bilan birlashtirilgan. 2017-yilda jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilgan. 2018-yil 5-mart kuni davlat qoʻmitasidan vazirlikka aylantirilgan[3]. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni mamlakatdagi vazirlik va idoralar soni 61tadan 28taga qisqartirilishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga biriktirildi. Adham Ikromov vazir etib tayinlandi. Alisher Saʼdullayev barcha lavozimlarini saqlab qolgan holda, vazirning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[4].
2022-yil 30-dekabrda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi[5].
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻtkazildi[6].
Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 7-aprel kuni vazirlikning tashkiliy tuzilmasi kengaytirilgan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Adham Ikramov Yoshlar siyosati va sport vaziri etib tayinlandi“.
- ↑ „O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi“.
- ↑ 3,0 3,1 „Vazirlik haqida“. Minsport.uz. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga rahbar tayinlandi
- ↑ Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilmoqda
- ↑ Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- ↑ „Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“.