Kontent qismiga oʻtish

Yellow Submarine

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Yellow Submarine“
„The Beatles“ qoʻshigʻi
„Revolver“ albomidan
A tomon „Eleanor Rigby“
Chiqarilgan sanasi 5-avgust, 1966-yil(1966-08-05)
Yozib olingan 26-may va 1-iyun 1966-yil
Studiya EMI, London
Janr
Davomiyligi 2:38
Leybl
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
„The Beatles“ singllari xronologiyasi
„Paperback Writer“
(1966)
Yellow Submarine“ / „Eleanor Rigby“
(1966)
„Strawberry Fields Forever“ / „Penny Lane“
(1967)
Klipi
„Yellow Submarine“ YouTubeda

Yellow Submarine“ (tarjimasi „Sariq suvosti kemasi“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1966-yil eʼlon qilingan „Revolver“ albomiga kiritilgan. Shuningdek, „Eleanor Rigby“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda qoʻshaloq „A“ tomonli singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqni Paul McCartney va John Lennon bolalar qoʻshigʻi oʻlaroq yozgan boʻlib, uni barabanchi Ringo Starr ijro etgan. Singl Buyuk Britaniyada hamda bir necha boshqa Yevropa davlati, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya xit-paradlarida birinchi pogʻonani egallagan. 1966-yilda Buyuk Britaniyada chiqarilgan va ushbu mamlakatda yashovchi xonandalar eʼlon qilgan qoʻshiqlar orasida „Yellow Submarine“ eng bozori chaqqon reliz boʻlgani uchun „The Beatles“ guruhi „Ivor Novello Award“ mukofoti bilan taqdirlangan. AQShda esa singl „Billboard Hot 100“ xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan.

„Yellow Submarine“ qoʻshigʻi „The Beatles“ guruhi studiyada turli eksperimentlarni qilib koʻra boshlagan davrda yozib olingan. Ashulaning asosiy qismi 1966-yilning may oyida yozib olinganidan keyin, ovoz effektlari hamda xor vokali qoʻshilgan. „Yellow Submarine“ qoʻshigʻi „Eleanor Rigby“ bilan bir qatorda yangicha uslubdagi qoʻshiq boʻlib, unda rok-musiqada qoʻllaniladigan asboblar chalinmagan. Qoʻshiq asosida 1968-yil „Yellow Submarine“ animatsion filmi hozirlangan. Filmning saundtrek albomiga „Yellow Submarine“ ilk tarona oʻlaroq kiritilgan.

AQShda „Yellow Submarine“ qoʻshigʻi relizi Lennonning „The Beatles“ guruhi „Isodan ham mashhurroq“ ekani haqidagi izohi ortidan yuzaga kelgan norozilik toʻlqiniga toʻgʻri kelgan. Lennonning bu sharhi ortidan ayrim radiostansiyalarda guruh musiqasini hamda guruhning Vyetnam urushiga qarshi chiqishlari man etilgan. Qoʻshiq ijtimoiy va siyosiy jihatdan turlicha talqin qilingan. Vyetnam urushiga qarshi harakat aʼzolari qoʻshiqni rasmiy hokimiyatga qarshi gimn oʻlaroq qabul qilishgan. Shuningdek, qoʻshiqdan ish tashlash va boshqa aksiyalar davomida foydalanilgan. Ayrim tinglovchilar qoʻshiqda giyohvand moddalarga, xususan, sariq kapsulalarda sotilgan pentobarbital moddasiga ishoratlar borligini xulosa qilgan. Ayrimlar esa qoʻshiq eskapizm haqida ekanini xulosa qilgan. „Yellow Submarine“ bolalarning sevimli qoʻshigʻi boʻlib keladi. Starr esa „All Starr Band“ guruhi bilan bergan konsertlari davomida qoʻshiqni tez-tez ijro etadi.

  1. Plagenhoef, Scott „The Beatles: Revolver Album Review“. Pitchfork (2009-yil 9-sentyabr). 2017-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
  2. Easlea, Daryl „The Beatles Revolver Review“. BBC Music (2007). Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  3. Case 2010, s. 230: "the jaunty psychedelia of 'Yellow SubmarineAndoza:'".