Kontent qismiga oʻtish

Penny Lane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Penny Lane“
The Beatles qoʻshigʻi
A tomon „Strawberry Fields Forever“
Chiqarilgan sanasi 13-fevral, 1967-yil(1967-02-13)
Yozib olingan 29-dekabr 1966 — 17-yanvar 1967
Studiya EMI, London
Janr
Davomiyligi 3:03
Leybl
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
The Beatles xronologiyasi
„Eleanor Rigby“ / „Yellow Submarine“
(1966)
Penny Lane“ / „Strawberry Fields Forever“
(1967)
„All You Need Is Love“
(1967)
Promo film
„Penny Lane“ YouTubeda

Penny Lane“ (tarjimasi „Penny koʻchasi“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq muallifi oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan boʻlsa-da, uni asosan Paul McCartney yozgan. „Penny Lane“ 1967-yilning 13-fevralida „Strawberry Fields Forever“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda qoʻshaloq singl oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq soʻzida Liverpul shahridagi Penny Lane koʻchasi haqida soʻz boradi. Shuningdek, qoʻshiqda McCartney shaharda ulgʻayayotib eslab qolgan xotiralari tilga olingan.

„The Beatles“ „Penny Lane“ qoʻshigʻini 1966-yilning dekabrida yozib ola boshlagan. Dastlab qoʻshiqni „Sgt. Pepper's Lonely Hearts Club Band“ albomiga kiritish rejalashtirilgan. Buning oʻrniga tarona singl oʻlaroq chiqarilgan, natijada guruh odatdagidek avval chiqarilgani qoʻshiqni yangi albomga kiritmaslikka qaror qilgan. Qoʻshiq bandlari oʻrtasida hamda naqoratlari oʻrtasida bir necha marta modulyatsiya qilingan. Oʻtish qismi uchun David Mason pikkolo-trubasini chalgan.

„Penny Lane“ Yevropa mamlakatlari xit-paradlarida yuqori beshtalikdan oʻrin olgan, AQShda esa „Billboard Hot 100“ xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Buyuk Britaniyada „A“ tomonli qoʻshaloq relizlar bilan bogʻliq oʻsha paytdagi qoidalar tufayli „Penny Lane“ / „Strawberry Fields Forever“ singli „The Beatles“ guruhining 1963-yildan beri singllar xit-paradida birinchi pogʻonani egallay olmagan ilk reliziga aylangan. Qoʻshiq 1967-yilning noyabrida „Magical Mystery Tour“ albomining AQShda chiqarilgan versiyasiga kiritilgan. Tarona 2021-yilda „Rolling Stone“ jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 280-oʻringa qoʻyilgan. „Mojo“ jurnali 2006-yilda qoʻshiqni „101 eng yaxshi Beatles qoʻshigʻi“ roʻyxatida 9-oʻringa qoʻygan.

  1. Ingham 2006, s. 195.
  2. Heylin 2007, s. 153.
  3. Philo 2015, s. 119.
  4. Willis 2014, s. 220.
  5. Courrier 2009, s. 157.