Kontent qismiga oʻtish

Yandex

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yandex
Yandex logotipi
Asl nomi ruscha: Яндекс
Tijoratmi Ha
Sayt turi Internet-portal, Elektron pochta, Qidiruv tizimi
Roʻyxatdan oʻtish 1997
Muassisi ООО «Яндекс»
Muallifi Arkadiy Voloj, Ilya Segalovich
Bosh ijrochi direktor Artyom Savinovskiy
Ochilgan sanasi 1997
Aylanma mablagʻi $72,6 mln (в 2006)[1]
Foyda $29,9 mln (2006)[1]
Joylashuv Moskva
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
URL http://yandex.ru/

Yandex MChJ (ruscha: Яндекс) — Rossiyada eng mashhur internet qidiruv tizimi hamda brauzer, veb qidiruv tizimi, bulutli hisoblash, onlayn xarita, onlayn taom buyurtma qilish, media stiming, onlayn xarid qilish kabi xizmatlarni oʻz ichiga oluvchi internet-portali.

Yandex qidiruv tizimi Rossiyadagi eng yirik qidiruv tizimi boʻlib, Rossiya bozor ulushining taxminan 72%ini[2], butun dunyo bozor ulushining esa 2,8%ini oʻz tashkil etadi[3].

Yandex Arkadiy Voloj tomonidan asos solingan va 1997-yilda oʻzining ilk mahsuloti - Yandex qidiruv tizimini ishga tushirdi. Rossiyadagi muhim ommaviy axborot vositalariga boʻlgan taʼsiri sababli kompaniya uzoq vaqtdan beri Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinib kelmoqda. 2024-yil iyul oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan yuzaga kelgan xalqaro sanksiyalar tufayli kompaniyaga egalik qilgan Niderlandiyaning Nebius Group xolding kompaniyasi oʻz aktivlarini rossiyalik investorlar guruhiga chegirmali narxda, 5,3 milliard AQSh dollarga sotdi.

Yandex internetdagi maʼlumotlarni oʻzbek, rus, ukrain, qozoq, belarus, ingliz, olmon va fransuz tillarida topishga imkon beradi.

Yandexning reklama kompaniyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp yillar davomida Yandex deyarli mijoz va ijrochi sifatida ishlaydigan uchinchi tomon reklama agentliklarining xizmatlariga murojaat qilmadi. 2000-yillarning ikkinchi yarmida vaziyat oʻzgardi.

Yandeksga asos solingan kunidan boshlab, kompaniya Artemiy Lebedev Studiyasi bilan hamkorlikda ishlashadi.

Informatsion qidiruvlar:

  • Poisk – Qidiruv
  • Katalog – Veb saytlarning tematik katalogi.
  • Novosti – Kunnning asosiy yangiliklari. Yangiliklar ichida qidirish imkoni bor.
  • Poisk po blogam i forumam (Wayback Machine saytida 2015-11-26 sanasida arxivlangan) – RSS – korinishiga ega boʻlgan resurslar ichida qidiruv hamda aktual soʻrovlarning reytingi.
  • Market – Sotuv va hizmat takliflari boʻyicha qidiruv va modellar ichida tanlash.
  • Slovari – Ensiklopedialar, maʼlumotnomalar, lugʻat-tarjimonlar.
  • Kartinki – Tasvirlar (rasmlar) qidiruvi.
  • Karti – Rossiya va Yevropa xaritalari, Rossiyaning katta shahari (har bir uyning aniqligi bilan), xarita ichida qidiruv.
  • Adresa (Wayback Machine saytida 2007-12-26 sanasida arxivlangan) – Firmalarni va tashkilotlarni kontakt informaciyasi orqali qidiruv.
  • Afisha – Kino, teatr, koncertlar, sport, klublar haqida informaciya.
  • Pogoda – Ob-havo xabarlari.
  • Teleprogramma – Tele-koʻrsatuvlar programmasi.

Personallashtirilgan:

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Yandex yaralish tarixi haqida The Social Network filmiga oʻxshatib kino ishlangan[4][5].

Yillar boʻyicha Yandex qidiruv tizimida kunlik soʻrovlar miqdori[6][7][8][9][10]
  1. 1,0 1,1 Александр Богословский “Яндекс” объявил результаты 2006 года // PC Week. 28.04.2007
  2. „Search Engine Market Share Russian Federation“. StatCounter.
  3. „Search Engine Market Share Worldwide“. StatCounter.
  4. Pototsky, Dan. „Telling the Yandex story: 'Startup' gets off the ground“. Russia Beyond (2014-yil 3-aprel). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Wauters, Robin. „What, no Justin Timberlake? There’s a movie about Yandex in the works“. The Next Web (2013-yil 14-mart).
  6. „Количество ежедневных запросов к поисковой машине Яндекс превысило 2 миллиона“ (ru). Yandex (2002-yil 12-aprel). 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Новые Яндекс.Новости можно использовать в качестве зеркала СМИ“ [New Yandex.News can be used as a media mirror] (ru). I2R.ru. 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Поиск в интернете: что и как ищут пользователи“ (ru). Yandex. 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Поисковые запросы и жизнь“ (ru). Yandex (2011-yil dekabr). 2015-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Алгоритм «Палех»: как нейронные сети помогают поиску Яндекса“ ["Palekh" algorithm: how neural networks help Yandex search] (ru) (2016-yil 2-noyabr). 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.