Vixoda net
„Vixoda net“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Splin“ qoʻshigʻi | ||||
„Granatoviy albom“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1998 | |||
Yozib olingan | 1998 | |||
Janr | pop-rok | |||
Davomiyligi | 3:51 | |||
Leybl | ОРТ-Records | |||
Matn muallif(lar)i | Aleksandr Vasilyev | |||
Bastakor(lar) | Aleksandr Vasilyev | |||
„Granatoviy albom“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Vixoda net“ YouTubeda |
„Vixoda net“ (ruscha: Выхода нет, yaʼni „Chiqish [Yechim] yoʻq“) — „Splin“ rus rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1998-yil eʼlon qilingan „Granatoviy albom“ nomli studiyaviy albomiga toʻqqizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh solisti Aleksandr Vasilyev yozgan. „Vixoda net“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir.
Vasilyev qoʻshiqni Sankt-Peterburg shahri metrosida ikki shaxs oʻlimiga guvoh boʻlganidan keyin yozgan, degan taxmin mavjud[1]. Rossiya shaharlari metrolarida „vixoda net“ yozuvi ko'p uchraydi.
Vasilyev qoʻshiq maʼnosini dastlab izohlamagan, shuning uchun guruh muxlislari mustaqil tarzda turli taxminlarni ilgari surishgan. Pirovardida xonanda qoʻshiqda shunchaki qahramon suyuklisiga bu yerdan uchib ketishdan boshqa ilojimiz yoʻq, deb murojaat qilayotgani haqida ekanligini aytgan[2].
Qoʻshiq uchun Mechislav Yuzovskiy klip suratga olgan. Klip qish faslida Qrim yarimorolida tasvirga olingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Сплин — выхода нет, история и смысл“ (ruscha). Мысли русского рока (3-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2022-yil.
- ↑ „История песни «Выхода нет» – Сплин“ (ruscha). Song Story (18-sentyabr 2017-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2022-yil.