Viktoriya Amelina
Viktoriya Amelina | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1986-yil |
Vafoti |
1-iyul 2023-yil (37 yoshda) Dnipro, Dnepropetrovsk viloyati, Ukraina |
Ijod qilgan tillari | ukrain tili |
Fuqaroligi | Ukraina |
Taʼlimi | „Lvov Politexnika“ milliy universiteti |
Viktoriya Yuryevna Amelina (qizlik familiyasi Shalamay; ukraincha: Вікторія Юріївна Амеліна; 1-yanvar 1986-yil, Xarkov — 1-iyul 2023-yil, Dnipro) — ukrainalik yozuvchi va shoira, Rossiya qoʻshinlarining Kramatorskdagi kafeni oʻqqa tutishi natijasida halok boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzining tan olishicha, Viktoriya Amelina rus tilida tarbiyalangan va maktab oʻquvchisi sifatida hatto Moskvada boʻlib oʻtgan Butunjahon rus tili olimpiadasida Lvov vakili sifatida ishtirok etgan, ammo oʻshanda ham birinchi navbatda oʻzining ukrainalik ekanligi haqida oʻylay boshlagan. 14 yoshida otasi bilan Kanadaga ketadi, keyin Lvovga qaytib kelib, „Lvov Politexnika“ milliy universitetini (2007) kompyuter texnologiyalari boʻyicha tugatib, magistrlik darajasini oladi. 10 yil davomida xalqaro IT kompaniyalarida ishlagan. Yozuvchining soʻzlariga koʻra, uch yillik oʻqish va oʻn yillik mehnati davomida u „oʻn uch yil begonadek yashagan“[1]. 2014-yilda adabiyotda debyutini amalga oshiradi va „Ukraina rastyot bez mami“ (ukraincha: Україна росте без мами) qoʻshigʻi matni bilan „Koronatsiya slova“ adabiyot tanlovida „Qoʻshiq matni“ nominatsiyasida ikkinchi oʻrinni oladi. 2018-yilda Rossiyada qamoqqa olingan Oleg Sensovni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha turli tadbirlarda qatnashgan, shu jumladan xalqaro PEN-klubning butunjahon kongressida ushbu masala boʻyicha nutq soʻzlaydi. 2021-yilda Donetsk viloyati, Nyu-York qishlogʻida Nyu-York adabiyot festivalining asoschisi boʻlgan. Kiyevdagi Polsha instituti tomonidan Ukrainaning yosh yozuvchilari uchun taʼsis etilgan Josepha Conrada-Korzeniowskiego nomidagi adabiyot mukofoti (2021) bilan taqdirlangan. Rossiyaning keng miqyosli qurolli bosqinining boshlanishi Amelinaning sheʼriyatda ijod qilishiga sabab boʻldi, uning sheʼrlari bir qator xalqaro antologiyalarga kiritilgan. Amelina, shuningdek, „Truth Hounds“ inson huquqlari tashkiloti bilan hamkorlik qilib, boshqa kishilar qatorida yozuvchi Volodimir Vakulenkoning oʻgʻirlanishi va uning yashirin kundaligining topilishini tergov qilishda ishtirok etadi . Shuningdek, Ukrainaning bosib olingan va ozod qilingan hududlarda rus armiyasining jinoyatlarini tergov qilishda ham ishtirok etgan[2][3]. 2023-yil 27-iyun kuni kolumbiyalik yozuvchilar va jurnalistlar delegatsiyasiga (Hector Abad, Sergio Jaramillo, Catalina Gomez) tarjimon va gid sifatida hamrohlik qilgan Viktoriya Amelina Kramatorskdagi RIA Lounge Bar kafesida boʻlgan paytida kafe raketadan oʻqqa tutilgan. Viktoriya Dniprodagi kasalxonaga yotqizilgan va u yerda bir necha kun oʻtib, olingan jarohatlardan vafot etgan [4][3]. Yozuvchi bilan vidolashuv 4-iyul kuni Kiyevdagi Avliyo Mixail Zlatoverxiy soborida boʻlib oʻtadi[5]. Amelina Lvovdagi Lichakiv qabristoniga dafn qilingan[6].
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilda „Discursus“ nashriyot uyi Amelinaning „Sindrom noyabrya, ili Homo compatiens“ (ukraincha: Синдром листопаду, або Homo Compatiens) debyut romanini Yuriy Izdrikning soʻzboshisi bilan nashr etadi. Kitob Yevromaydan mavzusini adabiy tadqiq qilishdagi birinchi tajribalardan biriga aylanadi, ammo Oleg Kotsarev taʼkidlaganidek, garchi bu holat romanning mashhurligiga hissa qoʻshgan boʻlsa-da, bu bilan cheklanib qolinmadi, Amelina Ukraina voqealarini jahon kontekstiga kiritdi, oʻzining birinchi yirik asarida keng koʻlamli uslubiy imkoniyatlarni namoyish etdi. 2016-yilda Amelina „Vidavnístvo Starógo Léva“ nashriyotida bolalar uchun oʻzining birinchi kitobini „Kto-to, ili Vodyanoe serdse“ (ukraincha: Хтось, або Водяне Серце) ertakini nashr etadi, muallifning soʻzlariga koʻra, „bur ertak kimligingizni va sizning orzuingiz nima ekanligini tushunish qanchalik qiyinligi haqidadir“. Xuddi shu yili Amelinaning ikkala kitobi Zaporojye kitob yarmarkasida sovrindorlar qatoridan joy oladi. 2017-yilda xuddi shu nashriyot Amelinaning ikkinchi romani „Uy uchun uy“ (ukraincha: Дім для Дома) nashr etadi[7] . Amelinaning yana bir bolalar kitobi „E-e-estorii ekskavatora Eki“ (ukraincha: Е-е-есторії екскаватора Еки) 2021-yilda nashr etilgan. Amelina soʻnggi kitobi Rossiya-Ukraina urushi haqida boʻlib, ingliz tilida yozilgan hujjatli kitob boʻlgan, „Urush va adolat kundaligi: urushga qaragan ayollarga qarash“ (inglizcha: War and Justice Diary: Looking at Women Looking at War), hozirda nashrga tayyorlanmoqda[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vіktorіya Amelіna: Stranitsa na sayte izdatelstva „Vivat“ (Xarkov)
- ↑ „В Украине умерла от раненией писательница Виктория Амелина“ (ru). Радио Свобода (2023-yil 3-iyul). 2023-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „Пророческая фраза украинской писательницы“ (ru). DW (2023-yil 4-iyul). 2024-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 Victoria Amelina: Ukrainian writer dies after Kramatorsk strike // BBC, 3.07.2023.
- ↑ U Kiєvі proщalisya z pismennitseyu Vіktorієyu Amelіnoyu // Radio „Svoboda“, 4.07.2023.
- ↑ „У Львові поховали загиблу від російського обстрілу письменницю Вікторію Амеліну“ (uk). Zaxid.net[uk] (2023-yil 5-iyul). 2023-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Tse knijka pro poshuk іdentichnostі chi to її povernennya, — Vіktorіya Amelіna pro svіy roman // „Громадське радіо“, 8.10.2016.