Debyut
Debyut (frans. debut — birinchi qadam) — 1) biron-bir soxada birinchi marta chiqish (mas, artistning sah-nada ilk bor chiqishi); 2) shaxmat, shashka oʻyinining dastlabki yurishlarni oʻz ichiga oluvchi boshlangʻich bosqichi. "Himoya", "Partiya", "Gambit" va hokazo atamalar D. maʼnosida ishlatiladi. Odatda, D.lar ilk bor qoʻllangan mamlakat, shahar yoki uni kashf etgan shaxmatchi nomi bilan yuritiladi. Mas, ispancha oʻyin, Alyoxin himoyasi va b. Ikkala tomon ham oʻz shohi oldidagi piyodasini ikki xona olgʻa sursa ochiq D., farzinlar oldidagi piyodalar ikki xona surilsa yopiq D. va oklarning shohi oldidagi piyodasi ikki xona surilishiga qoralar boshqacha javob qilsa, yarim ochiqyoki yarim yopiq D. boʻladi. Hoz. zamon D.lari nazariyasi boʻyicha juda koʻp asarlar mavjud.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |