Vanj tizmasi
Qiyofa
Vanj tizmasi — Pomirdagi togʻ tizmasi. Uzunligi 80 km, eni 15 km. V. t. Vanj va Yazgʻulom daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. Sharqiy qismi baland (4500—5600 m), gʻarbiy qismi kambar. Vodiylari juda chuqur va tor. V. t., asosan, quyi paleozoyda hosil boʻlgan granit, gneys, kvarsit, marmar, shu-ningdek qumtosh, konglomerat kabi jinslardan tarkib topgan. V.t.da oʻsimlik siyrak; archa, naʼmatak, doʻlana oʻsadi, baʼzi yerlarida yaylovlar uchray-di. 4000 m dan yuqrridagi togʻ tepalari doimiy qor va muzlik bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy mayd. 221,1 km².
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil