Operator
Operator (lotincha operatio — harakat) — 1) matematikada — ikki toʻplam X va Y elementlarining oʻzaro mos kelishi, yaʼni X ning x elementiga Y ning biror u elementi mos kelishini ifodalaydigan matematik tushuncha. Kvant nazariyasida O. — matematik ifoda. vj/ holat (yoki toʻlqin funksiya vektorining u, holat (funksiya) vektoriga solishtirish uchun xizmat qiladi. Kvant mexanikada O. bilan muhim amallar bajariladi. O.ni qoʻshish, koʻpaytirish, darajaga koʻtarish, ulardan qatorlar tuzish mumkin; 2) hisoblash texnikasida — raqamli hisoblash mashinasi (RHM) da axborotlarni qayta ishlashda biron bir tugal amalni berish uchun programmalash (dastur tuzish) koʻrsatmasi; 3) texnikada — murakkab qurilmani (mas, EHM ni, kompyuterni), radiolokatsion st-yani, burgʻilash qudugʻining ishini boshqarib turadigan mutaxassis; 4) kinotexnikada — kinofilmlarni suratga oluvchi, televizion eshittirishlarni uzatuvchi, apparatda ishlovchi mutaxassis — kinooperator, teleoperator (qarang Operatorlik sanʼati). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |