Tusiy Nosiriddin
Tusiy Nosiriddin | |
---|---|
Tavalludi | 1201-yil 18-fevral |
Vafoti |
25-iyun 1274-yil (73 yoshda) |
Fuqaroligi | Xorazmshohlar davlati, Abbosiylar, Ismoiliylar davlati va Hulokuiylar davlati |
Tusiy Nosiriddin (toʻliq ism sharifi Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Nosiriddin Tusiy) (1201-yil 17-fevral, hozirgi Eron — 1274-yil 25-iyun, Bagʻdod) — oʻrta osiyolik astronom va matematik olim. Tusiy Eron Koʻhistonning ismoiliylar hokimi Nasriddin Muhtasham saroyida xizmat qilgan. "Axloqi Nosiriy", "Tajrid" kabi asarlari Sharqda keng tarqalgan. Tusiy 1256-yilda Eronga bostirib kirgan moʻgʻul istilochilari boshligʻi Huloku saroyiga xizmatga olingan. Tusiy oʻzining mavqeyidan foydalanib, Yaqin Sharq va Oʻrta Sharq madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 1259-yilda Marogʻa rasadxonasi qurilishiga rahbarlik qildi, atrofiga turli mamlakat olimlarini toʻplab, Marog'a ilmiy maktabini yaratgan. Bu rasadxonada oʻsha davrning mukammal astronomik jadvallaridan biri "Ziji Elxoniy" tuzilgan.
Tusiy matematika faniga ham katta hissa qoʻshgan olim. "Tahriri uklidis" (Yevklid "Negiz"lariga qoʻshimchalar) asarida Yevklidnpnt 5postulatini isbotlashga urinib, noyevklid geometriyaning ayrim teoremalari va aksiomalarini taʼrifladi. "Shaklulqittaʼ" (Trigonometriya asoslari) asarida trigonometriyani mustaqil soha sifatida bayon qildi. Bu asar trigonometriyaning Yevropaga tarqalishida asosiy oʻrin tutdi. Tusiyning mineralogiya, tibbiyot, fizika, mantiq (logika), falsafa va boshqa sohalarga oid asarlari ham maʼlum. U koʻpgina yunon olimlari asarlarini arab tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik intining qoʻlyozmalar fondida Tusiy asarlarining 20 dan ortiq noyob nusxalari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |