Tuba Shohi masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Boku | Xazar tumani, Mardakan qishlogʻi |
Koordinatalar | 40°29′31″N 50°08′27″E / 40.491847°N 50.140806°E |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 1481—1482 |
Tuba Shohi masjidi Vikiomborda |
Tuba Shohi masjidi (ozarbayjoncha: Tuba-Şahi məscidi; forscha: مسجد طوبی شاهی) – XV asrga oid tarixiy-meʼmoriy yodgorlik, Ozarbayjonning Boku shahri Xazar tumani Mardakan qishlogʻida joylashgan. Masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarixiy va meʼmoriy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[1]. Bino Shirvonshohlar davriga oid Toʻrtburchak Mardakan qalʼasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda bunyod etilgan[2].
Masjid qurilishi Tuba Shohi ismli ayol buyurtmasi bilan qurilgani uchun ham yodgorlikka aynan shu ayol nomi berilgan. Masjiddagi yozuv binoning 1481—1482-yillarda qurilganligidan dalolat beradi. 1720—1721-yillarda Boku xoni Muhammadxon buyrugʻi bilan esa binoda restavratsiya ishlari olib borilgan.
Masjid gumbaz bilan yakunlangan parallelepiped shaklida qurilgan boʻlib, aniq belgilangan hajmga ega. Binoning markaziy qismi gumbaz bilan qoplangan boʻlib, toʻrt tomondan markaziy namozxonaga yonbosh toʻrtburchak xonalar bilan tutashgan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuba Shohi masjidi bino qurilishiga buyurtma bergan Tuba Shohi ismli ayol nomi bilan atalgan. Masjiddagi yozuvlar uning 1481—1482-yillarda qurilganligidan dalolat beradi[4]. Yana bir yozuv tomga olib boradigan tor spiral zinapoyaning kirish qismiga bitilgan[4]. Qishloqdagi eskiroq masjidga tegishli boʻlgan ushbu yozuvdan binoning hijriy 774-yil (1372) muharram oyida qurilganligini, shuningdek, masjid buyurtmachisining ismi – Mahmud Abayil oʻgʻli Xoja Nuriddin oʻgʻli Sadr Hoji Bahouddin ekanligini bilish mumkin[4][5].
I. Berezin Absheronning diqqatga sazovor joylarini tasvirlab, shunday deb yozgan edi[6]:
Yaqin atrofdagi qishloqlarning eng ajoyibi, balki butun Absheron yarim orolidagi eng yaxshisi bu Merdxon, Merdakan, Merdaxon yoki Mardakentdir. Aholisi unchalik koʻp emas, lekin hijriy 886-yilda (1481–1482) Xalil Ulloy tomonidan qurilgan juda nafis masjid va 1133-yilda (1720-1721) Boku hukmdori Mirzo Muhammadxon tomonidan qurdirilgan, masjid va qoʻrgʻoniga arab yozuvlari tushirilgan yana bir istehkom bor.
M. A. Shixaliyev va A. U. Yuzbashovlar bir paytlar masjid va qal’a qishloqning asosiy binolari boʻlganligini, ularning atrofidan esa bir qavatli uylar joylashgan koʻchalar oʻtganligini taʼkidlaydilar[7]. Bugungi kunda masjidning oʻziga xos tarzda qurilgan gumbazi asosiy fasaddan tashqarida, har tomondan ikki qavatli uylar bilan oʻralgan qishloq panoramasidan yuqorida koʻrinib turadi.
Arxitekturaviy xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid gumbaz bilan tugovchi parallelepiped shaklida qurilgan. Bino qurilishi rejasiga koʻra, masjid tomonlari 11,30 va 12,90 metrli boʻlgan kvadrat shaklida qurilgan[8]. Gumbaz asosi xonaning ichki qismiga 5 santimetrli tokcha sifatida osilgan boʻlib, namoz oʻqish zalini boshqa burchak xonalaridan ajratib turadigan, kengligi 1 metrdan ortiq toʻrtta katta tosh ustunlar bilan mustahkamlangan. Binoning toʻrt tomoniga markaziy maydoni tosh gumbazlar bilan qoplangan toʻrtburchak shakldagi xonalar tutashgan[9].
Masjidning kirish portali orqali tashrif buyuruvchilar binoning dastlab burchak qismiga, bu yerdan esa markaziy binolariga kirishi mumkin. Masjid devorlarining qalinligi oʻrtacha 1,9 metrgacha yetadi[10].
Masjidning tashqi devorlari singari, ichki devorlarining yuzasi ham sof tosh bilan qoplangan. Markaziy gumbazning tashqi koʻrinishi nozik konturli lanset shakliga ega. Markaziy gumbazni suyab turadigan 12 qirrali baraban kichik karniz bilan qoplangan.
Tuba Shohi masjidining arxitekturaviy xususiyatlari haqida gap ketganda, tosh panjarali ancha murakkab geometrik uslubda qurilgan derazalarni ham taʼkidlab oʻtish kerak. Panjaralar orasida faqat ikkitasi bir xil naqshlar bilan bezatilgan boʻlib, boshqa barcha panjaralarga turlicha naqshlar bilan ishlov berilgan. Bunday tosh panjaralar Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabiga xos boʻlib, bunday uslubni bundan avvalgi davrlarda yaratilgan Absheron yodgorliklarida, shuningdek, XV asrda bunyod etilgan bir qancha inshootlarda (Sayid Yahyo Bakuviy maqbarasi, Shoh masjidi, Bokudagi Gileyli masjidi, Diri Baba maqbarasi, Shamaxi Juma masjidi va boshqalar) kuzatish mumkin[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
- ↑ Həbibə Əliyeva. Şirvan memarlıq məktəbinin yadigarı – Tuba Şahi məscidi, Baku, 2020 — 7-bet.
- ↑ „6 əsrə yaxın tarixi olan Tuba Şah məscidi“ (az). azvision.az (2019-yil 30-yanvar). 2022-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Шихалиев, М.А.; Юзбашев, А. У.. Мечеть в сел. Мардяканы. Moscow-Baku: Государственное Архитектурное Издательство, 1950 — 45-bet.
- ↑ Elshan Baba. „5 əsrlik tarixi olan Mərdəkan məscidi“ (az). report.az (2015-yil 21-fevral). 2015-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
- ↑ Березин, И.. Путешествие по Дагестану и Закавказию., Kazan, 1849 — 271-bet.
- ↑ Шихалиев, М.А.; Юзбашев, А. У.. Мечеть в сел. Мардяканы. Moscow-Baku: Государственное Архитектурное Издательство, 1950 — 43-bet.
- ↑ Шихалиев, М.А.; Юзбашев, А. У.. Мечеть в сел. Мардяканы. Moscow-Baku: Государственное Архитектурное Издательство, 1950 — 44-bet.
- ↑ Шихалиев, М.А.; Юзбашев, А. У.. Мечеть в сел. Мардяканы. Moscow-Baku: Государственное Архитектурное Издательство, 1950 — 44-bet.
- ↑ Шихалиев, М.А.; Юзбашев, А. У.. Мечеть в сел. Мардяканы. Moscow-Baku: Государственное Архитектурное Издательство, 1950 — 44-bet. Shixaliev, M. A.; Yuzbashev, A. U. (1950). Mechet v sel. Mardyakani. Moscow-Baku: Gosudarstvennoe Arxitekturnoe Izdatelstvo. p. 44.
{{cite book}}
: CS1 maint: multiple names: authors list (link) - ↑ Шихалиев, М.А.; Юзбашев, А. У.. Мечеть в сел. Мардяканы. Moscow-Baku: Государственное Архитектурное Издательство, 1950 — 47-bet.