Kontent qismiga oʻtish

Gileyli masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gileyli masjidi
ozarbayjoncha: Gileyli məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Joylashuvi Eski Boku shahri
Manzil Icheri-sheher, Mirza Mansur koʻchasi, 5
Yoʻnalishi shia
Masjid turi Shirvon-Absheron arxitektura maktabi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1309-yil; XIX asrning ikkinchi yarmi
Holati qayta tiklangan

Gileyli masjidi (ozarbayjoncha: Gileyli məscidi) yoki Jomard Garay masjidi[1] (ozarbayjoncha: Comərd Gəray məscidi) – XIV asrga oid tarixiy masjid, Ozarbayjonning Eski Boku shahridagi Mirza Mansur koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[2].

Gileyli masjidi ikki bosqichda qurilgan: 1309-yilda Shirvonshohlar davrida hamda XIX asrning ikkinchi yarmida[3]. Avvaliga masjidning eshiklari yongʻoq daraxtidan boʻlgan, lekin keyinchalik bu eshiklar yoqib yuborilgan[4].

Arxitekturaviy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gileyli masjidining qadimgi qismi xochsimon gumbazli kompozitsiyaga ega. Burchaklariga kichik-kichik xonalar joylashtirilgan. Aniq mutanosib, profilli, meʼmoriy elementlar va detallar bilan bezatilgan mehrob oʻzining qattiqligi va katta massalar tektonikligi bilan ajralib turadigan zalning ichki qismini boyitadi[5].

Gileyli masjidining XIX asrda qurilgan yangi qismi bino sxemasining yaxlitligiga taʼsir qilmaydi[6], aksincha qulayligini yanada oshiradi. Masjidning uchli gumbazi bino kompozitsiyasining ajralmas qismiga aylangan. Bino qurilishida Yevropa meʼmorchilik kompozitsiyasining yangi elementlari joriy etilgan boʻlib, bu uslub fasad tuzilishida yaqqol koʻzga tashlanadi[5].

  1. „Gileyli (Comərd Gəray) məscidi“ (az). www.icherisheher.az. 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  2. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  3. „GİLЕYLİ MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  4. „İçərişəhər məscidləri...“ (az). anl.az. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  5. 5,0 5,1 „GİLЕYLİ MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2017-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.az/#monument28 „GİLYeYLİ MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument28 the original on 19 January 2017. Retrieved 6 April 2018.
  6. „Gileyli (Comərd Gəray) məscidi“ (az). www.icherisheher.az. 2018-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.„Gileyli (Comərd Gəray) məscidi“ (in Azerbaijani). www.icherisheher.az. Archived from the original on 30 June 2018. Retrieved 6 April 2018.