Troya urushi
Bu sahifa Qadimgi yunon dini turkumining bir qismi |
Yunon mifologiyasi |
---|
Xudolar |
Qahramonlar va qahramonlik |
aloqador |
|
Troya urushi — yunon eposlari „Iliada“ va „Odisseya“da bayon qilinishicha, Miken shohi — Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Urush Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining koʻrsatishicha, miloddan avvalgi taxminan 1260-yilda shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Bunga koʻra, yunon afsonalaridagi maʼlumotlar tasdiqlangan. Epos maʼlumotlari boʻyicha, troyalik shahzoda Paris tomonidan Sparta shoxi Menelayning xotini — goʻzal Yelenani oʻgʻirlab ketilishi Troya urushiga sabab boʻlgan. Menelay va uning birodari Agamemnon yunon davlatlari shoxlarini yordamga chaqirib katta flot bilan Troya sohillariga yoʻl olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifokchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va hiyla bilan uni egallaganlar (qarang Troya oti). Asosan, buyuk jangchilarning yakkamayakka olishuvidan iborat boʻlgan harbiy harakatlarda yunon axeylardan Axill, ikki Ayaks, Patrokl, Agamemnon, Odissey va boshqalar, troyaliklardan — Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney shuhrat qozonishgan. Troyaliklarning magʻlubiyati doriylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga koʻchib oʻtishini yengillashtirgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |